Mavzu: ”Dunyo dinlari tarixi” fani maqsad va vazifalari Maqsad



Download 120,34 Kb.
bet24/27
Sana30.04.2022
Hajmi120,34 Kb.
#596785
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
9 sinf din tarxi konspekt

Mustahkamlash:
1. Islom shariati qanday?
2. Islom shariatida nimalar halol va harom?
Dars yakuni: baholarni e’lon qilish
Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish.


Fan: Din tarixi 9- sinf
Mavzu: O’rta Osiyoda tasavvuf va tariqat
Maqsad:
Ta`limiy : o`quvchilarga O’rta Osiyoda tasavvuf va tariqat haqida ma’lumot berish
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni diniy ta`limotlarni taqqoslay olish, tahlil qilish qobiliyatlarini rivojlantirish
Tarbiyaviy: o`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash
Dars usuli: Suhbat baxs-munozara
Dars jihozi: Elektron darslik, xarita, tarqatmalar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Yangi mavzuning bayoni:

Tasavvuf ta’limoti XI–XII asrlarda yashab ijod etgan islom allomasi Yusuf Hamadoniy (1048–1140) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, keyinchalik yassaviya, naqshbandiya, kubraviya, bektoshiya kabi tariqatlarni yuzaga keltirdi.


Ahmad Yassaviy (1005–1166) tariqati turkiyzabon xalqlar madaniyati tarixida katta o‘rin tutadi. Tasavvufdagi barcha yirik tariqatlarda bo‘lganidek, yassaviya ta’limoti quyidagi qoidalarga amal qilishga asoslangan:
1) murid hech kimsani o‘z piridan afzal ko‘rmasligi, unga doimo taslimiyot izhor qilmog‘i lozim;
2) murid shunchalik zukko va idrokli bo‘lishi kerakki, to o‘z shayxining rumuz va ishoralarini mukammal anglay olsin;
3) shayxning barcha akvoli (so‘zlari) va af’oli (ishlari)ga murid sodiq bo‘lib, unga mutlaqo mute va mu’taqid bo‘lmog‘i lozim;
4) o‘z murshidi (piri)ning barcha topshiriqlarini chustu choloklik (chaqqonlik) ila sidqidildan bajarib, uni hamisha rozi qilib yurmog‘i zarur. Chunki rizoi Olloh uning (ya’ni shayxning) izmidadir;
5) murid o‘z so‘ziga sodiq, va’dasiga vafoli bo‘lib, murshidi ko‘nglida hech qanday shak-shubha tug‘dirmasligi zarur;
6) murid o‘z va’dasiga vafodor, so‘zida ustuvor turmog‘i lozim;
7) murid o‘z ixtiyoridagi barcha mol-mulkini, butun bor-yo‘g‘ini o‘z shayxiga nisor etmoq uchun doimo tayyor turmog‘i lozim;
8) murid o‘z murshidining barcha sir-asrorlaridan ogoh bo‘lib, uning ifshosini hech vaqt xayoliga keltirmasligi kerak;
9) murid o‘z shayxining barcha takliflarini nazarda tutib, uning mushkulotini oson qilmog‘i, pandu nasihatlarini bajo keltirmog‘i shart;
10) murid xudo visoli uchun o‘z shayxi yo‘lida butun molu jonini nisor etmoqqa tayyor turishi, uning do‘stiga do‘st, dushmaniga dushman bo‘lib yashamog‘i shart.
Ahmad Yassaviy o‘z tariqatini she’riy uslubda «Hikmat» nomli asarida bayon etgan. Yassaviy ta’limoti kishilar o‘rtasida poklik, halollik, to‘g‘rilik, mehr-shafqat, o‘z qo‘lining kuchi va peshona teri bilan hayot kechirish orqali Olloh visoliga yetish mumkin, degan g‘oyani olg‘a surgan. Yassaviya ta’limoti ba’zi kishilarning mol-dunyoga hirs qo‘yishini qoralaydi, kamtarlikka, g‘aribparvarlikka da’vat qiladi. Shunday qilib, Ahmad Yassaviy Markaziy Osiyoda ilk tasavvuf ilmiga asos solgan, islom dinining taraqqiyotiga hissa qo‘shgan.
Islom dini taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan yana bir vatandoshimiz Xorazmning Xivaq shahrida dunyoga kelgan Najmiddin Kubro (1145–1221) hisoblanadi. Islomshunoslik ilmida uning ta’limoti kubraviya tariqati nomi bilan mashhurdir. Yoshligidan ilmga chanqoq Najmiddin Misr, Eron va Sharqning boshqa mamlakatlarida tahsil olgan. Uning islom diniga qo‘shgan hissasi shundaki, zikrni ovoz chiqarmasdan (xufiya) ijro etish usulini kiritgan. Kubraviya tariqati hadis va shariatga asoslanadi. Bu ta’limotga ko‘ra, inson o‘z mohiyat-e’tibori bilan kichik olamni tashkil etadi va katta dunyo bo‘lmish koinotdagi barcha narsalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin o‘ziga xos maqomlarda joylashtirilgani sababli, haqiqat yo‘lini qidiruvchilar bunday yuksaklarga ko‘tarilib, ilohiy sifatlarga ega bo‘lish, ya’ni kamolotga erishish uchun, ma’lum riyozatli yo‘llarni bosib o‘tishlari zarur. Buning uchun quyidagi o‘nta asosga tayanmoq lozim: tavba, zuhd fi-dunyo, tavakkal, qanoat, uzlat, mulozamat az-zikr, tavajjuh, sabr, muroqaba va rizo. Ushbu o‘nta talabning qisqacha mohiyati shundaki, kishi bu dunyo lazzatlari va mol-dunyoga hirs qo‘yishdan o‘zini tiyishi, sabr-qanoatli bo‘lishi, o‘zligidan kechib, xudoga muhabbat qo‘yishi, unga cheksiz ishonishi lozim.
Markaziy Osiyoda XIV asrda tasavvuf ilmi sohasida vujudga kelgan tariqat Xoja Muhammad Bahovuddin Naqshband (1318–1389) nomi bilan bog‘liqdir. Bahovuddin Naqshband 1318 yilda Buxoro yonidagi Qasri Hinduvon qishlog‘ida tug‘ilgan (keyinchalik Naqshband sharofati bilan Qasri Orifon deb atala boshlangan). Naqshband ta’limoti asosida ixtiyoriy faqirlik yotadi. Atoqli sharqshunos olim YE. E. Bertelsning yozishicha, u umr bo‘yi dehqonchilik bilan kun kechirgan va o‘z qishlog‘idagi uncha katta bo‘lmagan yeriga bug‘doy va mosh eksa-da, uyida hech qanday mol-dunyo va boylik saqlamagan. Naqshband bo‘yra ustida yotib kun kechirgan va butun umrini o‘z ixtiyori bilan faqirlikda, yo‘qchilikda o‘tkazgan. Naqshband tariqatining asl aqidasi – «dil ba yoru, dast ba kor», ya’ni «doimo ko‘ngling Ollohda, qo‘ling esa ishda bo‘lsin», degan g‘oyani olg‘a suradi. Naqshbandiya ta’limoti XV asrda Afg‘oniston, Eron, Hindiston singari musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan. Bu ta’limot tarafdorlari asketizm (tarkidunyochilik)ga, boy-zodagonlarning zulmi va istibdodiga qarshi bo‘lganlar, faqat o‘z qo‘l kuchi, peshona teri bilan halol mehnat qilib kun kechirishga kishilarni chaqirganlar. Ular shu bilan birga savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik, badiiy adabiyot, musiqa, ilm- ma’rifat, xattotlik, naqqoshlik, miniaturachilik, quruvchilik kabi barcha foydali va xayrli yumushlar bilan shug‘ullanishga da’vat etganlar.

Download 120,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish