Mavzu: Ekstraksion qurilmalarda ekstraktorni hisoblash


Ko`p pog’onali ekstraksiya



Download 4,01 Mb.
bet7/21
Sana09.07.2022
Hajmi4,01 Mb.
#762093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Ekstraksion qurilmalarda ekstraktorni hisoblash

Ko`p pog’onali ekstraksiya ko`p seksiyali ekstraktorlarda o`tkaziladi. Bunday qurilmalarda fazalar yo`nalishi qarama-qarshi, o`zaro kesishgan yoki kombinastiyalashgan bo`lishi mumkin.
Јarama – qarshi yo`nalishli ekstraksiya jarayoni turli sxemalarda amalga oshirilishi mumkin (5.51a-rasm).
Ko`p pog’onali ekstraksiya qurilmalarida boshlang’ich eritma F va ekstragent E qurilmaning qarama-qarshi uchlaridan yuboriladi. Tarqaluvchi komponent konstentrastiyasi to`yinishga yaqin bo`lgan ekstrakt birinchi pog’onada xb konstentrastiyali F boshlang’ich eritma bilan o`zaro to`qnashuvda bo`ladi. Bu komponentli aralashma birinchi pog’onada ajratilganda so`ng, u1 = uox konstentrastiyali ekstrakt va x1 konstentrastiyali rafinat olinadi.
Tarkibi x1bo`lgan rafinat qurilmaning ikkinchi pog’onasida E3tarkibli ekstrakt bilan o`zaro ta’sirda bo`ladi. Ajratilgandan so`ng, R2 tarkibli rafinat va E2 ekstrakt hosil bo`ladi. Ekstraktorning n - pog’onasida konstentrastiyasi xn-1 bo`lgan Rn-1 rafinat yangi ub=un konstentrastiyali, ya’ni nolga yaqin ekstragent E bilan to`qnashishda bo`ladi. Јurilmadan chiqishda tozalangan eritma olinadi. Ko`p pog’onali ekstraksiya jarayoni u - x diagrammada ko`rsatilgan.
Ekstraksiya jarayonining moddiy balansi ushbu ko`rinishga ega:



(n-1) - seksiya uchun

Bundan, qarama-qarshi yo`nalishli jarayon ishchi chizig’ining tenglamasini keltirib chiqarish mumkin:



Ushbu tenglama og’ish burchagining tangensi bo’lib, to`g`ri chiziqni ifodalovchi tenglamadir:



Fazalar to`qnashish pog’onalarining soni A (xbuox) va V (xoxub) nuqtalari orasidagi pog’onalar soni bilan aniqlanadi.


Kinetik chiziq o’rni qurilmadagi gidrodinamik holat va ajratib olish koeffistienti bilan belgilanadi.
Ekstraksiya jarayonining tasviri 5.51v-rasmda keltirilgan.
Ekstraksiya qurilmasining birinchi seksiyasida boshlang’ich eritma F ikkinchi pog’onadan tushayotgan ekstrakt E2 bilan o`zaro to`qnashuvda bo`ladi. Natijada, uch fazali N1nuqtali aralashma hosil bo`ladi. Ushbu aralashma separatorda ajratilishi tufayli muvozanatda bo`lmagan tarkibli ekstrakt E1 va rafinat R1 lar olinadi.
Ikkinchi pog’onadagi rafinat R1 uchinchi pog’onadan tushayotgan ekstrakt E3 bilan o`zaro ta’sirda bo`lib, uch fazali N2 aralashma hosil qiladi. O’z navbatida u R2 va E2 ajraladi.
Fazalarni seksiyaga kirishi va chiqishidagi tarkiblariga oid ikki nuqtalarni FE, R1E2, R2E3va hokazo chiziqlar bilan birlashtirib, ularning kesilish nuqtasi R ni topamiz.
Ekstraktorning boshqa seksiyalarida ham xuddi shunday jarayonlar sodir bo`ladi. Natijada, boshlang’ich eritma qurilmaning oxirgi n - seksiyasidan xox, ekstragent esa - uox konstentrastiya bilan chiqadi.
Oqimlar yo`nalishi o`zaro kesishgan ekstraksiya jarayonida bir seksiyada davriy (5.52a-rasm) yoki bir necha seksiyada uzluksiz (5.52b-rasm) amalga oshirilishi mumkin. Ekstraksiyalash jarayoni uzluksiz bo’lganda boshlang’ich eritma F birinchi seksiyada ekstragent E bilan birga to`qnashuvda bo’ladi. Undan so’ng, ajratilish natijasida rafinat R1 va ekstrakt E1 lar hosil bo’ladi. Keyin, rafinat R1 ikkinchi seksiyaga o’tadi va u erda yana yangi ekstragent E bilan g’ayta ishlanadi. E1 va E2 ekstraktlar qurilmadan chig’ariladi, R2 tarkibli rafinat esa keyingi seksiyaga o’tadi va jarayon yana g’aytariladi. Natijada, zarur tarkibli rafinat Rn va o’zgaruvchan tarkibli E1, E2, ... En ekstrakt olinadi.



Uzluksiz, ko`p marotabalik ekstraksiyalash jarayoni 5.53-rasmda keltirilgan.
Boshlang’ich eritma va ekstranent aralashtirilishi natijasida uch fazali aralashma (N1 nuqta) hosil bo`ladi va u birinchi seksiyada rafinat R1 va ekstrakt E1 ga ajraladi. Ikkinchi seksiya R2 tarkibli rafinat yangi ekstragent E bilan aralashtiriladi. Uch fazali aralashma (R1E kesmadagi N2 nuqta) rafinat R2 va ekstrakt E2 larga ajraladi. So`ng, rafinat keyingi seksiyaga o`tadi.
Tozalangan, xox konstentrastiyali eritma qurilmaning oxirgi seksiyasidan chiqariladi va texnologik jarayonning keyingi bosg’ichiga uzatiladi. Ekstrakt esa, g’ayta tiklanadi yoki oqava suv sifatida utilizastiya qilinadi.
Јarama - qarshi yo`nalishli ko`p pog’onali ekstraksiya o`zaro kesishgan yo`nalishli jarayonga qaraganda ancha samarali. Chunki, qarama-qarshi yo`nalishli ekstraksiyalashda o`rtacha harakatga keltiruvchi kuch miqdori ko`proq bo`ladi.
Јurilmaning tepa va pastki qismlaridagi o`rtacha harakatga keltiruvchi kuch tenglashishi hisobiga eritma tarkibidan komponentni to`laroq ajratib olishga erishiladi. Undan tashqari, ekstrakstion modul qiymati kamayadi, lekin bir xil tozalash darajasiga erishish uchun kerakli pog’onalar soni ko`payadi.


Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish