Toshkent viloyati sharoitida mahaliy soya navlarining fiziologik xususiyatlarini o‘rganish mavzusini oqitish metodikasi: Men Toshkent viloyati sharoitida mahalliy soya navlarining fiziologik xususiyatlarini o‘rgandim. Har bir o‘simlikda iqlim sharoitiga mos holda fiziologik jarayonlarda o‘zgarishlar bo‘lgani kabi soyada ham fiziologik jarayonlarda o‘zgarishlar yuz beradi. Bu ma’lumotlarni mavzuni (1) 6-sinfda va litseylarda tushuntirishda qo‘shimcha manba sifatida magistrlik ishimdan olgan ilmiy xulosalarimdan foydalanaman mavzuni akademik litseylarda o‘qitishda mavzuni o‘quvchilarga etgazishda oqitishning zamonaviy metodlaridan foydalanaman.
Darsning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarning dukkakdoshlar oilasi ahamiyati, soya o‘simligining morfologiyasi va fiziologiyasi bilan tanishish. Biologiyani o‘qitishda, o‘qitish metodlarining umumiy toifasi, og‘zaki metodlari va ularning turlari, ko’rgazmali metodlar va ularning tarkibiga kiradigan uslublar, amaliy metodlar ularning turlari bilan tanishish. O‘quvchilarning bilim faoliyatini tashkil etish va boshqarishdan olingan natijalarni tahlil qilinadi. Uy vazifalarini berishdan foydalanish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, ekologik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning o‘simlik haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, ko‘nikmalarini rivojlantirish. Bilim jarayonida o‘quvchilarning hamkorligi, har bir o‘quvchiga guruh muvoffaqiyat uchun o‘z ulushini qo‘yishga ular o‘rtasida fikr-axborot va tartibga almashinuviga zamin tayyorlaydi.
Dars turi: ma’ruza dars uchun ajratilgan vaqt 80 min.
Darsning jihozlanish: tablitsa, adabiyot.
Fan bilan bog‘lab o‘qitish: Psixologiya pedagogika.
Hayot bilan bog‘lab o‘tish, har qanday inson tadqiqot faoliyati bilan aloqador bo‘lib u ehtiyoji va iste’moli uchun foydali bo‘lgan o‘simliklar to‘g‘risida to‘liq va chuqur bilim olishga qaratilgan.
Darsning texnologik xaritasi:
Bosqichlar, vaqti
Faoliyat mazmuni
O‘qituvchi
O‘quvchi
1-bosqich
Kirish
(10 minut)
1.1. Mavzu, uning maqsadi, kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi
2.1. O‘quvchilar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o‘tkazadi.
2.2. O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda tarqatma materiallardan foydalanadi
2.3. Toshkent viloyati sharoitida mahaliy soya navlarining fiziologik xususiyatlarini o‘rganish mavzusini oqitish metodikasi:
2.4. O‘quvchilarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qilishni, berilgan topshiriqni bajarishni va barcha ma’lumotni yozib olishlarini ta’kidlaydi.
2.1. Eshitadi. Navbat bilan savollarga javob beradi.
2.2. Guruhlarga bo‘linib tarqatma material bilan mustaqil ishlaydi, kerakli joylarni yozib oladi.
2.3. Eslab qoladi.
Tarifini yozib oladi va misollar keltiradi.
2.4. Blits o‘yinni mustaqil bajaradi, savol beradi.
3- bosqich.
Yakuniy.
(10 minut)
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va o‘quvchilar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni rag’batlantiradi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa: Toshkent viloyati sharoitida mahaliy soya navlarining fiziologik xususiyatlarini o‘rganishdan topshiriq beradi va baholaydi.
3.1. Eshitadi, aniqlash-tiradi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.