Mavzu: Ehtiyot choralari


Ehtiyot chorasi sifatida qamoq va uy qamog‘i



Download 131,35 Kb.
bet2/7
Sana31.12.2021
Hajmi131,35 Kb.
#245157
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
EHTIYOT CHORALARI

Ehtiyot chorasi sifatida qamoq va uy qamog‘i

Qamoqqa olish xuddi ushlab turish kabi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasidagi shaxsning erkinligi, shaxsiy daxlsizlik huquqini cheklash bilan bog‘liq bo‘lgan eng jiddiy ehtiyot chorasi hisoblanadi.

Qamoqqa olishning aynan ana shu ehtiyot chorasiga xos bo‘lgan maqsadi –ayblanuvchilarni darhol jamiyatdan ajratishdir. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qonuniy va asoslangan bo‘lishi lozim. Shaxsni noqonuniy va asoslanmagan tarzda qamoqda saqlash inson huquqlarini jiddiy poymol etish hisoblanadi.

Prezidentimizning 2005-yil 8-avgustidagi «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida»gi Farmoni asosida 2008yilning 1-yanvaridan e’tiboran qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuratura organlaridan sudlar vakolatiga o‘tkazilganligi mamlakatimizda inson erkinligini to‘liq ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning natijasidir.

Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qo‘llanilishi mumkin.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi barcha protsessual majburlov choralari ichida eng jiddiy chora hisoblanadi. Qamoqqa olingan gumon qilinuvchi va ayblanuvchilar odatda tergov hibsxonalarida saqlanadi. Aynan gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarni jamiyatdan ajralgan holda qamoqda saqlash uchun maxsus muassasalarning mavjudligi bir qator moddiyhuquqiy va protsessual talablarning kelib chiqishiga asos bo‘lgan.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llashda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxs huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qoidalarga hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan qonuniylik, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish, aybsizlik prezumpsiyasi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanishi huquqi bilan ta’minlash prinsiplariga qat’iy rioya etilishi shart. Bundan tashqari, qamoqqa olingan shaxslar bilan bo‘ladigan munosabatlarda inson huquqlari himoyasini xalqaro doirada to‘la kafolatlaydigan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiya”si, shaxsning sud himoyasida bo‘lishini tartibga soluvchi “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Pakt, “Qiynoq va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy, insonning qadr-qimmatini kamsitadigan muomalaning barcha shakllariga barham to‘g‘risida”gi Konvensiya kabi hujjatlardagi qoidalar e’tiborga olinishi kerak.


Download 131,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish