Xulosalar. Fan faqat о‘zi olgan haqqoniy bilimlarga va muayyan natijalarga tayanishi unda о‘z muammolari va «ochiq» masalalari mavjud emasligini anglatmaydi. Biroq aniq, shak-shubhasiz javoblarga ega bо‘lmagan falsafiy masalalardan farqli о‘laroq, ilmiy masalalar bilimdonlik qilishni emas, balki puxta о‘ylashni talab qiladi, zero ular pirovardida dastlabki taxminlarni rad etuvchi yoki ishonchli bilimlar doirasini kengaytirib tasdiqlovchi muayyan yechimlar olish real yoki potensial imkoniyatiga egadir.
Shu tariqa vujudga keladigan fanlar qaynayotgan suvdagi kо‘piklar kabi kattalashib, falsafiy mushohada yuritish jabhasini, anglab yetilgan narsalar anglanmagan narsalar bilan yuzma-yuz keluvchi sohani ham kengaytiradi, chunki tabiatshunoslik doirasida javob berishning iloji bо‘lmagan yangi masalalarni yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |