Mavzu: Faoliyatdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotlardan samarali foydalanish



Download 96,5 Kb.
bet2/6
Sana01.01.2022
Hajmi96,5 Kb.
#283605
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Faoliyatdan tashqari vaqtda bad.ad. foydal.

KICHIK GURUH

Mashg’ulot o’tkazishda tarbiyachi oldida quyidagi vazifalar turadi: 1) bolalarda badiiy adabiyotga nisbatan qiziqish uyg’otish;

16 Q. Shodieva ertak, ermak, hikoya, she’rlarni berilib tinglash, tusho’-nish, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish ko’nikmalarini hosil qilish;


  1. asar mazmuni bo’yicha beriladigan savollarga javob berish;

  2. ertak va hikoyalarning mazmunini buzmay (tarbiyachi bilan bir-ga, keyinchalik mustaqil) takrorlash kabi ko’nikmalarni o’stirish;

  3. bolalarda asarlarga ishlangan rasmlarga nisbatan qizikish-ni rivojlantirish.

„Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi"ga binoan, bolalar-ni badiiy adabiyot bilan tanishtirish deganda ertaklar, hikoyalar, she’rlar va kichik-kichik folklor asarlari: hazillar, ermaklar, ashulalar, tez aytishlar, maqol va matallarni o’qish tushuniladi.

Kichik guruhdan boshlab bolalarni adabiy asar janrlarini ajrata olishga o’rgatish lozim.

Tarbiyachi bolalarga badiiy asarning janrini aytishi kerak. Masalan, „Bugun men sizlarga ertak aytib beraman", „Hozir men hikoya o’qib beraman", „She’r o’qib beraman" kabi.

Kichik guruh bolalari badiiy asar janri haqida eshitishi bi-lan „Masha va ayiq", „Qizg’anchiq it", „Mushuk, xo’roz va tulki", „Bo’ri bilan echki" ertak ekanligini, X. Ermatovning „Non", „Shaf-toli" asarlari she’r ekanlishni, X. To’xtaboevyushg „Hassa", E. A’zam-ning „May yomgiri" asarlari hikoya ekanligini esda olib qoladilar. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda ertaklar hikoya qilib beriladi, hikoya o’qib beriladi, she’r yoddan aytib beriladi.

Turli adabiy janrlar ularni bolalarga yetkazishning turli xa-rakterini talab etadi. Kichik maktabgacha yeshdagi bolalarga ertaklar-ni kitobdan o’qib bermasdan hikoya qilib bergan ma’qul, bu bola-larga emotsional ta’sir o’tkazishni kuchaytiradi, ertakning asosiy mazmunini tushunib olishga yordam beradi. Agar tarbiyachi kitobga qaramay, bolalarga qarab hikoya qilsa, u xuddi har bir bola bilan gagshashayotgandek bo’lib, bu orqali monolog nutqni eshitish va uni tushunish malakasini tarbiyalashga erishadi. Agar ertak mazmun ji-hatdan uncha katta bo’lmasa, uni ikki, hatto uch martagacha hikoya qilib berishi yeki eng qiziqarli joylarini takrorlashi mumkin.

Asar (ertak) hikoya qilib berilgach, bolalardan ertakdagi eng qiziqarli joylarini esga tushirib takrorlash taklif etiladi.

Masalan, „Masha va ayiq" ertagi hikoya qilib berilgach, bola-lardan: „Ayiq somsani yemoqchi bo’lganida nima dedi?" - deb so’rash mumkin. Bolalar tarbiyachiga taqpid qilib, past, yo’g’on ovozda: „To’nkaga o’tiraman, somsani tushiraman" debjavob berishadi. 9l\ tarbiyachi bolalarga qarata quyidagi savolni beradi: „Masha ayiqqa nima deb javob berdi?" Bolalar tarbiyachiga taqlid qilib, ingichka ovozda: „Ko’ryapman, ko’ryapman! To’nkaga o’tirma, somsani tushirma (ema)! Olib borgin buvimga, olib borgin buvamga!"

Bolalar bu so’zlarni takrorlash bilan ertak mazmunini yaxshi o’zlailirib, undagi qahramonlar gapini ifodali tarzda aytib bera olishga o’rganadilar.

Shuningdek, „Mushuk, xo’roz va tulki", „Bo’ri va echki bolala-ri", „Bo’g’irsoq" kabi ertaklarni tinglab bo’lishgach, bolalarga ishtirok etuvchilarning ashulalarini takrorlatish mumkin. Tarbiya-chi kichik guruh bolalarini savollarga bitta-bittadan javob bera olishga o’rgatish uchun bir bolani yoniga chaqirib: „Karim, qani, sen menga tulkining deraza tagida turib aytgan ashulasini aytib ber-chi?" yoki: „Maftuna, qani, sen ona echkining o’z bolalariga aytgan ashulasini eslab, uni menga aytib ber", - deydi.

Kichik yoshdagi bolalar uchun hajmi uncha katta bo’lmagan hikoya va ertaklarni, she’rlarni o’qib berish tavsiya etiladi. O. Mahka-movning „Mushuk", X. Ermatovning „Non", „Shaftoli", „Anor" kabi asarlari kichkintoylarda ijobiy his-tuyg’ularni, nafosatni tarbiyalashta yordam beradi.

Kichik guruhtsa she’r yoki hikoyalar o’qib berilgach, bolalarga o’z hayotlaridagi shunga yaqin voqealarni eslab aytib berish taklif etiladi.

Masalan, M.Murodovning „To’p" hikoyasi o’qib berilgach, bola-lardan to’pni kim bilan o’ynashini, u bilan qanday o’yinlar o’ynash-larini so’rash mumkin.

Kichik yoshdagi bolalarga ko’plab savollar berish yaramaydi, bi-roq asar mazmunini qanday tushunib olganliklarini, qaysi so’zlar xotirasida qolganligini, asar mazmunida uning shaxsiy hayoti ,bi-lan bog’liq voqealar borligini aniqlash maqsadida ikkita-uchta savol berish kerak.

Yil davomida bolalarga tanish bo’lgan hikoyalar, ertaklar, she’rlar takroran o’qib beriladi, hikoya qilinadi. Bu ertak va hikoyalar. she’rlarning bolalar xotirasida uzoq saklanib qoli-shiga yordam beradi.

Badiiy asarlarni esda saqlash bolalar lug’atini rivojlanti-rishga katta ta’sir etadi. Har bir tarbiyachi bolalarni badiiy asar bilan tanishtirar ekan, mashg’ulotda bolalarning lug’atiga yangi so’zlarni kiritishga jiddiy e’tibor berishi va bu so’zlarni bola-larning faol (aktiv) lug’atiga aylantirishi lozim.

Buning uchun bolalarga notanish, ular uchun yangi bo’lgan so’zlar-ni turli shakllarda (o’yin, shu so’zni aks ettiruvchi rasmlarni ko’rsatish, gaplarda ishlatish, topishmoq va boshqalar) ishlatish kerak. Tarbiyachining asosiy vazifasi bolalarni aytayotgan so’zlari-ning ma’nosini tushunishga, shu so’zni anglatuvchi buyumni (narsa-ni) ko’rsata olishga o’rgatishdir.

Agar har bir mashg’ulotdan keyin yangi so’z takrorlansa, mustah-kamlansa, turli so’z birikmalari aytilsa, bolalar lug’ati boyib boradi, faol lug’ati kengayadi va bu so’zlardan o’z nutklarida erkin foydalana olishga o’rganadilar.

Dyniqsa, bu mashg’ulot turida bola nutqining grammatik ji-' hatdan to’gri bo’lishiga alohida ahamiyat berish ksrak. Bunda asosan tarbiyachi bergan savollarga javob berishga e’tibor berish zarur. Shunday qilib, bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirish ular nutqining har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi, kichik yoshdan boshlab bog’lanishli nutqning rivojlanishiga asos yaratiladi. Bu esa keyinchalik murakkab asarlarni idrok etishga katta ta’sir etadi.




Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish