Mavzu: Faoliyatdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotlardan samarali foydalanish.
Reja
I.Kirish
Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish
II.Asosiy qism
Bolalarni xar tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotni ahamiyati
Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda bolalar bog’chasining tarbiyachisi oldida turgan vazifalar
Bolalar bog’chasida kitob burchagini tashkil etish
Badiiy asarlarni sahnalashtirish
III. Xulosa
Badiiy adabiyotni o’qib berish faoliyatiga tarbiyachining tayyorlanishi.
Bolalar badiiy adabiyoti ularga aqliy, axloqiy va estetik tarbiya berishda, nutqini har taraflama rivojlantirishda va boyitishda katta ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Badiiy adabiyot bolalarga jamiyat hayotini va tabiatni, kishilik dunyosining ichki his-tuyg’ularini va o’zaro munosabatlarni poetik obrazlarda ochib beradi, tushuntiradi. U bolaning his-tuyg’ularini rivojlantiradi, xayolini tarbiyalaydi va o’zbek adabiyotining eng yaxshi namuna-lari bilan tanishtiradi. Bu namunalar o’zining ta’siri jihatidan xilma-xildir: hikoya orqali bolalar so’zlarning aniqligini, ma’nodorligini anglab oladilar; she’rlardan esa ularning musiqa-viyligini, kuylanuvchanligini, ohangdorligini bilib oladilar, xalq ertaklari bolalarga tilning ifodaliligini, mazmundorligini ochib beradi, nutqning xilma-xilligini, hazil-mutoyibaga boyligini bolalarning ko’z oldida namoyon qiladi.
Badiiy adabiet bolacharga kishilarning hayoti va mehnatlari, ishlari va qahramonliklari, bolalikdagi eng qiziqarli voqealar, ularning o’yinlari, mehnatlari haqida hikoya qilib beradi.
Badiiy adabiyot bolalarga hayotni tushuntirzdi va shu orqali bola hayotiy tajribasining ortib borishiga ta’sir etadi. Badiiy adabiyot kishilarning ichki dunyosini, ularning histuyg’ularini, xarakter-larini ochib berishi bilan bolalarni hayajonlanishga, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga va uni muhokama qilishga o’rga-tadi. Badiiy asarning engyaxshi namunalari bolalarda axloqiy si-fatlarni tarkib toptirishga: yaxshi-yomon, haq-nohaq, rost-yolgon va h.k. so’zlarning ma’nosini tushunib olishlariga yordam beradi.
Adabiyotning tarbiyaviy tomoni haqida N. G. CHernishevskiy shun-day degan edi: „Yozuvchilarning kishilarga hayot to’g’risida to’g’ri tushuncha beruvchi asarlarini o’qir ekanmiz, biz yomon narsalardan o’zimizni tiyishga, chiroyli va yaxshi narsalarning go’zalligini tushunishga o’rganamiz, adabiyotni o’qish orqali biz o’zimiz yaxshi-lik qilishga, samimiy, saxiy bo’lishga harakat qilamiz". Biz bola-larga badiiy asarlarni o’qib berish orqali ularda estetik idrokni tarbiyalaymiz: bola badiiy asarni tinglab, o’zining xayolida asar qahramonlarini gavdalantiradi, yozuvchining bayon etganlarini ko’z oldiga keltiradi; bolalarda mazmunli, ifodali nutq tarbiyalana-di, badiiy so’zga muhabbat, ertaklarni, hikoya va she’rlarni ting-lashga qiziqish o’sadi. Badiiy asar bolaninglug’atini boyitadi va takomillashtirib boradi.
Bolalar bog’chasi tarbiyachisining oldida har bir badiiy asarni san’at asari sifatida bolalar ongiga yetkazish, uning mazmunini ochib berish, badiiy asarda qatnashuvchi personajlarga nisbatan emotsional munosabatda bo’lish, muallifning lirik kechinmalari-ni his etishga, ya’ni asarda qatnashuvchi qahramonlarga nisbatan o’z munosabatlarini ifodalashga o’rgatish kabi murakkab vazifalar turadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun tarbiyachining o’zi, bolalarni badiiy asar bilan tanishtirishdan avval, uni his etishi va tushunishi, mazmunini tahlil eta olishi zarur. Shuningdek,, pedagog o’qish va hikoya qilib berish texnikasini, ya’ni aniqdik-tsiyani, ifodali o’qish vositalarini (mantiqiy urg’uni to’g’ri qo’ya olish, pauza, ovoz toni va tempi) egallagan bo’lishi kerak.
Badiiy asarning har bir janrini ifodali tarzda bolalarga yetkazadlingandagina, uning g’oyaviy mazmunini to’g’ri idrok ettira olish mumkin. Bolalarda badiiy asarni idrok etish qobiliyati o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, uni bolaning ilk yoshidan boshlab ri-vojlantirish va tarbiyalash kerak, shundagina bola keyinchalik ba-diiy asarlarni diqqat bilan tinglashga, badiiy nutqqa e’tibor berishga o’rganadi. Bolalar ongiga badiiy asarlarning axloqiy, es-tetik mohiyatini yetkazish - bu murakkab vazifa hisoblanadi.
Pedagogik rahbarlikning bir maqsadga qaratilishi bolalar to-monidan badiiy asarlarning estetik jihatlarini va ularning maz-munini, badiiy ifoda vositalarini idrok etish imkonini yaratadi.„Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi" bolalar adabiyoti bilan tanishtirishda quyidagi vazifalarni qo’yadi: bolalarda badiiy so’zga muhabbatni tarbiyalash; kitobni sevishga o’rgatish. Shuningdek, dasturda bolalarga qaysi asarni o’qib berish, hikoya qilib berish, yod olish ko’rsatilgan.
Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish bo’yicha dastur vazifalari birinchi kichik guruhdan boshlab belgilab berilgan. „Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi"ning birinchi va ikkinchi kichik guruhlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirish bo’iicha quyi-dagi ish vazifalari belgilangan:
L. Bolalarda badiiy asarga nisbatan qiziqish uyg’otish. Ularni yoshrga, qiziqishlariga mos keladigan asarlar bilan tanishtirish.
2. Bolalarda ertak, hikoya, she’rlarni berilib tinglash, tushu-nish, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish ko’nikmalarini hosil qilish.
3. Asar mazmuni bo’yicha beriladigan savollarga javob berish, qisqa she’rlarni, ertak va hikoyalarning mazmunini buzmay (tar-biyachi bilan birga, keyinchalik mustaqil) takrorlash kabi ko’nik-malarni o’stirish. Bolalarda asarlar bo’yicha ishlangan rasmlarga nisbatan qiziqishni rivojlantirish.
O’rta guruhda esa bolalarni badiiy adabiet bilan tanishtirish-ning quyidagi vazifalari belgilangan:
Bolalarda badiiy adabiyotga qiziqish va tabiiy muhabbatni tarbiyalash.Ularni turli mavzudagi ertak, shuningdek, topishmoq-lar, sanamalar, hadislar, maqollarning mazmunini idrok etishga o’rgatish.
O’zbek xalq dostonlaridan olingan parchalar bilan tanishti-rish. Sharqniig buyuk allomalari haqida qisqacha ma’lumot berish orqali bolalar qalbida avlod-ajdodlarga nisbatan hurmat, ifti-xor tuyg’usini uyg’otish.
Asarlar mazmuni bo’yicha savollarga javob berish ko’nikmasi-ni mustahkamlash.
Asarda ishtirok etuvchi qahramonlarning xatti-harakatlari-ni baholashga, ayrim ma’naviy sifatlarini (yaxshi, yovuz, jasur), ruhiy kechinmalarini (xafa, xursand) ta’riflashga undash. She’r, ertak, topishmoq, hikoya, sanamalarni ifodali aytishga o’rgatish.
Katta va maktabga tayyorlov guruhida:
Bolalarda hayotga nisbatan qiziqish va muhabbatni yanada ku-chaytirish, asardagi go’zallikni, nafosatni his etish kabi ko’nik-malarni mustahkamlash.
Ularning badiiy asarlardagi qahramonlar xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini to’g’ri baholash, aks ettirilayotgan voqealar mohiyatini tushunish qobiliyatlarini o’stira borish lozim.
Bolalarning milliy, badiiy didlarini rivojlantirish, badiiy adabiyotning o’ziga xos xususiyatlari, ba’zi janrlari, asar-ning tili haqidagi boshlang’ich tasavvurlarini shakllantirish.
Bolalarni asar g’oyasini tushunishga, tasviriy vositalarni his etishga, she’riy nutqdagi musiqiylik, ohangdorlik va ritm-ni payqay-olishga o’rgatish.
Bolalarning o’zbek xalqog’zaki ijodiyoti, sharqallomalari, yozuvchilari, shoirlari haqidagi tushunchalarini boyitish. Ertak va hikoyalarni o’qib berganda va bolalar tomonidan badiiy asarlarni qayta hikoya qilish jarayonida badiiy asarlarda aks etgan voqea va obrazlarga nisbatan ularning shaxsiy munosabatlarini aniqlab, to’g’ri yo’l ko’rsatib borish.
Asarlardagi obrazlar haqida gapirilayotganda, ularning holat-larini imo-ishora, yuz ifodasi, harakatlar orqali bayon qilishga o’rgatiladi.
Tarbiyachi badiiy asarlarni shunday o’qib yoki hikoya qilib be-rishi kerakki, u bolalarni o’ziga jalb qila olsin, bolalar asardagi obrazlarning siymolarini ko’z oldiga keltirib, tasavvur qila olsinlar va hayajonlansinlar.
Tarbiyachining badiiy asarlarni o’qib yoki hikoya qilib berish-ga tayyorgarligi muallifning nima demoqchi ekanligini yoki xalq ertaklarining g’oyaviy mazmunini, unda ishtirok etuvchilarning xarakter va o’zaro munosabatlarini aniqlashdan boshlanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun yozilgan asarlarda qahramonlarning xarakteridagi xususiyatlardan biri ajratib ko’rsa-tiladi. Masalan: „Quyonning uychasi" ertagida tulki ayyor, kuchsiz-lar ustidan hukmronlik qiluvchi, xo’roz esa botir, topqir, kuch-sizlarni himoya qiluvchi sifatida tasvirlanadi.
Asar shunday tarzda muhokama etib olingach, uni ifodali bayon ztish ustida ishlanadi. Bu uch yo’nalishda olib boriladi: 1) emotsi-onal va obrazli ifodalilik, intonatsiyaning xilma-xilligi va boyligi ustida ishlash; 2) asarning ayrim qismlari o’rtasiga mantiqiy urg’u qo’yish; 3) aniq va to’g’ri talaffuzni hosil qilish; har bir so’zni to’g’ri talaffuz etishga erishish kerak, shundagina bola-lar uni to’g’ri idrok etadilar.
Tarbiyachi bunday tayyorgarlik jarayonida adabiy asarning g’oyaviy mazmuniga tushunib yetadi va matnni esda saqlay oladi, o’zining kichik tinglovchilari bilan erkin muloqotda bo’ladi va uning nut-qi ravon, aniq bo’lib, ishonchli chiqadi, aytilayotgan so’z ishonar-li, ta’sirchan, bolalar uchun tushunarli bo’ladi.
Agar tarbiyachi bolalarga tanish bo’lgan asarni o’qib yoki hikoya qilib bermoqchi bo’lsa, ilgari uni bolalarga yetkazish ustida yetar-li darajada ishlagan bo’lsa, u vaqtda mashg’ulotga quyidagicha tayyor-lanadi: asar matnini va ilgari Hosil qilingan ifodali o’qish vositalarini yodiga tushirish maqsadida uni bir necha marta ovoz chiqarib o’qiydi, mashg’ulot rejasini tuzadi. Mashg’ulot rejasida asarni bolalarga qanday yetkazish - o’qib berish yeki hikoya qilib berish usuli ko’rsatiladi.
Dastur mazmunida tarbiyachi kitobdan foydalanishning ta’lim va tarbiyaviy maqsadlarini belgilab oladi, bolalarni qanday yangi so’zlar bilan tanishtirishni ko’rsatadi.
Tarbiyachi tomonidan o’qib yoki hikoya qilib berish uchun tan-langan badiiy asarlarning g’oyaviy mazmuni bolalarga tushunarli bo’lsa, ularning yuragiga yetib borsa, asar o’zining tarbiyaviy roli-ni bajargan bo’ladi.
Brlalar maktabgacha tarbiya davrida jismoniy va aqliy rivoj-lanishda katta yo’lni bosib o’tadi. Har bir yesh guruhidagi bolalar-ning o’z qiziqishlari va qabul qilish imkoniyatlari bo’lib, kichik yoshdagi bolalarga tushunarli va qiziqarli bo’lgan asar katta yoshda-gi bolalarga ham qiziqarlidir.
Masalan: „Oltin tarvuz", „Ovchi", „Ko’kcha va Dono", „Quyon-jon va Laylakxon", „Tulki bilan tovus" kabi o’zbek xalq ertakla-ri, A. Oripovning „Bobo va nabira", L. Tolstoyning „Ikki o’rtoq" asari va boshqalarni hamma yoshdagi bolalar zo’r qiziqish bilan tinglaydilar ea esda olib qoladilar. Ammo G.. X. Andersenning „Qor malikasi", aka-uka Grimmlarning „Qorqiz", V. V. Mayakovskiy-ning „Kim bo’lsam ekan?" kabi asarlari; „Zumrad va Qimmag", „Qarg’aboy" kabi o’zbek xalqertaklari, Navoiyning bolalarga mos hikoyalari, Yusuf Xos Hojibning „Qutadg’u bilik", Sa’diyning „Guliston va Bo’ston", Boburning „Boburnoma" asarlaridan olin-gan hikoyatlar va parchalar 6 yoshli bolalarda emotsional his-tuyg’u-larni vujudga keltiradi, ularni o’ylashga, muhokama qilishga, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga undaydi, biroq 3-4 yoshli bolalarda hech qanday munosabatni vujudga keltirmaydi.
3 yoshli bolalarni bu asarlarni tinglashga o’rgatish mumkin, ammo ular asarning g’oyaviy mazmunini tushunish qobiliyatiga ega emasliklari sababli bu zarardan boshqa narsani keltirmaydi. Mana shu jihatlarni hisobga olgan tarbiyachi asar tanlashda, mashg’ulotga tayyorlanishda „Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi"ga asosla-nishi zarur.
Bolalar bog’chasining tarbiyachisi yozuvchi va bolalar o’rtasida vositachi bo’lib hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o’kuvchi emas, tinglovchidirlar. Bolalar tomonidan badiiy asarlar-ni qanday idrok qilish tarbiyachiga bog’liq.
Tarbiyachi asarni qanchalik ifodali, mazmunli o’qisa, bolalar shunchalik diqqat bilan tinglaydilar, uning mazmunini yaxshi tu-shunadilar. Badiiy asarlar tarbiyachi tomonidan kitobdan o’qib be-rilishi, kitobsiz yoddan aytib berilishi, hikoya qilib berilishi mumkin. Asar mazmunini bolalarga yetkazish asar janriga va ting-lovchilarning yoshiga bog’liq.
Xalq ertaklarini - xalq og’zaki ijodiyoti namunalarini bo-lalarga kitobdan o’qib bermasdan, hikoya qilib bergan ma’qul.Tar-biyachi dastur asosida o’qib berishi yoki hikoya qilib berishi uchun asar tanlagach, asarning g’oyaviy mazmuni va uning tili bolalarga tushunarlimi yoki yo’qmi, shuni oldindan tasavvur etishi kerak. Agar tarbiyachi ulardagi ayrim ifodalar, so’zlar bolalarga tushunarli emasligini taxmin qilsa, u holda muallifning bayon etmoq-chi bo’lgan fikrlarini bolalar tomonidan idrok etish qiyinlasha-di. Mana shunday hollarni oldindan bilgan tarbiyachi bolalarga ma’-nosi tushunarsiz bo’lgan so’zlarni quyidagi usullar yordamida tushuntirishi lozim: asarni hikoya qilayotgan vaqtda to’xtalmasdan (uzoq pauza qilmasdan), yangi so’zni sinonimi bilan yeki qisqa jumlalar bilan tushuntirishi kerak. Masalan, K. D. UshinskiYning
„Sabr qilishni o’rgan" nomli asarini o’qib berishda „g’o’ra" so’zi uchraydi, bu so’z hammaga tushunarli bo’lavermaydi, shu sababli tar-biyachi bu so’zni o’qiyotganda bolalarga tushunarli bo’lgan „xom" so’zi-ni ishlatadi. Demak, tarbiyachi bolalarni badiiy asarlar bilan ta-nishtirishdan avval asardagi ayrim so’zlarni, ya’ni bolalar tushuni-shi qiyin bo’lgan so’zlarni qaysi so’zlar bilan almashtirishni belgilab oladi. Agar ayrim notanish so’zlar va jumlalar bolalarga muallifning asosiy fikrini idrok qilishlarigaxalaqit bermasa, u holda ushbu so’zlarning ma’nosini tushuntirish shart emas.
Asarlarni o’qish yoki hikoya qilib berish vaktida tushuntirish-lar, savollar berish va boshqalar bilan bolalar diqqatini chalg’i-tish kerak emas. Bolalarning tabiiy istaklarini qondirish uchun ular tushunmagan joyni takror o’qib berishi yoki asar hajmi uncha katta bo’lmasa, ikki yoki uch marta takroran o’qib berishi mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun mo’ljallab yezilgan asarlar rasmlar (illyustratsiyalar) bilan bezatilgan bo’ladi.
Rasmlar (illyustratsiyalar) asar matni bilan teng ahamiyatga ega bo’ladi, chunki bola o’zi o’qiy olmaydi, ya’ni kitob bilan rasm-lar orqali tanishadi. Shuni hisobga olgan tarbiyachi kitobdagi rasm-lar bilan tanishtirishni oldindan o’ylab qo’yishi kerak. Agar ki-tobdagi rasmlar uzoqtsan yaxshi ko’rinsa, bunday rasmlarni mash-g’ulot vaqtida ko’rsatish mumkin. Kitobning barcha sahifalarida rasmlar berilgan bo’lib, ularning tagiga rasmga taalluqli matn yozilgan bo’lsa, bunday kitoblarni o’qib berishning o’ziga xos ji-hatlari bor, ya’ni tarbiyachi avval rasmlarni (illyustratsiyalarni) ko’rsatadi, so’ngra shu rasmga taallukdi matnni yoddan o’qib beradi.
Agar o’qib berilayotgan matn mazmunini aks ettiruvchi katta hajmdagi (yirik) rasm bo’lsa, tarbiyachi uni bolalarga hikoya qilib yoki o’qib bergandan so’ng ko’rsatadi. Rasm kichik hajmda bo’lsa, mash-g’ulot vaqtida ko’rsatilmay, balki mashg’ulotdan keyin guruxda bo-lalar bilan birgalikda ko’rib chiqqan ma’qul. Tarbiyachi yuqorida bayon etilgan barcha qoidalarga qat’iy rioya qilishi, oldindan pux-ta tayyorlanib, so’ng mashg’ulot o’tkazishi kerak.
Har bir yoshda bola nutqini rivojlantirishning o’ziga xos va-zifalari bo’ladi. Adabiy asarlarni idrok etish darajasi o’sib bor-gan sari bu vazifalar murakkablashib boradi,
Biz hozir quyidagi guruhlar bo’yicha badiiy asarlar bilan ta-nishtirish mashg’ulotini o’tkazish yo’llarini ko’rib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |