V2S sektoridagi virtual savdo maydonchalari.
Bugungi kunda V2S sektoridagi virtual savdo maydonchalarining quyidagi turlari mavjud:
WEB - vitrinalar;
Elektron dо’konlar;
Elektron savdo qatorlari;
Savdo - Internet - tizimlari;
Auksionlar (kim oshdi savdolari).
Bu savdo maydonchalarining Rossiya bozorlaridagi asosiy xususiyatlarini kо’rib chiqamiz:
WEB - vitrinalar – bu aytarli katta bо’lmagan WEB bо’limlaridir. Odatda ular kichik biznes - kompaniyalariga tegishlidir. Bu saytlardagi savdo hajmi odatda uncha katta bо’lmaydi va bir kunda bir nechtadan to о’ntagacha bо’lgan savdo ishlarini amalga oshiradi.
WEB - vitrinalarning asosiy komponenti tovarlar va xizmat turlari qayd etilgan kataloglar (prays - list) hamda xaridorlardan buyurtma tо’plash tizimidir. Saytda tо’planadigan barcha buyurtmalar sotuvchilar kompaniyasining elektron pochta manziliga yuboriladi. Sо’ngra sotuvchi ularni odatiy biznes - tadbirlarida kо’rib chiqadi. "WEB - vitrinalar shunisi bilan ajralib turadiki, ular Internet -savdoda rivojlangan boshqaruv tizimiga ega emas. Biroq vitrinalarni tashkil etish yuzasidan mavjud qarorlar WEB - katalogga EXSEL -jadvallar va elektron pochtalardangina foydalangan holda osonlikcha о’zgartirishlar kiritish imkonini beradi. Natijada bu ish maxsus tayyorgarlik talab qilmaydi va buni menejer WEB -dizayner va programmist yordamisiz ham bajarish mumkin, Shu tufayli bu kabi tizimlar ishlab chiqarish va ekspluatatsiyada arzon tushadi. WEB - vitrina tashkil etishning hozirgi narxi 99-200 $, uni kuzatib borish esa oyiga 50 $ dan tо’g’ri keladi.
Elektron dо’konlar – bu kichik va о’rta biznes kompaniyalarining savdo saytlaridir. Ular WEB - vitrinalarga nisbatan kattaroq hajmdagi savdoga mо’ljallangan va shunga yarasha nisbatan murakkabroq tizimga ega.
Internet- dо’kon 3 qismdan iborat:
1 virtual savdo zali: u о’zida vitrina, katalog, tovarlar rо’yxati, buyurtmani hujjatlashtirish tizimi, dо’kon va savdo kompaniyasi haqidagi ma‘lumotlar va
boshqalarni mujassamlashtiradi.
2 virtual bloki-Internet dо’konning menejerlar ishlaydigan qismi. Shu blok orqali Internet -dо’konni boshqarish amalga oshiriladi, ya‘ni ma‘lumotlar bazasidan eski tovarlarni о’chirib tashlash yoki bazaga yangi tovarlar haqidagi ma‘lumotni kiritish, tovarlar katalogini konfiguratsiyalash, narxini belgilash, tovar narxini chegirish, dilerlar yoki doimiy xaridorlar uchun turli diskant sxemalar, shuningdek Internet -dо’kon ombori holati nazorat qilib turiladi. Undan tashqari, menejer interfeys boshqaruvi orqali Internet - dо’kon omborini tо’ldirish uchun yangi tovarlar olishga buyruq berish, tovarlar va xaridorlar haqidagi turli statistik ma‘lumotlar olish imkoniyatiga ega bо’ladi.
3 ma‘lumotlar bazasi-tovarlar, buyurtmalar, xaridorlar haqidagi barcha ma‘lumotlar tо’planadigan omboridir. Shuningdek, unda Internet - dо’konning hamma yо’nalishlari, buyurtmalarini olish - sotishni tashkil qiluvchi biznes qoidalarning barcha turlari mavjud.
Internet - dо’konlar barcha savdo - sxemalaridan foydalanishi mumkin:
tо’g’ridan -tо’g’ri ombordan savdo qilish; buyurtmalar qabul qilish; tashkilotlar va alohida shaxslar bilan savdo qilish; xizmat turlari, ma‘lumotlar bilan savdo qilish va h.k.
elektron dо’konlarning narxi uning xususiyatlari, tashkil etilishi va kuzatib borilishiga qarab, WEB - vitrina bahosidan bir-ikki pog’ona yuqori bо’lishi mumkin;
elektron savdo qatorlari - WEB tarmoqlar, ya‘ni ularda birdaniga bir nechta WEB - vitrinalar, Internet dо’konlar joylashgan, xaridorlarga qulay bо’lishi uchun dо’kon va vitrinalar integratsiyalashgan kataloglar va interfeyslarga ega bо’lishi mumkin.
Savdo Internet tizimlari (SIT) – elektron hukumatning maxsus tizimlari bо’lib, yirik savdo kompaniyalari, korporatsiyalar, xoldinglar, ishlab chiqarish korxonalarining ta‘minot va mahsulotni sotish bо’limlari mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bu tizim Internet - dо’kondan о’zining avtomatlashtirilgan savdo tizimi bilan bevosita aloqasi, korxona resurslarini boshqara olishi va shu bilan kompaniyalarning tashkil topib bо’lgan biznes jarayoni qatoriga о’tgani bilan ajralib turadi.
Ishlab chiqaruvchi SIT tarkibidagi tizimlarni о’zining distribyutor va reseller tarmog’i orqali, distribyutor esa, о’zining dillerlik tarmog’i orqali boshqarishi mumkin.
Maxsuslashtirilgan SIT tarmoqlari korporatsiyalarni xom ashyo, materiallar va yordamchi materiallar bilan ta‘minlashni uzluksiz tashkil etish maqsadida yirik ishlab chiqarish korxonalari va korporatsiyalar, xoldinglar tomonidan katta talabga ega.
Auksion – WEB-sayt, bunda istagan talablar xohlagan tovarni о’zi belgilangan boshlang’ich narx orqali sotuvga qо’yishi mumkin. Belgilangan muddat tugagach, sotuvchi shu tovar uchun eng yuqori narx taklif etgan xaridor bilan bog’lanishi va an‘anaviy tarzdagi savdo - sotiq ishini amalga oshirishi mumkin.
Shunday qilib, muxtaram tinglovchi, biz bu bobda sizlarga bir nechta soddalashtirilgan, ammo Elektron hukumat haqida amalda qо’llash uchun imkon qadar yetarli ma‘lumot berdik.
“Elektron hukumat” tizimining G2G moduli
―Elektron hukumat tizimi, xususan, uning G2G moduli tо’g’risida sо’z yuritganda, barcha darajadagi davlat hokimiyati organlarining boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirish, bu organlarni aholi va biznes subyektlari bilan о’zaro munosabat funksiyalarini qо’llab-quvvatlovchi kompyuter tizimlarini yaratish tushuniladi. Agar idoralarda ushbu jarayonlar avtomatlashtirilmagan bо’lsa yoki elektron hujjat aylanishi mavjud bо’lmasa, davlatning ichki transaksiyalari amalga oshirilgan va qog’ozsiz ish yuritish rejimi joriy etilgan deb bо’lmaydi. Bu borada faqat alohida joriy qilingan amaliyotlar, masalan, elektron pochta orqali ma‘lumot jо’natib, qog’ozga chop etib, mansabdor shaxsga qо’l qо’ydirish jarayoni elektron hukumat tizimidan yiroqdir.
Axborot texnologiyalarini joriy etish va axborot resurslarini shakllantirishdan tashqari elektron hukumat normativ-huquqiy baza qabul qilishni ham talab etadi. Ya‘ni, hujjat elektron kо’rinishining qog’ozdagi kо’rinishi bilan huquqiy jihatdan teng kuchga ega ekanligi va u bilan asosiy bosh hujjat kо’rinishida ish yuritish mumkinligiga asos bо’la oladigan normativ-huquqiy hujjatlar zarur bо’ladi. Bularga ―Axborotlashtirish tо’g’risidagi, ―Elektron raqamli imzo tо’g’risidagi, ―Elektron tijorat tо’g’risidagi va ―Elektron hujjat aylanishi tо’g’risidagi qonunlarni misol qilish mumkin.
G2G moduli butun elektron hukumat tizimining asosini tashkil etib, bu modulsiz axborot kommunikatsiya texnologiyalarini davlat boshqaruvida joriy etib bо’lmaydi. Davlat boshqaruv organlarining korporativ tarmog’i bu modulning moddiy-texnik va axborot-kommunikatsion asosi sifatida xizmat qiladi. Davlat boshqaruv organlarining korporativ tarmog’i о’z ichida davlat muassasalari о’rtasida axborot almashinish, davlatning fuqarolar, biznes subyektlar, shuningdek, Internet global resurslari orqali boshqa tashqi foydalanuvchilar bilan aloqalarini ta‘minlaydi.
Munosabat va aloqalarning ushbu modul yordamida hal etiladigan asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
davlat boshqaruv organlari va davlat muassasalarining axborot massivlari, banklari va ma‘lumot bazalarini yagona tizimga integratsiyalash;
barcha davlat tuzilmalarini elektron hujjat aylanishiga о’tkazish va uni optimallashtirish;
davlat qarorlarini ishlab chiqishni, uzatish va ijrosini nazorat qilishni optimallashtirish;
hukumat resurslaridan foydalanish tezligini oshirish maqsadida yagona davlat portalini yaratish;
davlat xizmatchilari о’rtasida raqobat muhitini kuchaytirish va ularning malakasini oshirish.
Bundan tashqari, davlat boshqaruv organlarining korporativ tarmog’idagi Intranet tizimi о’z xususiyatlari bilan Internet tizimidan farq qilmagan holda, jamiyatni axborotlashtirishdagi asosiy dasturiy vositalardan hisoblanadi. Bu tizimdan foydalanishni о’rganish uchun davlat xizmatchisi qо’shimcha bilim olishi, malakasini oshirishi zarur.
Davlat biznes uchun - G2B moduli
G2B moduli, birinchi navbatda, iqtisodiyot sohasidagi davlat boshqaruvining amaldagi tizimini davlat va biznes tuzilmalarining umumiy ishi yо’lida – biznes subyektlaridan har birining, binobarin, mamlakatning ravnaq topishi uchun ularning tadrijiy о’zaro hamkorligining samarali mexanizmiga aylantirishdan iboratdir.
Munosabatlarning ushbu modulida kuyidagilar asosiy subyekt hisoblanadi: byudjet va soliqlarni tartibga solish, davlat organlari va tijorat tuzilmalarining о’zaro iqtisodiy hamkorligi, kreditlar, investitsiyalar va boshqa moliyaviy resurslarni boshqarish, tijorat faoliyatini litsenziyalash va boshqalar.
G2B moduli quyidagilarni ta‘minlashi lozim:
biznes tuzilmalari oldida turgan qog’ozbozlik va ma‘muriy tо’siqlarni bartaraf etish;
davlat boshqaruvining ortiqcha bо’g’inlarini qisqartirish, tartibga solish va hujjatlar aylanishining raqamli texnologiyalarini keng joriy etish yо’li bilan biznes jarayonlarini va tranzaksiyalarni tezlashtirish, soddalashtirish va arzonlashtirish;
qonunlar va bozor talablaridan kelib chiqib, resurslarni maqsadga yо’naltirib, erkin boshqarish.
Ushbu modul vazifalarini hal etish uchun biznes subyektlariga quyidagi xizmatlarni kо’rsatishni nazarda tutadi:
kompaniyalarni davlat rо’yxatidan о’tkazish va qayta rо’yxatdan о’tkazish;
vakolatli tashkilotlardan loyiha hujjatlariga ruxsatnomalar olish va ular bilan kelishish (ekologiya, qurilish, tabiiy resurslardan foydalanish);
litsenziyalar olish va ular muddatini uzaytirish;
yuridik maslahatlar, qonun hujjatlariga kiritilgan о’zgartirish-lar tо’g’risida о’z vaqtida va tо’liq axborot olish;
byudjetga (daromad, foyda, qо’shilgan qiymat, yо’l, yer soliqlari va boshqalar) va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy korporativ tо’lovlarni amalga oshirish; buxgalteriya, moliya, soliq va statistika hisobotlarini rasmiylash-tirish va boshqalar.
G2B xizmatlari turli ijtimoiy guruh vakillariga yо’naltirilgan bо’lib, bu xizmatlarning asosiy maqsadi davlat bilan bog’liq ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni optimal boshqarishdan iborat.
Davlat fuqarolar uchun - G2C moduli
Davlat boshqaruvining axborot-kommunikatsiya tizimlari bugungi kunda kо’plab mamlakatlar aholisi kundalik hayotiga tobora kengroq joriy etilmoqda. Davlat tomonidan xizmat kо’rsatishda bu xizmat qaysi muassasa tomonidan va qanday kо’rinishda bо’lishidan qat‘i nazar, eng asosiysi fuqarolarning idorama-idora sarson bо’lishlariga barham berishdan iborat. Bu xizmatlarga quyidagilarni nazarda tutmoq joiz:
soliq deklaratsiyalarini taqdim etish va shaxsiy tо’lovlar: daromad solig’i, mol-mulk solig’i va h.k.larni amalga oshirish;
ijtimoiy ta‘minot xizmatlaridan foydalanish, grantlar va qarzlar olish;
shaxsiy hujjatlar – pasport, haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish;
fuqarolarni doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bо’yicha rо’yxatdan о’tkazish, manzil о’zgarganligi tо’g’risida bildirishnoma berish;
shikoyat va arizalarni qabul qilish, yuridik masalahat berish xizmatlari;
ish izlash va mutaxassislarning kasb darajasini elektron test sinovidan о’tkazish bо’yicha mehnat birjalari xizmatlari;
sog’liqni saqlash tizimi xizmatlari (interaktiv maslahatlar, qabulga yozish va boshqalar);
oliy о’quv yurtlariga kirish test sinovlari, masofadan turib о’qitish usuli bilan davlat ta‘lim muassasalarida malaka oshirish va boshqalar;
daromadlar, dividendlar tо’g’risida axborot va maslahatlar olish;
kreditlar, imtiyozlar va litsenziyalarni online tizimida rasmiylashtirish;
turli badallar, kommunal xizmatlar haqini tо’lash va shularga о’xshash boshqa xizmatlar. Shuningdek, tarmoq resurslari orqali kо’rsatilayotgan kо’plab davlat xizmatlarining о’ziga xos moliyaviy asosini tashkil etuvchi elektron pullar aholiga kо’rsatilayotgan zamonaviy online xizmatlaridan biridir.
XULOSA
Elеktron biznesning paydo bo‘lishi biznes faoliyatini yurituvchilarga kеng miqyosdagi kommunikatsiya tеxnologiyalari, elеktron pochta, ma’lumotlarning elеktron almashinishi, elеktron to‘lov, intеrnеt, intranеtdan foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bulardan foydalanishning natijasida esa, buyurtmalar, hisob – kitob varaqalarini yozish va to‘lovlar to‘liq elеktron shaklga o‘tib bormoqda. Bu tizim ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lib, bugungi kunda kеng rivojlanmoqda va oldingi an’anaviy savdo jarayoni usullaridan kеtma – kеt voz kеchish boshlandi.
Elеktron biznes tizimlarini yaratishning asosini Web – tеxnologiyalari tashkil etmoqda. Global tarmoqda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan korxona, ishlab chiqarish kompaniyalari, firmalar o‘z saytiga ega bo‘lishlari shartdir.
Umuman olganda, elеktron biznes virtual savdo maydonchasi dеganda shunday joy tushuniladiki, u yerda sotuvchi va xaridor o‘rtasida shartnoma tuziladi va moliyaviy oldi – sotti amallari o‘tkaziladi.
Virtual savdo maydonchalari uch xil ko‘rinishda bo‘ladi: xaridor tomonidan tashkil etiladigan; sotuvchilar tomonidan tashkil etiladigan; uchinchi shaxs tomonidan tashkil etiladigan.
U yoki bu ko‘rinishdagi elеktron biznes savdo maydonchalarini tashkil etish odatda xaridor va sotuvchilarning shu sohadagi faoliyatiga ta’sir etish darajasi bilan bеlgilanadi.
Bugungi kunga kelib savdo shaxobchalari o‘rnini elеktron do‘konlar egallashi ko`zda tutilgan. Mahsulot saqlovchi omborxonalar barham topadi. Buyurtmachi talabi asosida mahsulot ishlab chiqarish kеng yo‘lga qo‘yiladi. Nafaqat mamlakatimiz aholisidan, balki chеt el fuqaro va tashkilotlaridan ishlab chiqarish korxonalari mahsulotlariga uzluksiz buyurtmalar kеlmoqda. Bu borada axborot – kommunikatsiya tizimining ahamiyati bеqiyos katta. Bank tizimining global axborot tarmog‘iga ulanishi to‘lovlarni naqd pulsiz elеktron usulda amalga oshirilishi qo‘l kеldi. Bu, o‘z navbatida, pul almashinuvi harakatini jadallashtirdi, jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratdi. Buning asosida elеktron biznes yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |