Mavzu: ”Dunyo dinlari tarixi” fani maqsad va vazifalari Maqsad



Download 120,34 Kb.
bet17/27
Sana30.04.2022
Hajmi120,34 Kb.
#596785
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
9 sinf din tarxi konspekt

Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish.

Fan: Din tarixi 9- sinf


Mavzu: Xristianlik oqimlari
Maqsad:
Ta`limiy : O`quvchilarga Xristianlik oqimlari haqida tushuncha berish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni diniy ta`limotlarni taqqoslay olish, tahlil qilsh qobiliyatlarini rivojlantirish
Tarbiyaviy: o`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: Suhbat baxs-munozara
Dars jihozi: darslik, xarita, tarqatmalar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:

  1. Katolik cherkovi

  2. Pravoslav cherkovi

  3. Protestantlik


Xristianlikning eng katta yo‘nalishlaridan biri katolik cherkovidir. BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning oxirlarida katoliklarning soni 900 mln. kishini tashkil etgan. Katoliklar asosan G‘arbiy, Janubi-sharqiy va Markaziy Yevropada, Lotin Amerikasida keng yoyilgan. Afrika aholisining 1/3 qismi katoliklardir. Cherkov Shimoliy Amerikada kuchli ta’sirga ega bo‘lib, dunyoning boshqa mintaqalarida ham keng yoyilgan. Katolitsizm ta’limotining manbaini muqaddas bitiklar va rivoyatlar tashkil etadi. Bu ikki manba xristianlikda ahamiyati jihatidan teng hisoblansa-da, katolitsizmda boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, muqaddas rivoyatlardan kengroq foydalaniladi. Katolitsizmda «cherkov otalari»ning (patristika) ilohiyotga bag‘ishlangan asarlari, Jahon soborlari va Rim papasining rasmiy hujjatlari, qadimiy ibodat tajribalari muqaddas rivoyatlar sifatida qabul qilingan. Katolitsizm aqidalari va marosimlari pravoslaviyenikiga yaqin turadi. Unda pravoslaviyedagi kabi «e’tiqod ramzi»ning 12 aqidasi va 7 ta sirli marosimi tan olinadi. Lekin e’tiqod ramzi aqidalariga bir qator qo‘shimchalar kiritilgan. 589 yilda qabul qilingan filioka (lotinchadan so‘zma-so‘z tarjimasi o‘g‘ildan ham degan ma’noni anglatadi) aqidasiga binoan, xudo Muqaddas Ruh xudo Ota va xudo O‘g‘il (Iso)dan paydo bo‘lgan. Mazkur aqida katolitsizmda Isoning yerdagi noibi deb tan olingan Rim papasining hokimiyatini yanada mustahkamlaydi. Papa hokimiyati avliyolar va farishtalar hokimiyatidan ham yuqori qo‘yiladi. Shuningdek, katolitsizmda odam o‘lganidan keyin ruhi jannat va do‘zax oralig‘idagi a’rofga tushishi to‘g‘risidagi aqida mavjud. Unga ko‘ra, tirikligida gunohlari yuvilmagan, lekin «kechirilmas gunoh» sodir etmagan kishilarning ruhi a’rof olovida tozalanganidan keyin jannatga tushishi mumkin. Lekin bu murakkab jarayon, chunki ruhning a’rofdan chiqib ketishi uchun boshqa kishi o‘zining ortiqcha savobini berishi lozim. Shu bois cherkov savob ishlarning zaxirasini vujudga keltiradi.Xristianlikda, katolik cherkovi bilan bir vaqtda pravoslaviye yo‘nalishi vujudga kelgan. Pravoslaviye G‘arbiy Rim imperiyasidagidan keskin farq qiladigan ijtimoiy-siyosiy va madaniy muhitda rivojlangan. Vizantiyada markazlashgan davlat hokimiyatining kuchli boshqaruv tizimi G‘arbiy Rim imperiyasi qulaganidan keyin yana uzoq vaqt davomida saqlanib qolgan. Davlatga imperator rahbarlik qilgan. Imperator cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lib, unga Konstantinopol cherkovi ham bo‘ysungan. Cherkov davlat apparatining tarkibiy qismiga aylantirilgan va u imperiya manfaatlariga xizmat qilgan. Sharqiy Rim imperiyasi hududida qadimgi madaniy markazlarning mavjudligi Konstantinopol cherkovidan mustaqil cherkovlarning ajralib chiqishiga shart-sharoit yaratgan. III–IV asrlarda Sharqiy Rim imperiyasi hududida Konstantinopol cherkovidan tashqari, Aleksandriya (Misr), Antioxiya (Suriya), Iyerusalim (Isroil) kabi mustaqil cherkovlar paydo bo‘lgan va undagi bo‘linish jarayoni keyingi davrlarda ham davom etgan. Sharqiy Rim (Vizantiya)da mustaqil cherkovlarning mavjudligi bu yerda aslo diniy-siyosiy markaz yo‘qligini anglatmaydi. XI asrgacha Vizantiya imperiyasi Sharqning eng qudratli davlatlaridan biri bo‘lgan. Konstantinopol cherkovi imperiya hududidagi mustaqil cherkovlarni vaqtinchalik bo‘ysundirib, xristianlikning markaziga da’vogarlik qilib, Rim papasiga qarshi kurash olib borgan. Sharqiy cherkov rasman grek-kafolik cherkovi deb atalgan. «Cherkov» atamasiga «kafolik» so‘zining qo‘shib ishlatilishidan, uning o‘z e’tiqodini katolitsizm kabi jahon diniga aylantirishga intilganligini ko‘rishimiz mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, Sharqiy Rim imperiyasidagi vaziyat tamoman boshqacha bo‘lgan. Islom davlatlarining qattiq siquvi imperiyani siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaiflashtirgan. Birin-ketin unga bo‘ysundirilgan cherkovlar yana o‘z mustaqilligini tiklab olgan. Hozirgi davrda 15 ta avtokefal (grekcha – autos o‘zim, kephale – boshman, ya’ni mustaqil degan ma’nolarni anglatadi) pravoslav cherkovi mavjud. Bular – Konstantinopol (Turkiya), Aleksandriya (Misr), Antioxiya (Suriya, Livan), Iyerusalim (Isroil), Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexiya va Amerika cherkovlaridir. Avtokefal cherkovlar bilan birga avtonomiya maqomidagi Sinay, Fin va Yapon cherkovlari faoliyat olib bormoqda. XX asrning oxirlarida, Sharqiy Yevropadagi siyosiy jarayonlar sababli, avtokefal cherkovlarning soni yanada ortdi. Bu cherkovlar turli ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda faoliyat ko‘rsatadilar va zamonning dolzarb muammolariga turlicha munosabat bildiradilar. Pravoslaviye ko‘plab avtokefal cherkovlardan tashkil topgan bo‘lsa ham, Konstantinopol cherkovi uning markazi maqomini saqlab qoldi. Shunga binoan, Konstantinopol patriarxi rasman jahon pravoslaviye cherkovining boshlig‘i hisoblanadi. Xristianlikning katta yo‘nalishlaridan yana bittasi protestantizmdir (lotincha protestans – qarshi chiquvchi, norozi degan ma’nolarni anglatadi). U XVI–XVII asrlarda G‘arbiy Yevropadagi feodal tuzum va uning mafkuraviy tayanchi bo‘lgan reaksion katolitsizmga qarshi kuchli ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy va diniy harakatlarning boshlanishi sababli vujudga kelgan. Harakat ishtirokchilari katolik cherkovini yevangeliyalar g‘oyalaridan chekinishda ayblab, uni asl holatiga qaytarishni talab qilib chiqqanlar. Bu tarixda «reformatsiya harakati» (lotincha reformatio – o‘zgartirish, to‘g‘rilash kabi ma’nolarni anglatadi) deb ataladi. Reformatsiya harakati chuqur tarixiy ildizga ega. Harakat bosh-lanishidan oldingi davrlarda ham ruhoniylarning ma’naviy buzuqligi, o‘z vazifasini suiiste’mol qilishlari, dabdababozliklari, kishilarga befarqlik, tamagirlik va rasmiyatchilik kabi illatlari ilg‘or jamoatchilik vakillari tomonidan keskin tanqid qilingan. Jumladan, Oksford universiteting professori J. Viklif va Praga universitetining professori YA. Gusning chiqishlarini alohida qayd etish lozim. Germaniya va Shveysariya reformatsiyaning markazlari edi. Ushbu harakat keyinchalik G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlariga yoyilgan. Martin Lyuter (1483–1546), Tomas Myunser (1430–1525), J. Kalvin (1509–1564) reformatsiya harakatining tashkilotchilari va rahbarlari hisoblanganlar. O‘rta asrlarda katolik cherkovi asosiy boylik sanaluvchi yer may-donlarining katta qismiga egalik qilgan. Aholi daromadning o‘ndan bir qismini soliq shaklida cherkovga to‘lagan. Ruhoniylar tushumlarni ko‘paytirish maqsadida xizmat to‘lovlari miqdorini oshirib borish bilan birga mansabni suiiste’mol qilish, tamagirlik, poraxo‘rlik kabi vositalardan Reformatsiya harakati dastlab Germaniyada Martin Lyuterning Rim papasiga qarshi chiqishidan boshlangan. XVI asrda protestantizm yo‘nalishining asosiy oqimlari lyuteranlik, kalvinizm va anglikanlar cherkovi vujudga kelgan. Lekin yo‘nalish tarkibida oqimlarning shakllanish jarayoni hozirga qadar davom etmoqda. Ular qatoridagi baptistlar, metodistlar va pyatidesyatiniklar oqimlarini misol keltirish mumkin. Protestantizm yo‘nalishining turli oqimlardan tashkil topganligi ular o‘rtasida diniy ta’limot, aqida va marosimlarda umumiylik bormi, degan savol tug‘diradi. Protestantizm ta’limotida cherkov va rohiblarning xudo va odamlar o‘rtasidagi vositachilik vazifasi inkor qilinadi.

Download 120,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish