Mavzu: Faoliyatdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotlardan samarali foydalanish



Download 96,5 Kb.
bet5/6
Sana01.01.2022
Hajmi96,5 Kb.
#283605
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Faoliyatdan tashqari vaqtda bad.ad. foydal.

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI

„Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi" bu yosh guruhidagi bolalar oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

1. Bolalarda kitobga, badiiy asarga bo’lgan muhabbatni tarbiya-lash; badiiy obrazni his eta olish; poetik eshituv diqqatini ri-vojlantirish (jarangdorligini, ohangdorligini, she’riy nutqning ritmikasini ilg’ab olish), o’qishning intonatsion ifodaliliging rivojlantirish. Ertak, hikoya, she’rlarningbadiiytilini his qyushsh va tushunish. Bu guruhda ham tarbiyachi badiiy asarlarni tahlil qilishdan keng foydalanadi. Bolalar asarni tahlil qilish orqali adabiy janrlarni, ularning xususiyatlarini tushunishga. ertak va hikoyalarni, she’rlarning ifodali tilini his etishga, badiiy shakl bilan mazmunning o’zaro bog’liqligini bilib olishga o’rganadilar. Badiiy asarlar bilan tanishtirishga doir o’tkaziladi-gan har bir mashg’ulotda nutqni rivojlantirish bo’yicha turli xil-dagi vazifalar qo’yiladi. Har bir mashg’ulot bolalarni, ya’ni she’r eshituvchini tarbiyachining bergan savollariga o’z fikrlarini bir-biriga bog’lab grammatik jihatdan to’g’ri va obrazli, badiiy qilib javob bera olishga, ona tilidagi sinoni,mlardan foydalana olish-ga o’rgatishi kerak. Tarbiyachining asarni dastlabki o’qishdan maqsa-di tinglovchilarga asarni san’at asari sifatida yetkazishdir. Bola-larni badiiy asar bilan ikkinchi marta tanishtirishda esa asar chuqurroq tahlil qilinadi, bolalarning diqqati badiiy ifoda vositalariga yo’naltiriladi.

Asarni o’qib yoki hikoya qilib bergan bolalarga beriladigan sa-vollar tarbiyachi qo’ygan vazifalar, badiiy asarning janri va mav-zusiga bog’liq bo’ladi. Savollar ertak, hikoyaning g’oyaviy mazmuniga qarab turli ko’rinishlarda berilishi mumkyan: „Bu she’rda, ertakda, hikoyada nima deyiladi? Tinglagan hikoyangizdan qanday yangilik va qiziqarli hodisalarni bilib oldingiz? Ertak qahramoni haqida nimalarni hikoya qilib bera olishingiz mumkin? Sen u yoki bu qahra-monning xatga-harakatini qanday baholaysan? Bu hikoyadagi asosiy voqea nima? Qahramonlar bilan qanday voqealar sodir bo’ldi? Ushbu asardagi qahramonlarni nima uchun yaxshi ko’rib qolding? va h. k.

Shuningdek, bolalarning badiiy ifoda vositalarini qanday tushunganliklarini anikdash maqsadida ham turli shakldagi savol-lar beriladi: Bu ertakdagi qaysi ibora va so’zlar esingizda qoldi va yoqdi? va boshqalar. Bunday savollar bolalar ongida turli bog’la-nishlarni vujudga keltiradi. Bola savollarga javob berar ekan, tasvirlangan voqealarning badiiy obrazlarini aniqroqtasavvur etadi. Bunday holda obrazlarga munosabatda bo’lish asar mazmunini chuqur tushunib olishga, uning axloqiy mohiyatini, badiiy ifoda vositalarini bilib olishga yordam beradi.

Tarbiyachi bu guruhda mashg’ulotni boshlashdan avval bolalarni adabiy asarni idrok etishgd tayyorlaydi: asar mazmuniga yaqinroq mavzuda kichik suhbat o’tkazadi, bunda bolalarning shaxsiy tajriba-siga murojaat etadi. Masalan, tarbiyachi bolalarga aka-uka Grimm-larning „Qorqiz" asarini hikoya qilib berishda, avval shunday sa-vollar beradi: Bolatar, qish faslida ob-havo qanday bo’ladi? Nima yog’adi? Bolalar qanday o’yinlar o’ynashadi? Qordan nima yasashadi? Kun isishi bilan qordan yasalgan narsalar nima bo’ladi? va h.k.

Bunday tarzda o’tkazilgan kirish suhbati asar mazmunini chu-qur anglab olishga yordam beradi. Ba’zan mashtulotni muallifning suratini ko’rsatishdan, shu muallifning qanday asarlarini bi-lishlarini so’rashdan ham boshlash mumkin. Shundan so’ng tarbiyachi ertakni hikoya qilib beradi, hikoya bo’lsa, o’qib beradi, asardagi notanish so’zlar ma’nosi tushuntiriladi, rasmlari ko’rsatiladi va asar mazmuni bo’iicha savollar beriladi. ya’ni o’qib berilgan asar yuza-sidan suhbat o’gkaziladi. Asar o’qib berilgach (ertak hikoya qshshb beril-gach), bolalar bilan quyidagilar haqida suhbat o’tkazishimiz mumkin:


  1. Muallif tomonidan qo’yilgan savolga javob berish bo’yicha suhbat. Agar muallif bu asarni o’quvchilarga savol berish bilan tugallasa, bu savolga javob berish uchun suhbat o’tkaziladi.

  2. O’qib berilgan asar bilan bog’liq suhbat. Agar o’qib berilgan asar mazmuni bolalarning shaxsiy hayotiy tajribasi bilan bog’liq bo’lsa, tarbiyachi asarni o’qib bergach, o’z kuzatishlari, taassurotlari haqida gapirib berishni taklif etadi.

Masalan, T. G’oyibovning „Hunarli yigit xor bo’lmas" asarini tinglagach, bolalar tarbiyachining taklifiga ko’ra hunarlar haqida, uning ahamiyati haqida gapirib beradilar.

  1. O’qib berilgan asar mazmuni bo’yicha suhbat. Bu suhbatning asosiy maqsadi o’kib berilganni eslash va asar mazmuni bo’yicha o’z fikrini bildirishdan iboratdir. Masalan, V.V Mayakovskiyning „Kim bo’lsam ekan?" asarini bir necha marta takroriy o’qish nati-..: jasida uning mazmuni bolalar xotirasida uzoq saqlanadi, so’ng bolalarga kasblar haqida, qaysi kasb ko’proqyoqishi haqida gapi-rib berish taklif etiladi.

  2. O’qib berilgan asarni gapirib berish uchun o’tkaziladigan suhbat.Tarbiyachi bu suhbat turidan ertak yoki hikoya o’qib berilgach foydalanadi. Bolalarga hikoya yeki hikoya qilib berilgan asar maz-muni yuzasidan savollar beriladi. Bu bolalarni hikoya qilib be-rishga va matnni esda saqlab qolishiga yerdam beradi. Tarbiyachi bun-day suhbat uchun oldindan savollar tuzib qo’yishi lozim.

Quyida maktabga tayyorlov guruhida badiiy asarni hikoya qilib berish bo’yicha mashg’ulot namunasini keltiramiz.

H.H.Niyoziyning „Toshbaqa bilan CHayon" masalini o’qib berish.

Dastur mazmuni. Bu masal misolida bolalarga do’stlik, do’stga xiyonat qilishning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish.

Mashg’ulotga tayyorgarlik. „Toshbaqa bilan CHayon" masali asosida ishlangan rasmlar (Rassom Habibullo Rahmatullaevning „CHo’pcha-gim cho’pchak-oltin belanchak" kitobi uchun (Toshkent, 1994 y.) ish-lagan rasmlari), H. H. Niyoziyning portreti.

Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarga masal asosida ish-langan rasmni ko’rsatib, bolalardan unda nima tasvirlanganini . so’raydi. „Mana bu rasmda Toshbaqa va CHayon tasvirlangan. Toshbaqa do’sti CHayonni ustiga mindirib, daryodan suzib o’tayapti. Hozir men sizlarga mana shu Toshbaqa bilan CHayon haqidagi masalni o’qib bera-man. Bu masalni H. H. Niyoziy yozgan (uning portretini ko’rsatadi)".

Tarbiyachi tomonidan asarning o’qib berilishi.

Tarbiyachi masalni o’qib bergach, uning mazmuni yuzasidan quyi-dagi savollarni beradi:

1. Hozir men sizlarga qaysi masalni o’qib berdim? Uni kim yozgan ekan?



  1. Bu masaldagi qaysi qahramon sizlarga yoqdi? Nimasi bilan yoqdi?

  1. Chayon haqida nima deyish mumkin?

  1. Chayon do’stiga xiyonat qilib to’g’ri ish qildimi? Chayoini Toshbaqaning haqiqiy do’sti desa bo’ladimi?

  2. Toshbaqa do’sti Chayonni nima uchun oqizib yubordi? U to’g’ri ish qildimi?

7. Sizningcha do’st qanday bo’lishi kerak?
Masalga chizilgan illyustratsiyalar ko’rsatiladi.
Tarbiyachi: RassomHabibullo Rahmatullaevbu mas&agarasm-

lar chizgan. Biz hozir ularni birgalikda ko’rib chiqamiz.

Rasmlarni ko’rib bo’lgach, tarbiyachi bolalardan kim toshbaqa va chayon haqida topishmoq, do’stlik haqida maqol bilishini so’raydi: „Har kim ekkanini o’radi" maqolini masaldagi qaysi qahramonga nisbatan ishlatish mumkin? Nima uchun shunday deb o’ylaysiz?

Bolalarning kitobga bo’lgan qiziqishlarini va undan foyda-lanishning eng oddiy malakalarini (kitobdagi rasmlarni ko’rib chiqish) tarbiyalash maqsadida bolalar bog’chasining har bir guruhi-da kitob burchati tashkil etiladi. Kitob burchagi uchun yorug’ va qulay joy tanlanadi. Shuning uchun kitob burchagiga stol lamlasini qo’ygan ma’qul. Kichik guruhda kitob burchagi kitob tokchasida yoki stol ustidatashkil etiladi. Katta guruhlarda esa kitob javonida tash-kil etgan ma’qul. CHunki bu guruhda kitob boshqa guruhlarga nisba-tan ancha ko’p bo’ladi. Kitob burchagi o’zining tashqi ko’rinishi bi-lan bolalarni o’ziga jalb qilishi kerak. Kitob burchagiga bolalar hayotidan, ertaklardan olingan rasmlardan osib qo’yish mumkin. Katta va maktabga tayyorlov guruhlarida esa shoir va yozuvchilar-ning, masalan, Zulfiya, Q. Muhammadiy, E. Vohidov, P. Mo’min, A. Oripov va h. k. larning portretlarini osib qo’yish mumkin. Bu adiblar bilan ularning yozgan asarlari haqida ularning kitoblari-ni bolalarga o’qib berayotgan vaqtda tanishtirib boradi. Har bir guruh u^gun „Dastur" asosida kitoblar tanlakadi. Qo’shimcha adabiyotlar ham tarbiyachi tomonidan tanlanib, kitob javonida saqlanadi.

O’rta guruhning kitob burchagida kichik guruh bolalari uchun „Dastur ro’yxati"ga kiritilgan kitoblar ham bo’lishi mumkin, xuddi shunday katta guruhning kitob burchagida ham kichik, o’rta guruh uchun mo’ljallangan kitoblar bo’lishi kerak. Katta guruhda tashkil etilgan (javon) kitob burchagi mavzular bo’yicha tashkil etilib, ular bir-biridan ko’rsatkich taxtacha bilan ajratib qo’yiladi, ya’ni ko’rsatkich taxtachaga kitob mavzusiga taalluqli rasm yopishtiriladi. Masalan, tabiat to’g’risidagi kitobni yoki ertak kitobni bola oson-lik bilan topib olishi uchun tabiat manzarasi tasvirlangan yoki ertak mazmuniga taalluqli rasm yopishtirilgan taxtacha bilan bir-biridan ajratib qo’yiladi. Kichik guruhda bir nomdagi kitobdan bir necha nusxadan (ikki, uchta) qo’iiladi, chunki kichik guruh bo-lalarining bir qanchasi bir vaqtda ko’rishni istaydi. Kitob burcha-gidaga kitoblarni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak. Agar tarbiyachi kitob burchagidan qaysidir kitob onda-sonda olinayotga-nini ko’rsa, bu kitobni vaqtincha olib qo’yib, bir qancha vaqt o’tgach, yana kitob burchagiga qo’yishi kerak. Kitob uzoq saqlanishi, yir-tilmasligi uchun bolalar kitob betini yaxshilab ko’rib bo’lishgach, u muqovalanib qo’yiladi. Kitobni shunday muqovalash kerakki, uning yuza qismi, undagi rasmlar ko’rinib tursin.

Kitob burchagida kitoblardan tashqari bolalarning o’zlari mu-staqil ko’rishlari uchun albomlar ham bo’lishi kerak. Tarbiyachi al-bomlarning mavzusini „Dastur"dan, ya’ni bolalarni tevarak-at-rof bilan tanishtirish va ijtimoiy hayot hodisalari bilan ta-nishtirish, tabiat bilan tanishtirish bo’limlarining dastur talablari va vazifalari asosida tanlaydi. Bular bolalar bog’chasi-ning maishiy-xo’japik, jamoat hayoti mavzulariga taalluqli rasm-lar bo’lishi mumkin.

Hamma guruxdardagi kitob burchaklarida har qaysisida 8-10 ta rasm yoki fotosuratlar solingan bir necha papka (har bir guruhda 8-10 tadan) hamda bolalar chizgan rasmlar solingan bir necha papka bo’lishi kerak. Papkalarga undagi materiallarga tegishli illyustra-tsiyalar yoki manzaralar tasviri solib qo’yilgan bo’ladi. Bolalar rasm-larni ko’zdan kechirib bo’lganlarida^n keyin ularni kerakli papka-larga joylashtiradilar. „Bizning O’zbekiston", „Toshkent - O’zbe-kistonning poytaxti", „Qadimiy va navqiron Buxoro", „Samarqand - qadimiy obidalar shahri", „O’zbek milliy hunarmand-chiligi", „Buxoro zardo’zligi", „Onalarimiz mehnati", „Bizning bayramlar", „Ertaklar olamida" va h.k. nomlardagi albom va pap-kalar bo’lishi mumkin.

Tarbiyachi kitob burchagida bolalarning adabiyot haqidagi bi-limlarini mustahkamlaydi. Buning uchun bolalarni kitobning mu-krvasi, varag’i bilan tanishtiradi, kitobdan qanday foydalanish-ni o’rgatadi. Hamma yosh guruhlarida tarbiyachi bolalar bilan kitob haqida suhbatlashadi.Ularning kitob burchagiga qo’yilgan kitoblar mazmunini bilish-bilmasliklari, illyustratsiyalarning ma’nosiga

tushunishlari bilan qiziqadi, bolalarning uylarida qanday kitob-lar borligini surishtiradi .

Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda kitob yoki rasmni ko’radi vaularni qanday asrash kerakligini ko’rsatadi. Hammayosh guruhla-rida ayrim bolalarga topshiriq berish usulidan: kichik guruh bo-lalarigatanish kitoblarni, suratlarni birgalikda ko’rishlari uchun vaqt-vaqti bilan tarbiyachining katta guruh bolalarini taklif eti-shi usulidan foydalaniladi.

Yirtilgan kitoblarni yamash kitob burchagining zaruriy ish shakl-laridan bo’lib, kichik guruhlarda tarbiyachi o’zi bolalar oldida kitob-ni yamaydi, katta guruhlarda esa bu ishda tarbiyachiga bolalar yordamla-shadi. Tarbiyachi bolalarning kitob burchagida o’zlarini qanday tutish-larini, kitobga qanday munosabatda bo’layotganliklarini, bolalarning kitobdaga rasmlarni ko’rishga qanchalik e’tibor berayotganliklarini nazorat qilib, bolalar bilan yakka tarzda shug’ullanadi.

Mashg’ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foydalanish-ga turli yosh guruhlarida tashkil etilgan kitob burchagida ishlash, bolalar uchun mo’ljallangan badiiy asarlarni sahnalashtirish, ya’ni qo’g’irchoq teatri, soya tsatri (ko’lanka), stol teatri, diafilmlar namoyish etish, radio va teleeshittirishlar tashkil etish kiradi. Tarbiyachi mashg’ulotdan tashqari qulay vaqtda bolalarni kitob bur-chagidagi kitoblar bilan tanishtiradi, kitobdagi rasmlarni ko’rsa-tib, u haqda suhbat o’tkazadi, asarlarni o’qib yoki hikoya qilib beradi, mualliflar bilan tanishtiradi, bolalarga oldingi mashg’u-lotlardan tanish bo’lgan, shuningdek, dasturga kiritilmagan asar-larni takror o’qib berish mumkin. Mashg’ulotdan tashqari vaqtda tabiat haqidagi asarlarni, lirik she’rlarni, matal va qochirim-lar, topishmokdar, sanamalar va hokazolarni aytib berish bolalar-ning his-tuyg’ulariga kattata’sir etadi. Mashg’ulotdantashqari vaqt-da (kechki soatlarda) o’rta guruhdan boshlab o’qib berilgan kitob haqida, yozuvchi va shoirlar haqida suhbatlar o’tkaziladi. Kutubxo-naga, kitob do’koniga sayohatlar tashkil etiladi. Yilning turli fasllarida tabiat qo’yniga sayohatlar uyushtirish jarayonida bahor, yoz, kuz, qish haqidagi she’rlar aytib beriladi, hikoyalar, ertak-lar o’qib beriladi. Shuningdek, mashg’ulotdan tashqari vaqtda bola-lar uchun tarbiya vositasi bo’lgan materiallardan, topishmoqlardan keng foydalaniladi. Bolalarningtanish asarlar qaqidagi bilim-larini tarbiyachi tomonidan tashkil etilgan o’yinlarda („Maktab-maktab", „Bog’cha-bog’cha", „Qo’g’irchoqteatri" vya h.k.) mustaqkamlash mumkin.

Masalan, tarbiyachi qo’g’irchoqlar uchun ertalik tashkil qilish-ni bolalarga taklif etadi. Bu ertalikda bolalar tanish ertaklarni qo’g’irchoqlarga so’zlab berishadi. Shuningdek, tarbiyachi „Radio", „Te-levizor", „Diafilm" o’yinlaridan keng foydalanib, ertak va hikoyalarni aytib berishni taklif etadi. Urta guruhdan boshlab dramalashtirilgan o’yinlardan foydapaniladi. Bu bolalarda badiiy asar namunalarini aytib berishga, kitobga qiziqishga, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, bir jamoa bo’lib o’ynashga yordam beradi.

Katta guruhlarda kitob burchagida mashg’ulotdan tashqari vaqtda badiiy asarlar bilan tanishish maqsadida mavzular bo’yicha kitob ko’rgazmasi tashkil etiladi. Masalan: „Bizningtabiatto’g’risidagi kitoblarimiz", „Bizning bayramlar" va h.k. Bunday ko’rgazmalar sevimli kitoblar bo’yicha suhbat o’tkazishda yordam beradi. Ko’rgazma-da bir qancha yozuvchi va shoirlarning portretlari ham qo’yilishi kerak. Shuningdek, bir guruhda ba’zi bayramlar uchun („Ertaklar olamida", „Mehrjon bayrami", „Gullar bayrami", „Qushlar bay-rami", „Qovun sayli" va h.k.lar) turli janrdagi asarlarni, masa-lan, she’rlar, topishmoqlar, hikoyalar, ertaklardan olingan par-chalar, maqol, matallarni tanlash tavsiya etiladi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar faqat tinglovchi bo’libgi-na qolmay, balki tomoshabinlardir. Bolalar bog’chasida badiiy asar-larni sahnalashtirishning bir nechaturi mavjud. Bularga qo’g’irchoq teatri, soya (ko’lanka) teatri, stol teatri, barmoq teatri, diafilmlar, radio va televidenie orqali sahnalashtirilgan asarlar bilan tanishish kiradi. Bolalar qo’g’irchoq yoki soya teatrining spek-takllarini tomosha qilishni yaxshi ko’radilar. Bu tomoshalar bola-lar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Sahnalashtirilgan asarlar bolalarning estetik tasavvurini boyitadi, chunki spektaklda san’atning bir qancha turlari". badiiy so’z, tasviriy san’at (bezak, qo’g’ir-choqlar yoki siluetlar), sahna san’ati, musiqa va hokazolar bir-lashgan bo’ladi. Spektaklning bolalarni o’ziga jalb qila olishi-ning sababi shuki, unda ishtirok etuvchi qo’g’irchoqlar jonlanadi, to’siq orqasida yoki ekranda sodir bo’layotgan voqealarni haqiqiy deb biladilar. Sevimli qahramonlari bilan qanday voqealar sodir bo’lishi haqida qayg’uradilar, qahramon og’ir ahvolga tushib qol-ganda yordam berishga harakat qiladilar. Ko’rgan spektakllarini bir-birlariga gapirib beradilar, buning natijasida ularning nutqi rivojlanib boradi. Respublikamizning barcha viloyatlarida qo’g’irchoq teatri bo’lib, bu qo’g’irchoq teatrlarining repertuaridan mak-tabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun spektakllar o’rin olgan. Qo’g’irchoq teatr jamoasi bolalar bog’chasida tez-tez spektakl namoyish etib turishadi. Qo’g’irchoq teatrini bolalar bog’chasiga taklif etish-dan avval bog’cha mudirasi yoki tarbiyachi oldindan spektaklni ko’rishi va uni qaysi guruh uchun namoyish etish mumkinligini aniqlashi kerak. Bolalar bog’chasida qo’g’irchoq yoki ko’lanka tsatrini o’z kuchlari bilan tashkil etish ham mumkin. Ko’g’irchoq teatrini kunning ikkinchi yarmida ko’rsatish maqsadga muvofiq. Qo’g’irchoqteatri zadda, agar zal bo’lmasa, guruh xonasida ko’rsatiladi. Oldindan spektaklga zaruriy narsalarni tayyorlab qo’yish kerak. Bolalarni o’tqazish uchun qulay joy tayyorlanishi, ya’ni namoyish etilayotgan narsalar aniq ko’rinib turishi lozim. Qo’g’irchoqlarning ko’rini-shini to’rt joydan tekshiriladi: o’rtadan, birinchi qatorning ikki chekkasidan va orqa qatorning chekka joylaridan. Stullarni qo’yish uchun 5-6 yoshli bolalarni jalb qilish kerak.

Tarbiyachi bolalarga qaysi spektaklni ko’rsatishni e’lon qila-di va havosi tozalangan, shamollatilgan tomoshagoh xonaga ularni olib kiradi. Agar spektaklda bir necha guruh bolalari bo’lsa, u vaqtda kichik guruh bolalari zalga hammadan keyin olib kiriladi va spektakl tamom bo’lgach, zaldan hammadan oldin olib chiqiladi. Ki-chik guruhlar uchun tashkil etilgan spektakllarda quyidagi usullar-dan foydalaniladi: boshlovchi yoki asosiy qahramon tomoshabinlarga savol beradi yoki qahramonga biron-bir so’z, gap aytashni, o’rnidan turib raqsgatushishni taklif etadi. Bu bolalarning spektaklga bo’lgan munosabatini ifoda etishga yordam beradi. Tanaffus vaqtida yoki sah-na bezaklarini atmashtirish vaqtida bolalarni o’rinlaridan turg’a-zib, qo’llari bilan turli harakatlarni bajartirish kerak. Kichik guruh bolalari uchun o’yinchoklar spektakli uyushtiriladi. O’yinchoqlar spek-takli bu oddiy qo’g’irchoqchar va o’yinchoqlardir.

O’yinchoqlar spektaklini kichik guruhlarda quyidagi ertaklar asosvda tayyorlash mumkin: o’zbek xalq ertaklarvdan „Qizg’anchiq it", „Fil bilan Xo’roz", „Bo’ri bilan Echki", rus xalq ertaklari-dan „Sholg’om"; o’rta guruh uchun L.N.Tolstoyning „Ikki o’rtoq", „Uch ayiq", o’zbekxalqdostonlaridan „Alpomish", „Go’ro’g’li"; kat-ta guruhlar uchun o’zbek xalq ertaklaridan „Egri va To’g’ri", „Saxiy bilan Baxil", A. Avloniyning „Xo’roz ila Bo’ri", Sh. Perroning; „Qizil Shapkacha" va hokazolar.

Ertaklarni instsenirovkalash yoki ashulalarni aytish tarbiya-chidan oldindan tayyorgarlik ko’rishni talab etadi. Bu tayyorgarlik quyidagilardan iborat: asar matnini ifodali aytib berish ustida ishlash; o’yinchoqlarni hamda sahna bezaklarini tanlash; o’yinchoq-lar spektaklini mashq qilish.

O’yinchoqlar teatri uchun oddiy bolalar stoli sahna bo’lib xizmat qiladi. Unga voqealar rivojiga ko’ra zarur bo’lgan bezaklar qo’yiladi. Spektakl uchun yaxshi holatdagi (hatto, yangi) o’yinchoklar tanlanadi.

Tarbiyachi o’yinchoqlar spektaklini boshlashdan oldin o’z stu-lining ikki yoniga stulcha qo’yadi. Bitta stulchaga hali spektaklga qatnashmagan o’yinchoqtarni, ikkinchisiga esa qatnashgan o’yinchoq-larni qo’yadi. Tarbiyachi stulga o’tirgan holda, ertakni hikoya qiladi va ertakdagi hikoyaning borishiga qarab, o’yinchoqni stol bo’ylab harakatl antirad i.

Spektaklni namoyish qilib bo’lgach, stol ustidagi barcha qat-nashuvchilarni bolalar ixtiyoriga qo’yadi. Ular bir necha kun mobay-nida tarbiyachiga taklid qilgan holda bu o’yinchoqlar bilan o’ynay-dilar. Bunday qo’g’irchoqteatrini o’yin vaqtidahamda kechki soatlarda namoyish etish mumknn.

Soya (ko’lanka) teatri bolalarda qiziqish uyg’otadi. Soya teatri ertaklarni instsenirovkalashning keng tarqalgan turi. Soya teatri-ni namoyish etish ertak yoki hikoya, masalni o’qish bilan bir vaqt-da namoyish etiladi. Soya teatri o’zining bir qancha xususiyatlariga ega: siluetlarning harakatsizligi, ularni ketma-ket qo’yishning imkoniyati yo’qtigi; soya teatrida „Tulki va Turna", „Bo’g’irsoq" va hokazolarni namoyish etish mumkin. Soya teatrining imkoniyatlarini kengaytirish uchun bir personajning bir nechta siluetlari (ko’rinishlari) tayyorlanadi.

Soya teatrini namoyish etish uchun birinchi kunlarda 3 ta tar-biyachi ishtirok etadi: 1 tasi ekran oddida o’tirib, matnni o’qiydi, 2 tasi esa ekran orasida turib, siluetlarni boshqaradi. Spektakl-ni ko’rsatishning bir qancha variantlari bor. Asarning hammasini o’qish mumkin yoki muallif matnini o’qish bilan chegaralanish mum-kin, personajlarning so’zini esa ekran orqasida turgan tarbiyachi-lar aytib turishadi.

Tarbiyachilar siluetlarni boshqarish malakasini egallab olish-gach, bitta tarbiyachining o’zi (bolalarni yordamchi qilib) spektakl-ni ko’rsatishi mumkin.

Tarbiyachi bir nechta personaj uchun matnni o’qishiga to’g’ri ke-ladi. Shuning uchun har qaysi personajning ovozini bolalarga yet-kaza olishi ustida (diktsiya, ovoz tonining ifodaliligi va hoka-zo) mashq qilishi kerak.

Ko’lanka teatri uchun ekran va siluetlar tayyorlanadi. Ekran-ning (soya teatrining sahnasi, taxta rom) eni 1 metr, bo’yi 60 sm, pastki taxtasi (oyog’i 10 sm) bo’lib, unga yupqa oq mato tortiladi. Yupqa kartondan siluetlar yasaladi va har ikkala tomoni qora rang-ga (tush bilan) bo’yaladi. Siluetlarning pastiga qo’l bilan ishlash uchun taglik yasaladi. Soya teatrini namoyish etishdan avval xona qorong’i qilinadi. Ekranning orqasiga bir metr naridan yorug’lik (stol lampasi yordamida) beriladi. Namoyish etilgan siluetlar to’liq ko’rinishi, ammo taglik bilan tarbiyachining qo’li ko’rinmasligi kerak.

Diafilm va diapozitivlar - oynada yoki plyonkada ko’rsatila-digan kitobiy suratlar. Diafilm ko’rsatish bolalarga ekranlash-tirilgan asar voqeasini yaxshiroq eslab qolish imkonini beradi. Tarbiyachi diafilm ko’rsatishga tayyorlanish paytida undan foyda-lanishning maqsadini aniqlashi lozim. Diafilmdan bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug’atini boyitish uchun, nut-qini o’stirishda, ko’ngil ochish va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.

Hamma diafilmlar qiziqarli va bolalarga tushunarli bo’li-shi, ularda tanish narsalar notanish narsalar bilan birgalikda namoyish qilinishi lozim. Diafilmda yangi material qanchalik ko’p bo’lsa, seans shunchalik qisqa bo’ladi. Bir seansda mazmunan bir-biriga yaqin kichikroq ikkita diafilmni ko’rsatish mumkin. Agar seans uzoqdavom etadigan bo’lsa, bolalar toliqib qoladilar.

Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va ularning lug’atini boyitish uchun diafilmning matnini aytib turib namoyish qilish va takror ko’rsatish usullaridan foydalanish mumkin.

Diafilm ko’rsatishdan oddin bolalar ekranlashtirilgan she’r-ni yoki mazmunan diafilmga yaqin she’rni yod olishlari mumkin. Bunday oldindan tanishtirish bolalarning diafilmdagi muhim narsalarnigina emas, balki ikir-chikirlarni ham aniqroq ko’rish-lariga yordam beradi.

Tarbiyachi diafilmni bolalarga namoyish qilishdan oldin o’zi ko’radi, matnni ifodali o’qishni o’rganadi, qaysi kadrlarni bola-larga batafsil ko’rsatishni aniklab oladi.

Seans vaqtida bolalarga ko’p savollar berish, ezmalik qilish yaramaydi. Bunday qilish badiiy taassurotni buzadi. Diafilmni birinchi ko’rsatishdan bir-ikki hafta o’tgandan keyin, ya’ni bola-larning birinchi ko’rganlarida olgan taassurotlari ravshanlashib qolganidan so’ng takror ko’rsatiladi. Shunda bolalar diafilm mazmunini chuqurroq tushunishlari mumkin. Diafilmning mazmuni qanchalik murakkab bo’lsa, navbatdagi ko’rsatuv muddati shunchalik uzaytirilishi kerak.

Bolalarning monologik nutqini o’stirishda ularning hikoya kilib berishlari bilan qo’shib olib boriluvchi diafilm ko’rsatish usulidan foydalaniladi. Birinchi bor ko’rsatishda tarbiyachi matnni ifodali qilib o’qiydi, takror ko’rsatishda bolalarning o’zlari ek-randa tanish kadrlar paydo bo’lishi bilan hikoya qilib turadilar. Tarbiyachi bolalarga yordamlashish maqsadida o’zi hikoya qiladi, ke-yin esa bolalar hikoya qilishni davom ettirishlari mumkin.

Tarbiyachi diafilm ko’rsatishdan oldin bolalarga muqaddima so’zi bilan murojaat qiladi va diafilmni ko’rib bo’lgach, hikoya tuzishni taklif kiladi. Keyin diafilm matni o’kilmasdan ko’rsa-tiladi. Diafilm tugashi bilan tarbiyachi uni yana ko’rsatadi, bola-lar uni takror ko’radilar va kadrlarga qarab eslab qolganlari aso-sida hikoya qiladilar.



Diafilm ko’rib bo’lingandan so’ng suhbat o’gkazish mumkin. Bu suhbatda bolalar diafilm mazmunini o’z tajribalaridan foydalangan holda muhokama kiladilar. Diafilm mazmunini hikoya qilib berishda rasm chizish va loy, plastilindan turli narsalar yasash, dramalashti-rilgan o’yinlar va hokazo usullaridan foydalanish mumkin.


Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish