Mustahkamlash:
1. Xristianlik dini qayerda va qachon paydo bo’lgan?
2. Xristianlik dinini asoschisi kim?
3. Xristianlik dinini asosi qanday?
Dars yakuni: baholarni e’lon qilish
Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish.
Fan: Din tarixi 9- sinf
Mavzu: Xristianlikning bo`linishi.
Maqsad:
Ta`limiy : o`quvchilarga xristianlik dinining ta`limoti , bo`linish sabablari haqida tushuncha berish
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni diniy ta`limotlarni taqqoslay olish, tahlil qilsh qobiliyatlarini rivojlantirish
Tarbiyaviy: o`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: og`zaki, savol-javob
Dars jihozi: darslik, xarita, tarqatmalar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
Xristianlikning bo`linishi
Pravoslavlik
Katoliklik haqida
395-yil Rim imperiyasi 2 ga G`arbiy va Sharqiy Rim imperiyasigabo`linib ketdi. 476-yilda G`arbiy Rim imperiyasi butunlay qulagan. Uning xarobalari o`rnida qator mustaqil davlatlar qaror topgan. Vizantiyada esa imperatorlik hokimiyati saqlanib qolgan. Shu tariqa , sobiq yagona Rim imperiyasining g`arbiy va sharqiy qismlari V asrning 2-yarmidan boshlab turli tarqqiyot yo`lini boshdan kechirgan. G`arbiy Rim imperiyasida tashkil topgan mustaqil davlatlar mustahkam emas edi. Bu holat G`arbiy Rim cherkovining davlat ijtimoiy hayotidagi mavqeini kuchaytirib yuborgan. Rim cherkovining nufuzi haddan tashqari o`sib brogan. Keyinchalik, u Rim papasi deb atala boshlangan.
Rim cherkovi istalgan odamni, butun bir viloyatni va hatto butun bir davlatni cherkovdan rad eta olardi. Bunday hol ro`y berganida o`sha viloyat yokidavlatdagi ibodatxonalar bekitilgan. Tug`ilgan chaqaloqlarga ism berilmagan. Vafot etganlar dafn etilmagan. Natijada, viloyat hokimlari yoki davlat hukmdori Rim papasiga tavba qilib kelgan.
Sharqiy imperiya – Vizantiyada esa cherkob\vning ahvoli mutlaqo boshqacha edi. Vizantiya cherkovi Rim cherkovi kabi hokimiyatga ega bo`lmagan. U amalda davlatning bir muassasasiga aylanib qolgan. Vizantiyada, hatto soborlarning qarorlari ham imperatorning maxsus farmoyishi bilan tasdiqlangandan keyin kuchga kirgan. Bunga Vizantiyada kuchli imperatorlik hokimiyati saqlanib qolganligi sabab bo`lgan.
Pravoslavlik Sharqiy Yevropada va Yaqin Sharqda keng tarqala boshlangan. 988-yilda Rus davlati xristianlikning shu oqimini qabul qilgan. Pravoslavlik dunyo bo`yicha yagona markazga ega emas. Binobarin, pravoslavlik cherkovining yagona boshlig`i ham yo`q. Bugungi kunda pravoslavlikda 15 ta mustaqil
( avtokefal) cherkov mavjud.
Katolik cherkovi yagona markazga ega. Unga Rim papasi rahbarlik qiladi. Papaning qarorgohi Italiyada joylashgan bo`lib, bu joy Vatikan deb ataladi. Vatikan 1929-yildan boshlab shahar-davlat maqomiga ega. Uning hududi 44 gektarni tashkil etadi. Katoliklik bugungi kunda xristianlikning eng ko`p tarqalgan oqimi bo`lib qolmoqda. Katoliklarning eng ko`p tarqalgan hududlari Ga`rbiy Yevropa va Lotin Amerikasi, Afrika mamlakatlaridir. Shuningdek, Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Kuba, Boltiq bo`yi respublikalari, Belorus va G`arbiy Ukrainada ham bu oqimga e`riqod qiluvchilar mavjud.
Uchinchi protestantlik oqimi Grmaniyada XVI asrda paydo b`olgan. Reformatsiya natijasida bu yerda Protestant knyazlar 1550-yilda Rim bilan bitim tuzishga muvaffaq b`olganlar. Unga ko`ra, endi, har bir knyaz o`z fuqarolari uchun istalgan dinni tanlab olish huquqiga ega bo`lganlar.
Mustahkamlash:
1.Xristianlik dini nima uchun b`olinib ketdi?
2. Har ikkala oqim o`rtasidagi farqni taqqoslab bering.
3. Germaniyada boshlangan reformatsiya harakatiniong tarixiy ahamiyati nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |