Xossalari. Ftor och-sarg‘ish, о‘tkirxidligaz. Erkinholatda ftor mollekulalaridan iborat bо‘ladi. Past temperaturada monoklinik panjara hosil qilib kristallanadi, yuqori temperaturada kubsimon panjara R - F2 modifikatsiyasiga aylanadi. Ftor suvda yaxshi eriydi, vodorod bilan juda shidsatli reaksiyaga kirishadi.
F2 + H2O HF + Q F2 + H2 2HF + Q
Ftor inert gazlardan tashqari kо‘pgina kukun holatidagi metallar bilan va S, Si, R, S kabi metall masl ar bilan qizdirilganda reaksiyaga kirishib ftoridlar hosil qiladi. Kislorod va azot bilan bevosita birikmaydi. Qо‘rgoshin, nikel va mis metallari va ularning qotishmalari ftor atmosferasida qizdirilganda, sirti barqaror ftorid pardasi bilan qoplanadi. Ftor kupgina oksidlar, gidroksidlar va ularning tuzlari, uglerodlar va suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Xlor och-sarg‘ish tusli о‘tkir hidga ega bо‘lgan gaz. Xlor suvda CC14, TiCl4, SiCl4 larda eriydi. Xlorda d - orbitallari mavjud bulgani uchun uning oksidlanish darajasi -1 dan +7 gacha о‘zgaradi. Xlor kuchli oksidlovchi bо‘lgani uchun kupgina metallar va metalloidlar bilan reaksiyaga kirishadi. Vodorod xlor atmosferasida yoruglik ta’sirida shidsatli yonishi natijasida oq tusli vodorod xlorid gazi hosilkiladi.
Brom - tо‘q-qizg‘ish-qoramtir tusli suyuqlik, buglari о‘tkir hidli, tо‘q-sarg‘ish rangli, bо‘g‘uvchi gaz. Bromning elektronga moyilligi xlornikidan kichik. Shuning uchun brom xlorga qaraganda sustroq reaksiyaga kirishadi.
Yod - qoramtir binafsha rangli, metallsimon yaltiroq, rombik kristall panjaraga ega bо‘lgan modda. Qizdirilganda tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri buglanadi. Bug holatda yod ikki atomli molekuladan iborat. Yod suvda yomon eriydi, CS2, CC14 larga о‘xshash qutblanmagan erituvchilarda yaxshi erib, binafsha rangli eritmalar hosil qiladi. Tо‘yinmagan uglevodorodlarda, suyuq SO2 spirt va ketonlarda yod erib jigarrang tusli eritmalar hosil qiladi. Yod odsiy sharoitda fgor bilan, qiz-dirilganda vodorod, kremniy, oltingugurt va boshqa kо‘pgina metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Yod nam ta’sirida kо‘pgina metallar bilan birikib yodidlar hosil qiladi. Yodning suvdagi eritmasi boshqa galogenlar bilan birikadi. Yodning oksidlovchi xossasi xlor va bromnikiga qaraganda kuchsizroq namoyon bо‘ladi:
Br2+ SO2 + 2H2O2HBr + H2SO4
H2S+J22HJ + S
Astat- о‘z xossalari bilanbirmunchayodgaо‘xshash, lekin radioaktivmetallxossasiga ham ega. Odatdagi sharoitda о‘z-о‘zidan bug‘lanadi.
Astat organik erituvchilarda yaxshi eriydi, uning oksidlanish darajasi -1 dan +7 gacha о‘zgaradi. Bu elementlarda gruppa bо‘yicha F - C1 - Br - J - At qatorida chapdan о‘ngga tomon elektronga moyillik kamaygani uchun, molekulalarining elektrod potensiallari ham kamayadi, lekin qaytaruvchi xossalari kuchayib boradi. Bu elementlarni termik barqarorligi ftordan xlor molekulalariga о‘tgan sari ortib boradi, keyin xlordan yod molekulasi tomon sekin-asta kamayib boradi. Chunki xlordan yodga tomon atom radiuslari ortib borgani uchun, atomlar bir-biri bilan kuchsizroq kimyoviy boglanish hosil qiladi. Ftordan xlor molekulasi tomon mustahkam kimyoviy boglanish hosil bо‘lishiga sabab, ftor molekulasi faqatgina valent elektronlar jufti hisobiga hosil bо‘lsa, xlor, brom va yod molekulalarida esa bu elektron juftdan tashqari donor akseptor bog‘lanish ham mavjud bо‘ladi. Bunga sabab, ftor atomida bо‘sh d - orbitallari mavjud emas, xlor, brom va yod atomlarida esa bо‘sh d-orbitallari mavjud.
Xlor, brom va yod elementlari ishqor eritmalarida disproporsiyalanish xossasini namoyon qiladi:
2F2 + 2NaOH2NaF + OF2 + H2O
3J2 + 6KOH 5KJ + KJO3 + 3H2O
Do'stlaringiz bilan baham: |