Darsning shiori: “ Tarixiy xotirasiz, kelajak yo’q”.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. ( 3 daqiqa)
Psixologik iqlim yaratish ( Salomlashish, sinf va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini baholash, sana, davomat, ob – havoni aniqlash)
Darsning mavzusi va maqsadini e’lon qilish.
Darsda o’zlashtirilayotgan bilim, ko’nikma va malakalarni e’lon qilish:
O’quvchilarni guruhga bo’lish. Guruhlarga “Amir Temur”, “Mirzo Ulug’bek” va “ Bobur” nomlarini berish.
Darsni oltin qoidalarni ishlab chiqish.
O’zoro hamkorlik.
Do’stlik.
Topqirlik.
Teskorlik.
Zukkolik.
Hamjihatlik.
Baholash mezonlari. “ Ofarin”, “ Barakalla”, “ Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar.
O’tigan darsni takrorlash ( 8 daqiqa)
Otilgan darsni takrorlash maqsadida :Aqliy hujum o’tkazamiz, bunda har uchala guruhga mantiqiy savol beriladi.
Kiyim – bu gazlama va matolarning odam tanasidagi qobiq tizimi bo’lib ,tanani iqlim ta’siridan saqlaydi va insonning o’ziga xos ba’zib xususiyatlarini namoyon qiladi.
1.Utilitar kiyim- amaliy, himoyaviy,ergonologik, gigiyeniki vazifalarni o’z ichiga oladi.
2.Ijtimoiy kiyim- regional, kasbiy marosimlarga oid ramziy vazifalarni o’z ichiga oladi.
3.Estetik kiyim- badiiy obrazli vazifa bilan aynan estetik vazifani o’z ichiga oladi.
Maishiy kiyimlarga ich kiyimlar, yengil kiyimlar, ustki kiyimlar, bosh kiyimlar va qo’lqoqlar kiradi.Kundalik kiyim, tantanali marosimlar kiyimi, uy kiyimi,sport kiyimlari, shuningdek, ish kiyimi,cho’milish kiyimlari kiradi.
Ich kiyim- bu bevosita odam badaniga kiyiladigan kiyimlardir, ya’ni, ich ko’ylaklar, maykalar, korset buyumlari,ostki yubkalar, tungi ko’ylaklar, chaqaloqlar kiyimlari,kalsonlar, pijamalar.
Yengil kiyimlarga ich kiyim va beldamcha turkumidagi kiyimlar ustidan kiriladiganlar:ko’laklar, bluzkalar, yubkalar, ko’ylak-kostumlar, jaketlar, erkak va ayollar ko’ylaklar,shimlar va hokazolar kiradi.
Ustki kiyimga pidjaklar, smokinglar, paltolar, yarim paltolar, po’stinlar, plashlar va kurtkalar kiradi.
Ishlab chiqarish kiyimi-xalq xo’jalagining turli sohalarida ishchi tanasini ifloslanishdan va ish jarayonidagi nomaqbul ta’sirlardan asraydigan korjomalardir.Ishlab chiqarish kiyimi maxsus, sanitariya varasmiy kiyimlarga bo’linadi.
Maxsus kiyim- ishlayotgasn kishini atrof-muhitning xavfliva zararli ta’siridan, masalan, namlikdan, radioaktiv moddalardan, kislotalardan, neft-moydan, changdan, organic eritovchilardan, issiqdan, zaharli kimyoviy moddalardan, ishqorlardan, elektr toki va hokazolardan muhofaza qilinadi. Maxsus kiyimlarga: kurtka, kombinzon, plash, paxtali kurtka- shimlar kiradi.
Sanitariya kiyimi – mehnat obyektlarida o’tishi bo’lgan zararli ta’sirlardan va ishlab chiqarishdagi umumiy ifloslanishdan asraydi. Sanitariya kiyimlariga oshpazlar: tibbiyot xodimlari, bolalar bog’chalari xodimlari, oziq – ovqat bilan savdo qiluvchi sotuvchilar va hokazolar kiyimlari kiradi.
So’ngra guruhlar to’plagan ballar aniqlanib ,”Zukovatli zukko” o’yini o’tkazila-di .Barcha guruhdan bir nafasda o’uvchilar chiqib, ”CHarxpalak”asbobidan olingan savolga javob beradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |