Yangi mavzuni bayoniOdamlarning turmush sharoiti o’zgarishi bilan ularning moddiy olam haqidagi tasavvurlari, nuqtayi nazari, tushunchalari, odob va axloq normalari, hatto tafakkur tarsi ham o’zgarishi mumkin. Ma’naviy sog’lom jamiyatda bunday o’zgarish kishilarning umumiy manfaatlari asosida, turmushni yanada go’zallashtirish va qulaylashtirish maqsadida ro’y beradi. Insonning normal turmush kechirishi ham moddiy, ham ma’naviy ta’minotning bekam-u ko’st bo’lishi, hayotning bu ikki manbasiga e’tibor teng qaratilishi bilan chambarchas bog’liqdir.Mustaqillik yillarida mamlakatimizni ham iqtisodiy, ham madaniy-ma’rifiy jihatdan birdek qudratli davlatga aylantirish yo’lida ulkan sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy imkoniyatlarimizning ortishi xalqimizning to’q va farovon hayot kechirishi, maishiy va madaniy turmush darajasining yuksalishi garovi bo’layapti. Nafaqat shaxarlarimiz, balki qishloqlarimiz, olis punktlarida ham bir-biridan muhtasham maktab va kollejlar, madaniyat dargolari, shifoxonalar, aholiga maishiy hizmat ko’rsatish va savdo shahobchalari qad rostlayotgani, tep-tekkis asfalt yo’llar, shinam uy-joylar, bog’ va hiyobonlar bunyod etilayotgani mana shu yuksalishning amaldagi tasdig’idir. Ota-onalar oila harajatlaridan orttirib, farzandlarining ilg’or fan yutuqlarini, zarur kasb-hunarni egallashi, milliy va jahon madaniyatining noyob namunalaridan bahramand bo’lishi uchun mablag’ sarflashni ham o’zining tarbiyachilik vazifasi, deb anglamoqdalar. Afsuski, bugungi kunida dunyoning turli burchaklarida shunday “ishbilarmon” to'dalar, guruhlar, markazlar paydo bo'lgamki, ular o'sha mash'um savdoni boshqacharoq – “madaniylashgan” shakl-u shamoyilda qayta tashkil qilish.ga tushganlar. Bu kirdikor egalarining qarmog'i – to'riga esa ko'proq hali yaxshi-yomonning, do'st-u dushmanning farqiga bormaydigan yoshlar, hatto, sizning tengdoshlaringdz bo'lgan o'spirinlar ilinib qolmoqda. Dunyoning u yoki bu mamlakatida ozgina mehnat qilib mo'may daromad topish, bu daromad evaziga esa mazza qilib hayot kechirish mumkinligi to'g'risidagi cho'pchaklarni turli maqomda takrorlaydigan bunday guruhlar bizning yurtimizga ham suqilib kirishga tun-u kun harakat qilishyapti. Eng xatarlisi – shunday kimsalar bilan osh-qatiq bo'lishga rozi bo'layotgan, ularning jinoyatkorona rejalarini amalga oshirishiga yordam berayotganlar ham, oz bo'lsa-da, topilib turibdi. Bu kimsalar hali mahallasidan, qishlog'idan boshqa joyni ko'rmagan, hayot tajribasi yo'q, g'o'r yoshlarni turli va'dalar bilan aldab xorijga olib chiqib ketish, o'sha yoqlarda boshqa tuban guruhlarga sotib yuborishdek yovuz jinoyatni amalga oshirmoqda.
Ular, masalan, o'g'il bolalarga “falon davlatda qurilish yoki savdo sohasida ish bor, joningni qiynamay oyiga falon dollardan daromad topasan”, qiz bolalarga bo'lsa, «falon mamlakatda mehmonxona xodimlariga, restoranlarida ofitsiantlarga talab katta, maoshdan tashqari kunlik topgan choiychaqangning o'zi uyga bir qop pul bilan qaytishingni kafolatlaydi» qabilidagi aldovlarni aytib, ularni o'zlariga ipsiz bog'lab olishga urinishadi. Bir amallab yoshlar ishonchiga kirgan bu firibgarlar ularning pasportini go'yo “samolyot yoxud poyezdga bilet olish, boradigan marnlakatida mehmonxona rasmiylashtirish uchun” olib qo'yishadida, bo'lg'usi qurbonlarini xorijga olib chiqib olishgach, pasportsiz endi hech qayoqqa bora olmasligini bilib, hujjatni qaytib bermaydi. Bunday aldovga uchgan aksariyat yoshlar esa o'sha jannat va'da qilingan xorijda timni izga solaman degan, qo'lidan ish keladigan har bir insonga, uquvli mutaxassisga, albatta, ish topiladi. Hamma gap odamning biror kasb-hunarni astoydil egallab, o'sha sohaning ustasiga aylanishida, sabr-bardosh bilan halol va fidokorona mehnat qilishga bo'yni yor berishida qolgan. Bunday insonlar korxona va muassasalar tomonidan ishga sidqidildan taklif etiladi, mehnatiga yarasha ham moddiy, ham ma'naviy rag'batlantiriladi.
Odam savdosidek og'ir jinoyatning oldini olish, yurtimiz fuqarolarini birinchi navbatda yoshlarimiz hayoti va taqdirini bu xurajlardan muhofaza qilish borasida O'zbekistonda jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2008-yilning 8-iyulida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur masalaga bag'ishlangan Qarori, 2008-yil 17-aprelda “Odam savdosiga qarshi kurash to'g'ri-sida”gi Qonun qabul qilindi. Bugungi kunda mamlakatimiz huquqni muhofaza qiluvchi organlari, ta'lim-tarbiya muassasalari, ko'plab jamoat tashkilotlari kuchlarini o'zaro birlashtirib, bu o'ta xavfli xurujga qarshi samarali kurash olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |