O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish
nazariyasi va falsafa kafedrasi mudiri: _________ fal.f.d.,prof. M.S.Xajieva
Ishchi dastur Tarix fakul’teti Kengashida ko‘rib chiqildi va UrDU Kengashiga tasdiqlash uchun tavsiya qilindi. (2021 yil «____» ___________ Bayonnoma №__)
Tarix fakulteti dekani,
kengash raisi: _____________ t.f.n. O.shixov
MUNDARIJA:
-
|
Titul varag’i
|
1
|
|
Mundarija
|
2
|
|
O’quv materiallari
|
3-366
|
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
|
382-406
|
|
Glossariy
|
390-406
|
|
Ilovalar:
|
Fan dasturi
|
|
|
Ishchi fan dasturi
|
|
Tarqatma materiallar
|
|
Testlar
|
|
Ishchi fan dasturiga muvofiq baholash me’zonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
|
|
|
O’UM ning
elektron variant
|
|
|
1-MAVZU: FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI
REJA:
1. Falsafa mavzusi va falsafiy bilimlar mohiyati.
2. Dunyoqarash va uning tarixiy turlari.
3. Falsafa fanining predmeti.
4. Falsafaning asosiy funksiyalari. Falsafaning sohalari.
5. Asosiy falsafiy yo‘nalishlar.
6. Mustaqil O‘zbekistonda falsafa.
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR: fan, falsafa, dunyoqarash, mifologiya, «dunyo-inson» tizimi, monizm, materializm, idealizm, agnostitsizm, emperizm, ratsionalizm, irratsionalizm, dialektika, metafizika, dualizm, plYuralizm, milliy taraqqiyot.
1. Qadimgi davrda falsafa barcha nazariy fikrlarni, ma’naviy hayotning hamma tomonlarini qamrab oluvchi fikrlar tizimi sifatida Qadimgi YUnoniston va Rimda er.avv. VII-III asrlarda paydo bo‘lgan. Agar falsafa so‘zining kelib chiqishi (etimologiyasi)ga e’tibor bersak, falsafa Yunoncha «filio» - sevaman, «sofiya» - donolik so‘zlaridan olingan bo‘lib, donolik, donishmandlik bilan shug‘ullanish deb qaraladi. SHu ma’noda Donishmandlikning o‘zi nima?
Qadimgi Yunon faylasufi Diogen (e.o. 400-325) dan donishmand kim? - deb so‘rashganda, u: «Haqiqiy donishmand xudodir, biz donishmandlikni sevguvchilarmiz» - degan. De
mak, donishmandlikni sevguvchilar donolik tafakkuri bilan dunyoni, o‘zligini anglashga intiluvchilardir.
Grek mutafakkiri Geraklit (520-460) shogirtlariga murojaat qilib, “Do‘stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan”, deb uqtiradi.
Sokrat (e.o. 470-399 y) o‘z – o‘zini erga urish tubanlashish, o‘zligini anglash, o‘zligini Yuqori tutish esa donishmandlikdir degan.
Diogen Laertskiy (eramiz II asri oxiri - III asr boshlari) so‘zlariga qaraganda, o‘zini birinchi marta faylasuf deb atagan kishi – Yunon mutafakkiri va olimi Pifagordir. Faylasuflarning qanday ekanliklariga ta’rif berib, u shunday degan: «Hayot o‘yinga o‘xshaydi: ba’zilar unga musobaqalashgani kelsa, ayrimlar savdolashgani, eng baxtlilari esa tomosha qilgani keladilar; hayotda ham xuddi shunday, ba’zilar qullar kabi shuhrat va boylikka o‘ch bo‘lib dunyoga keladi, vaholanki faylasuflar - faqat haqiqat uchun keladi»1.
Bugungi kunda haqiqatni izlash faqat falsafagina taalluqli degan fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Faylasuf bo‘lmasdan ham fizika, tibbiyot, badiiy ijodda yoki kundalik hayotda bilim va haqiqatga intilish mumkin. Biroq haqiqatni ongli izlash aynan falsafadan boshlangan.
«Falsafa nima degani?» savolga javob izlash oson emas. Falsafaga tegishli bo‘lmagan narsani aniqlash osonroq. Agar fanlar, aytaylik, botanika yoki lingvistika ta’riflarini oladigan bo‘lsak, ulardagi mavjud farq, odatda, mashg‘ulotning asl mohiyatiga daxl qilmaydi. Hech bir botanik mutaxassisligi fanining mavzusi - o‘simlik olami ekanligiga e’tiroz bildirmaydi. Har qanday lingvist o‘z fanining mavzusi - til ekanligini tasdiqlaydi. Bir faylasufning ta’rifi boshqasinikidan farq qilishi mumkin. Falsafaning ta’rifi shu qadar ko‘p va turli-tumanki, ko‘pchilikda «O‘zi bir fan to‘g‘risida gap ketyaptimikin yoki yo‘qmi?»2 degan savol tug‘ilishi mumkin.
Ba’zi falsafiy tizimlarda falsafa oliy bosh ibtido yoki birinchi sabab to‘g‘risidagi fan deb ta’riflanadi. Masalan, qadimgi Yunon faylasufi Arastu ta’limotida, u «barcha mavjudotning ibtidosi va sabablari to‘g‘risidagi fan» deyilgan bo‘lsa, o‘rta osiyolik mutafakkir Abu Ali Ibn Sino falsafani «mutlaq borliq to‘g‘risidagi oliy fan» deb ta’riflagan.
Ba’zi ta’limotlarda falsafa «to‘g‘ri fikrlash orqali erishilgan bilim» (T.Gobbs), umuman, «fanlarni ko‘rib muhokama qiluvchi» (G.V. Xegel) deb keng tasavvur qilinsa, boshqalarida tor ma’noda, masalan, «fikrning mantiqiy oydinlashuvi» (L.Vitgenshteyn) sifatida tushuniladi.
Umuman falsafani ifoda qilish mumkinmi? Nemis faylasufi G.V.Xegel (1770-1831) muayyan falsafa yagona jahon falsafasining - tarixiy bosqichlari, uni shakllanish onlari va bir butun rivojlanishining mohiyatidir, deb hisoblagan.
Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta’riflar: falsafa - bu dunyoqarash yoki boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir.
2. Dunyoqarash nima? Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrof muhitga, boshqa odamlarga, o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatini belgilovchi savollar ko‘ndalang turadi. Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch kelamiz. Bizni o‘rab turgan dunyo nimadan tashkil topgan? Uni bilib bo‘ladimi va agar bilish mumkin bo‘lsa, qay darajada? Insonni o‘zi nima? U qanday bo‘lishi kerak? O‘limdan so‘ng bizni nima kutadi? Dunyoni nima boshqaradi? Dunyoda yovuzlik muqarrarmi? Inson dunyoni o‘zgartira oladimi?
Mana shunday savollarga javoblardan inson dunyoqarashi shakllanadi. Dunyoqarash - bu insonni o‘rab turgan dunyo va uning unda tutgan o‘rniga nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» (sub’ekt dunyosi) va «Men - emas» (sub’ektga nisbatan tashqarida bo‘lgan dunyo) o‘rtasidagi munosabatdir. Dunyoqarash dunyo to‘g‘risidagi umumiy g‘oyalar, qarashlar, insonning dunyoda tutgan o‘rni, hayotiy yo‘nalishi, ishonch e’tiqodi, ideali, bilim tamoyillari, o‘zi va boshqalarning hayotdagi o‘rnini belgilab olishi, inson mohiyatini, o‘zligini anglashi haqidagi qarashlar tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |