Garov summasi eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan oz bo‘lishi mumkin emas.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan garov summasini belgilashda: ayblovning og‘irligi; ayblanuvchi, sudlanuvchi va garovga qo‘yuvchining shaxsi; garovga qo‘yuvchining mulkiy ahvoli; garovga qo‘yuvchining ayblanuvchi bilan munosabatlari e’tiborga olinadi.
Garovga qo‘yuvchi pul mablag‘i yoki boshqa qimmatliklarni dastlabki tergov organi yoxud sudning depozit hisob varag‘iga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilgandan keyin, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan garovni qabul qilish haqida bayonnoma tuziladi.
Sud esa ushbu ma’lumotlarni sud majlisi bayonnomasiga tegishlicha yozib qo‘yadi. Bayonnomada: uning kim tomonidan tuzilganligi (mansabi, unvoni, familiyasi, ismi, otasining ismi); jinoyat ishining tartib raqami; garov tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilayotgan ayblanuvchi, sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qaysi moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etishda ayblanayotganligi; garovning kim tomonidan qo‘yilayotganligi; ayblanuvchi, sudlanuvchiga ayblovning mohiyati, uning O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 46-moddasida ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlari, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo chorasi, o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda garovning davlat hisobiga o‘tkazilishi tushuntirilganligi; ayblanuvchining o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni to‘liq bajarishga roziligi; garovga qo‘yuvchiga ayblanuvchi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda garovga qo‘yilganlaridan mahrum bo‘lishi ma’lum qilinganligi; tergov organi yoki sudning depozit hisob varag‘iga o‘tkazilgan garov summasi qayd etiladi. Garov yuridik shaxs tomonidan qo‘yilgan hollarda esa, yuridik shaxsning (korxona, muassasa, tashkilot) nomi, uning manfaatlarini ifodalagan a’zosining familiyasi, ismi, otasining ismi bayonnomaga qayd etiladi. Bayonnoma ishtirokchilarga o‘qib eshittirilib, garovni qabul qilgan mansabdor shaxs, garovga qo‘yuvchi va ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan imzolanadi.
Garovni qabul qilish haqidagi bayonnoma ikki nusxada tuzilib, birinchisi jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yiladi, ikkinchisi esa garovga qo‘yuvchiga taqdim etiladi. Shu paytdan boshlab garov qabul qilingan, garovga qo‘yuvchi zimmasiga ayblanuvchi, sudlanuvchining chaqiruvga binoan hozir bo‘lishini ta’minlash majburiyati yuklatilgan hisoblanadi.
Garovni topshirish vaqtida garovga qo‘yuvchini ushbu ehtiyot chorasi tanlangan ishning, ya’ni sodir etilgan jinoyatning mohiyati, ayblanuvchi, sudlanuvchiga tayinlanishi mumkin bo‘lgan jazo va o‘zining javobgarligi, agar chaqiruvga binoan ayblanuvchi, sudlanuvchining hozir bo‘lishini ta’minlanmasa, garov summasi davlat foydasiga o‘tishi to‘g‘risida xabardor qilish lozim. Garovga qo‘yuvchi ayblanuvchi, sudlanuvchining xulqatvorini kuzatishga imkoni bo‘lmaganligini bahona qilishga haqli emas, u bartaraf etib bo‘lmaydigan vaziyatning ta’sirini isbotlab beradigan hollar bundan mustasno.
U o‘zining olgan majburiyatidan garovning davlat foydasiga o‘tib ketishi uchun sabab bo‘ladigan asoslar kelib chiqqunga qadar voz kechishi mumkin. Garovga qo‘yuvchi o‘ziga yuklatilgan majburiyatlardan voz kechgan hollarda ham garov boshqa ehtiyot chorasiga almashtiriladi. Garovga qo‘yuvchi o‘ziga yuklatilgan majburiyatlardan, masalan, boshqa joyga doimiy yashash uchun ko‘chib ketishi munosabati bilan voz kechishi mumkin. Garovga qo‘yuvchi o‘ziga yuklatilgan majburiyatlardan voz kechishning aniq sabablari ko‘rsatilgan ariza bilan garovni qabul qilgan mansabdor shaxsga murojaat qiladi.
Garovga qo‘yuvchining arizasi qanoatlantirilsa, ehtiyot chorasini o‘zgartirish uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli ro‘y bermayotgan bo‘lsa, shuningdek ish bo‘yicha ish yuritish tugatilgan hollarda yoxud sud hukmi kuchga kirishi munosabati bilan garovga qo‘yilgan pul mablag‘i yoki boshqa qimmatliklar garovga qo‘yuvchiga qaytariladi.
Ayblanuvchi, sudlanuvchi zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda, garov sud ajrimi bilan davlat foydasiga o‘tkaziladi va ayblanuvchi, sudlanuvchiga nisbatan garovdan jiddiyroq (masalan, qamoqqa olish) ehtiyot chorasi qo‘llaniladi.
Bunday hollarda garovga qo‘yuvchi o‘ziga yetkazilgan ziyonni garovda bo‘lgan shaxsdan undirib olishga haqli. Ushbu masalani sud fuqarolik ishlarni yuritish tartibida hal qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 249-moddasi xorijiy davlat Jinoyat-protsessual kodekslaridan ko‘p jihatdan farq qiladi.
Ana shu jihatdan quyidagi masalalar va muammolar alohida e’tiborga loyiq:
garov milliy qonunchilikka ko‘ra, faqat ayblanuvchi va sudlanuvchiga nisbatan qo‘llanishi mumkin. Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Estoniya va ba’zi davlatlar qonunchiligida bu chora gumon qilinuvchiga ham qo‘llanishi nazarda tutilgan.
barcha mamlakatlardagidek, milliy jinoyat-protsessual qonunchiligida ham o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishda gumon qilingan yoki ayblangan shaxs, kimligidan qat’i nazar, albatta sudgacha qamoqqa olinishi va hech bir holatda qamoqdan ozod qilinmasligi to‘g‘risida qoida belgilanmagan. Amaliyotda ba’zi jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan shaxsning xulq-atvorini e’tiborga olib qamoq chorasini qo‘llash zarurligi ta’kidlanganidek, qaysi toifadagi ayblanuvchilarni garov evaziga ozod qilish noo‘rin ekanligi ham shubhasiz o‘zini oqlagan, shunga ko‘ra garov tarzidagi ehtiyot chorasi ba’zi ayblanuvchilar toifasiga qo‘llanmasligi talab qilinadi, masalan:
shaxsi va doimiy istiqomat joyi aniq bo‘lmagan yoki jinoyat protsessini yurituvchi organdan yashirinishga uringan ayblanuvchiga; og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan shaxsga, agar uni qamoqdan ozod qilish ochiqdan-ochiq xatarli bo‘lsa; favqulodda og‘ir jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsga (MDH ishtirokchisi bo‘lgan davlatlarga tavsiya etilgan Jinoyat-protsessual kodeksi Modelining 176moddasi);
jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni to‘lamaganlarga (Belarus Jinoyat-protsessual kodeksining 124-moddasi, Moldova Jinoyatprotsessual kodeksining 124-moddasi);
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblanayotganlarga (Qirg‘iziston Jinoyat-protsessual kodeksining 109-moddasi, Qozog‘iston Jinoyatprotsessual kodeksining 148-moddasi), og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilingan yoki ayblanayotganlarga (Belarus Jinoyatprotsessual kodeksining 124-moddasi);
qasddan sodir etilgan, 25 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatda ayblanayotganlarga (Moldova
Jinoyat-protsessual kodeksining 192-moddasi);
Penitetsiar kodeksda ko‘rsatilgan 11 nafar jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotganlarga (Estoniya Jinoyat-protsessual kodeksining 135moddasi) bu insonparvar ehtiyot chorasi qo‘llanmasligi ta’kidlangan.
ko‘plab xorijiy davlat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksilarida shaxsni dastlabki tergov bosqichida garov evaziga qamalmasligi uchun prokurorning roziligi (Rossiya Federatsiyasi Jinoyatprotsessual kodeksining 106-moddasi, Qirg‘iziston Jinoyat-protsessual kodeksining 109-moddasi, Qozog‘iston Jinoyat-protsessual kodeksining 148-moddasi va boshqalar) yoxud sudning ruxsati (Moldova Jinoyatprotsessual kodeksining 192-moddasi, Estoniya Jinoyat-protsessual kodeksining 135-moddasi va boshqalar) talab qilinadi. O‘zbekiston va Belarus Jinoyat-protsessual kodeksilarida esa, shaxsni garovga berish masalasini tergovchi prokurordan rozilik olmay hal qiladi.
Jinoyat protsessining bu demokratiyalashtirish va erkinlashtirishga qaratilgan qoidasi aksariyat Jinoyat-protsessual kodekslarda aks ettirilgan (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 125-moddasi,
Belarus Jinoyat-protsessual kodeksining 143-moddasi, Qozog‘iston Jinoyat-protsessual kodeksining 109-110-moddalari, Qirg‘iziston Jinoyatprotsessual kodeksining 131-132-moddalari, Moldova Jinoyat-protsessual kodeksining 196-moddasi, Estoniya Jinoyat-protsessual kodeksining 136137-moddalari).
Ba’zi davlatlarning Jinoyat-protsessual kodekslarida garov predmeti faqat pul tarzida belgilangan (Estoniya Jinoyat-protsessual kodeksi 135moddasi, Moldova Jinoyat-protsessual kodeksi 192-moddasi.
XULOSA
Jinoyat-protsessual kodeksi 124-moddasi, Qirg‘iziston Jinoyat-protsessual kodeksi 109-moddasi), ba’zilarida qimmatli buyumlarni garovga olinishi, (Qozog‘iston Jinoyat-protsessual kodeksi 148-moddasi, Ukraina Jinoyatprotsessual kodeksi 1541-moddasi, Rossiya Federatsiyasi Jinoyatprotsessual kodeksi 106-moddasi), bir xillarida – hatto ko‘chmas mulk ham garovga qabul qilinishi (Ozarbayjon Jinoyat-protsessual kodeksi 164moddasi), bu holda prokurorning ruxsati zarurligi (Qozog‘iston Jinoyatprotsessual kodeksi 148-moddasi) nazarda tutiladi.
Ba’zi xorijiy mamlakatlarda garovga berilayotgan shaxslarni ular qanday jinoyat sodir etganlikda ayblanayotganini e’tiborga olib, differensiyalash va shu asnoda garov summasining minimal miqdorini belgilash Jinoyat-protsessual kodeksining o‘zida ko‘rsatilgan. Chunonchi, Qozog‘iston Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni sodir etishda ayblanayotganga oylik maosh ko‘rsatkichining 100 baravaridan, o‘rta daraja og‘ir bo‘lgan ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan jinoyatda ayblanayotganga – oylik maosh ko‘rsatkichining 300 baravaridan, o‘rta daraja og‘ir bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatda ayblanayotganga – oylik maosh ko‘rsatkichining 500 baravaridan, og‘ir jinoyatni sodir etishda ayblanayotganga – oylik maosh ko‘rsatkichining 1000 baravaridan kam bo‘lmasligi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |