Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари


Musulmon SHarqi mutafakkirlarining estetik g‘oyalari (Forobiy, Ibn Sino, Imom G‘azzoliy)



Download 5,68 Mb.
bet127/293
Sana29.01.2022
Hajmi5,68 Mb.
#415797
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   293
Bog'liq
2020 ФАЛСАФА УУМ

Musulmon SHarqi mutafakkirlarining estetik g‘oyalari (Forobiy, Ibn Sino, Imom G‘azzoliy).
O‘rta asrlar Musulmon SHarqida Arastudan so‘ng eng ulug‘ ustoz sifatida Abu Nasr al Forobiy (873-950) mashhur bo‘ldi. U Arastudan keyingi ustoz «Muallimi soniy»-«Ikkinchi muallim» nomini oldi.
Forobiyning qarashlarida ezgulik bilan go‘zallik ma’lum ma’noda aynanlashtiriladi, biri ikkinchisida yashovchi hodisalar sifatida talqin etiladi. SHuning uchun uning asarlarida «Go‘zal xatti-harakatlar», «Go‘zal qilmishlar» degan iboralarni uchratish mumkin. Go‘zallikka etishishni u falsafa tufayli ro‘y beradi, deb hisoblaydi. Har bir narsa hodisaning go‘zalligi uning o‘z borlig‘ini to‘la namoyon etishi va mukammallikka erishuvi bilan bog‘liq. Alloma faylasuf insonda ikki xil go‘zallikni farqlaydi-ichki va tashqi. U ichki go‘zallikni Yuqori qo‘yadi va bu «Boyning boyligini bezab, kambag‘alning kambag‘alligini yashiradigan» go‘zallikni «adab» deb ataydi. Bunday go‘zallik Yuksak axloqiy xatti-harakatlar va insoniy komillikda o‘zini namoyon etadi. Tashqi go‘zallikka kelganda, faylasuf tabiiy go‘zallikni har qanday bezanish, yasanishlardan Yuqori qo‘yadi.
Forobiy sa’atning taqlidiylik hususiyatiga egaligini ta’kidlaydi. Ana shu taqlidiylik idrok etuvchida hissiyot va tasavvur uyg‘otadi. San’atkor o‘z hayolot kuchi, ijodiy qudrati bilan umumiy g‘oyalarni yakka qiyofalarda in’ikos ettiradi. U nutqning turlarini mantiqiy nuqtai nazardan tadqiq etar ekan:
-she’riy nutqni - mutlaq yolg‘on;
-sofistik nutqni - asosan yolg‘on;
-xitobiy nutqni - bir xilda ham yolg‘on, ham rost;
-dialektik nutqni - asosan rost;
-isbotiy (apodiktik) nutqni - mutlaq rost, deydi.
YAna bir buYuk qomusiy olim, bobokalonimiz Ibn Sino (980-1037) Forobiy qarashlarini davom ettirib, musiqadan olinadigan lazzat musiqiy uyg‘unlikning makonda yoyilishidan, pardalarning navbatma-navbat kelishidan deb biladi. Musiqada gap tovushining o‘zida emasligini, balki uni qanday chiqarish muhim ekanini aytadi, ya’ni bizda yoqimli yoki yoqimsiz sezgini tovushning o‘zi emas, balki uni paydo qilish usuli uyg‘otadi. Musiqaning kelib chiqishini esa inson nutqining boyligi bilan bog‘laydi: xushomad qilayotganda ovoz pasayadi, mag‘rur so‘zlayotganda qat’iy jaranglaydi va h. k. Musiqa inson kayfiyatiga taqliddir, deydi Ibn Sino. SHuningdek, alloma go‘zallik borasida ham Forobiy izidan boradi. Uning fikriga ko‘ra, jismoniy go‘zallik bevosita qalb go‘zalligi bilan belgilanadi. «Ishq risolasi» asarida muhabbatning asosida go‘zallik yotishini «aslida muhabbat - go‘zallikni ma’qullashdir», degan fikr bilan ifodalaydi.
O‘rta asrlar nafosatshunosligida Ibn Sinoning «SHe’r san’ati» asari o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Unda qomusiy alloma, Arastu «Poetika»sini sharhlar ekan, o‘ziga xos yangiliklar kiritadi va she’rning keyinchalik mashhur bo‘lib ketgan mana bu qoidasini keltiradi: «SHe’r deb - obrazli so‘zlardan iborat bo‘lgan ritmli, bir-biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralar bir-biriga teng, vaznlari qaytariladigan, oxirgi tovushlari bir-biriga o‘xshash satrlarga aytiladi». Uning fikriga ko‘ra, she’r taqlidiy fikr natijasi o‘laroq uch xil yo‘l bilan Yuzaga keladi. Birinchisi lahn- uyg‘unlik, undan keyin kalom- so‘z keladi (bunda albatta timsolli-obrazli so‘z nazarda tutiladi). Uchinchisi vazn. Mana shu uch yo‘lning bir-birga mos kelishi natijasida she’r paydo bo‘ladi. Yo‘qsa ko‘ngildagidek she’r yaratish mumkin emas.
O‘rta asrlar musulmon SHarqi nafosatshunosligida mashshoiyyo‘nlik yo‘nalishi bilan birga tasavvufiy yo‘nalish ham vujudga keldi. Uning buYuk vakili tasavvuf falsafasi asoschisi tengi kam ilohiyotchi Imom G‘azzoliy (1058-1111)dir. Uning «Ihyo ulum ad din» («Din haqidagi ilmlarning tirilishi») va «Kimyoi saodat» asarlarida estetikaka keng o‘rin berilgan.
G‘azzoliy ularda go‘zallik tushunchasiga alohida to‘htaladi, manfaatsiz go‘zallik, oltinchi sezgi vositasida his etiladigan go‘zallik haqida o‘ziga xos nazariyalarni o‘rtaga tashlaydi. Bularning hammasi muhabbat tushunchasi bilan bog‘liq holda tadqiq etiladi.
G‘azzoliy zohiriy va botiniy go‘zallik hususida fikr Yuritar ekan, tug‘ma nafosat tuyg‘usining mavjudligi haqidagi g‘oyani go‘daklar va hayvonlarning ham nafosat tuyg‘usiga egaligi bilan isbotlashga intiladi. Go‘zallikni idrok etish tuyg‘usining tug‘maligi, tabiiyligi va uni anglab etish orqali xis qilish borasida hozir ham baxsli qarashlarning mavjudligi G‘azzoliy o‘rtaga tashlagan estetika muammolari hanuz dolzarb ekanini tasdiqlaydi.
G‘azzoliyning estetik qarashlarida o‘simlik, hayvon hamda insonning tashqi muhitga munosabatiga, ularda estetik did, nafosat hissining bor-yo‘qligi muammolariga, shaxsning go‘zallikka munosabati, uning komil insonga aylanishi, nisbiy va mutlaq go‘zallik, ibodat bilan san’atning farqi singari masalalarga to‘xtalib o‘tadi.

Download 5,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish