Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari
Bola psixik rivojlanishi va organizm yetilishining biologik omillari rivojlanishning endogen ,biogenetik konsepsiyasi tarafdorlarj rivojlanishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi – subekt deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, intellekt, shaxsning amoral xislatlari va boshqalarni genetik dasturlashtirilgan bo`ladi.
Biogenetik konsepsiyaning yuzaga kelish yo'lida birinchi qadam Ch.Darvinning rivojlanish — genezis (muayyan qonunga bo'ysunishi) haqidagi nazariyasi boldi. Kelgusida har qanday yirik psixologik konsepsiya hamisha bolalar rivojlanishining qominlarini izlash bilan bogliq bo‘ldi.
Nemis olimi E.Gekkel (1834-1919) va nemis fiziologi L.Myuller (1801—1858) hayvon va inson ona qornidalik vaqtida filogenezning ushbu turida o'tadigan bosqichlarni qisqacha takrorlaydi, degan biogenetik qonunni ta’rifladilar. Bu jarayon bolaning ontigenez rivojlanish jarayoniga o'tkazilgan.
Mashhur rus fiziologi I.P.Pavlov (1849—1936) asosida shartli reflekslar yotadigan xulq-atvorning egallangan shakllari mavjudligini isbotladi. Bu insonning rivojlanishi instinkt va o‘rganishning namoyon bo'lishiga olib kelishi to‘g‘risidagi nuqtayi nazarni dunyoga keltirdi.
Nemis psixologi V.Keler (188-1967) odamsimon maymunlarda tajriba o'tkazib, ularda intellekt mavjudligini kashf qildi. Bu fakt psixika o‘z rivojlanishida uchta bosqichni o‘tashi haqidagi nazariya asosini tashkil etdi. Bular:
1) instinkt;
2) o'rgatilish;
3) intellekt.
S.Xollning sogirdi mashhur amerikaiik psixolog A.Gezell bolalarni tug‘ilgandan o‘smirlik yoshigacha psixik rivojlanishini longityud metodi orqali o‘rgangan. Gezellni bola xulqi yosh o‘tgan sari qanday o‘zgarishi qiziqtirgan, u bolani harakat ko‘nikmalaridan boshlab mashg‘uiotlardagi talablarini intellektual qiziqishlarini ham inobatga olgan holda psixik faollikni aniq shakllarini yuzaga kelishini namunaviy vaqtinchalik grafigini tuzishni xohlagan. Gezell o‘zining tadqiqot metodini biografik-laboratoriyaviy deb atagan. U tomonidan tashkil etilgan markazda, laboratoriyada motorikani, nutqni, bolalami ijtimoiy hamkorligini obyektiv ro‘yxatga olish uchun maxsus apparatura qo‘llanilgan: bir tomonlama ko‘rinadigan oyna ishlatilgan (gezell oynasi). U kuzatuv sharoitlarini bola hayotining tabiiy sharoitlariga yaqinlashtirishga harakat qilgan. Maxsus jihozlangan eksperimental xonada bolaga mashg‘ulotlar turini tanlash imkoni berilgan — qum yoki suv bilan o‘ynash, taom tayyorlash harakatli o‘yinlar (bir o‘zi yoki boshqa bolalar bilan). Diagnost va maslahatchilar faqatgina ota-onalarning ma’lumotiga tayanmasdan, bola xulqini xarakterli usullarini kuzatishlari mumkin edi.
Shuningdek, Gezell egizaklar rivojlanishini o‘rganishda taqqoslash metodini qo‘llagan, norma va patalogiyadagi rivojlanishni (masalan, ko‘r bolalarda) o‘rgangan. Natijada u chaqaloqning 3200 nafaridan iborat tuzilgan atlasni yaratdi, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanish fenomenologiyasi to‘liq yoritilgan motorika, xulq-atvor nutqqa nisbatan rivojlanish normalarining ko‘rsatkichlari ajratib olingan. Gezellning testlar tizimi normativ yondashuv doirasida bola psixik rivojlanishining amaliy diagnostikasini tuzdi.
Gezellning yetilish nazariyasiga asosan, optimal rivojlanishda tug‘ma tendensiya mavjud. Ijtimoiy rivojlanish harakat va psixik rivojlanish ma’lum ketma-ketlikda bir qator yosh bosqichlarini o‘tadilar. Gezell aniqlagan bosqichlar rivojlanish tempi harakatlar o‘sishi miqdori bilan farqlanadi. Gezell shakllantirgan rivojlanishning umumiy qonuniyatiga ko‘ra, psixik rivojlanish tempi yuqori va yutuqlar ham ancha ahamiyatli hayotning birinchi davrlarida ulg‘aygan sari rivojlnnish tezligi susayadi. Gezellning yosh rivojlanishini davrlashtirishi bolalikni rivojlanish davrlariga o‘sishning ichki tempi n i o‘zgarish mezoni bo‘yicha talab etadi. Tug‘ilgandan 1 yoshgacha xulqning eng yuqori o‘sishi, 1 yoshdan 3 yoshgacha o‘rta, 3 yoshdan 18 yoshgacha rivojlanishning past tempi hisoblanadi. A. Gezellning ilmiy qiziqishlari markazida aynan ilk bolalik uch yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘lgan. Gezell bolaning rivojlanishini, organizmning yetilishini biologik omillariga asoslangan muhitga moslashish shakli sifatida ko‘radi.
Gezellning pozitsiyasini tanqid qilib, L.S.Vigotskiy uni «ultrabiologizm» va «empirik evolutsionizm» deb atagan.
Ko‘zga ko‘ringan avstriyalik psixolog K.Byuler bir muddat Vyursburg maktabi doirasida ishlagan bo‘lib, o'zining bolani psixik rivojlanish konsepsiyasini tuzdi. U rivojlanishning butun yo‘lini maymundan to katta yoshli madaniyatli odamgacha ko'rsatishga harakat qilgan. Byuler bo'yicha tadqiqot vazifasi rivojlanishda doimiy asosiy tashqi ta’sirlarga bog‘liq bo'lmagan qonuniyatlarni sof holda topish edi. Byulerning fikricha, bolalik rivojlanishining birinchi yillarini o'rganish uchun eksperimentning mos shakli zoopsixologiya sohasidan olinishi mumkin. K.Byuler bola rivojlanishidagi uch bosqich nazariyasi muallifi sifatida mashhur. Har bir bola o‘z rivojlanishida hayvonlar harakatlari shakli evolutsiyasi bosqichlariga mos bosqichlarni bosib o‘tadi, instinkt, o'rgatish, intellekt. U biologik omillarni asosiy deb ko‘rsatib o'tadi. Byuler bolalikdagi rivojlanishni biologik jihatdan asoslanganligini qobiliyatlarni nasliyligini ta’kidlagan, lekin mashqlarsiz tabiiy qobiliyatlar to‘liq ochilmasligini aytib o'tgan.
Instinkt rivojlanishning quyi darajasi. Bolada tayyor instinktlar to'plami - baqirish, so'rish, yutish, himoya refleksi kabilar mavjud boladi.
0 ‘rgatish turli hayotiy vaziyatlarga moslashish imkonini beradi, maqtov va jazolashlarga yoki ornad va omadsizliklarga tayanadi. Byuler bo'yicha bolalar o‘yini hayvonlardagi o'yinning tabiiy davomi shu bosqichda yuzaga keladi.
Rivojlanishning bir bosqichidan boshqasiga o'tishda emotsiyalar ham rivojlanadi. Shunga ko‘ra, faoliyatning yakunidan boshigacha rohatlanishning almashinishi sodir bo'ladi. Harakat va emotsiyani evolutsion erta taqqoslanishi quyidagicha avval harakat, so'ng uning natijasida rohatlanish. So'ngra harakatdan funksional qoniqish bilan kechadi, ya’ni jarayonni o'zidan qonlqish va nihoyat qoniqish tasavuri harakatning o'ziga o‘tadi. Byuler uchun asosiysi tafakkurning psixik rivojlanishda ijodkorllk rolini o‘rganish edi. Shunday qilib, u bolada nutqni uni yaralsli kattalar bilan muloqot jarayonida bola tomonidan o‘ylab topilshi sifatida rivojlanish nazariyasini taklif qildi.
Amerikalik psixolog va sotsiolog Dj.Bolduin o‘zining davrida nafaqat bilish, balki emotsional va shaxsiy rivojlanishlarni o‘rganishga undagan. Ijtimoiy muhit tug‘ma qobiliyatlar bilan bir qatorda uning tomonidan rivojlanishning muhim omili sifatida kiritilgan, chunki odamni normalari qadriyatlari va o‘ziga bo‘lgan bahosi tizimli jamiyat ichida sodir bo‘ladi. Bolduin birinchilardan bo‘lib, o‘yinning ijtimoiy rolini keltirib o‘tdi va uni ijtimoiylashuv vositasi sifatida ko‘rgan. U odamni murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimidagi hayotga tayyorlashni keltirib o‘tadi.
Bolduin bolalaming bilimi rivojlanish konsepsiyasiga asoslanadi. Uning ta’kidlashicha, bilishning rivojlanishi tug‘ma harakatlar reflekslarini rivojlanishi bilan boshlanuvchi bir necha bosqichlami o‘z ichiga oladi. So'ngra nutqning rivojlanish bosqichi va bu jarayonni mantiqiy tafakkur bosqichi yakunlaydi. Bolduin tafakkur rivojlanishini maxsus mexanizmlarini ajratgan assimilyatsiya (muhit ta’sirini interorizatsiyasi). Bolduinning nazariyasini bu holatlari J.Piajening qarashlariga ta’sir etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |