-------Dukkakdoshlar oilasi- dukkakdoshlar ikki xil poyali o‘simliklar oilasi, ko‘p yillik va bir yillik o‘tlar, chala butalar va daraxtlar. 500 dan ortiq turkum, 12000 turni o‘z ichiga oladi. Yer yuzining hajmiga, o‘lkasida keng tarqalgan. Ko‘p turlari dehqonchilikda yetishtiriladi. Dukkakdoshlar oilasiga no‘xot, mosh, soya, loviya, yasmiq, janduq, don ekinlari kiradi. Dukkakli don ekinlari xalq xo‘jaligi uchun katta ahamiyatga ega. Doni oqsillar, kraxmal va moyga boy. Sug‘orma dehqonchilikda dukkakdoshlarga eng qimmatli ko‘p yillik va bir yillik ekinlar hisoblanadi. Ayrim turlari po’sti hamda yog‘ochlik qismida qimmatli texnik modda gulli, balzam smolalar bor. Dukkakdoshlardan bo‘yoqlar olinadi. Ularning dorivorlaridan meditsina sohasida ham ishlatiladi. Dukkakdoshning qimmatbaho oziq-ovqat, texnika ozuqa bor, hamda manzarali o‘simliklardir.
Dukkakli don ekinlaridan soya hozirda dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida yetishtiriladi. Bugungi kunda soya o‘simligiga talab kuchaymoqda. Soya tarkibida 55% oqsil 25% yog‘ 24% uglevod, mineral moddalar, vitaminlar, aminokislotalar mavjud. Dunyoda olinadigan yog‘larni 40% soya yog‘i tashkil qiladi. U to‘yimli ozuqa. Soyadan juda 400 dan ortiq ko’plab mahsulot olinadi. Ildizi o‘q ildiz 15 sm 200 sm chuqurlikda kirib boradi.
Poyasi - dag‘al, silindirsimon balandligi 15 sm, don 2 m gacha. Odatda tik o‘suvchi, ammo yotib o‘suvchi shakllari ham uchraydi. Urug‘ unganda urug‘lanma osti bog‘ini yashil yoki antatsion dog‘li bo‘ladi. Barglari murakkab pat shaklli (juft yoki to‘q) 3 bo‘lakli yoki panjasimon. Barglari asosida turli shakl va kattalikda yon barglari bor. Mevasi bir uyali bitta meva bargdan tashkil topgan bo‘ladi. Yakka yoki to‘pgulga yig‘ilgan. Gulqo‘rg‘oni 4-5 bo‘lakli, kosacha va gultojga bo‘linadi. Gultoji egri-bugri 5 tojbargdan iborat, 1 yirik 2 ta o‘rtacha va 2 kichikroq kemacha hosil qiladi. Changchisi 10 ta, ba’zan 9-5 ta odatda 9 tasi iplar bilan biriktirilgan bo‘lib bittasi erkin bo’ladi. Urug‘chisi bitta usti tugunchali.
Morfobiologik belgilardan soyaning o‘sish tipi poyasi va uning sub elementlari muhim ahamiyatga ega. Morfologik belgilar soya o‘simligi uchun muhim belgilardan hisoblanadi.
Tadqiqotlarimizda soyaning mahalliy navlarining shonalash, gullash va dukkak hosil qilish fazalarida morfologik belgilardan o‘simlik bo‘yi, bitta o‘simlikdagi barg soni va bo‘g‘inlar soni belgilari o‘rganildi. Tajriba uchun har bir navdan 10 tadan o‘simlik o‘rganildi va o‘rtachasi hisoblandi.
Soyaning shonalash fazasida (29 may kuni) olib borgan tadqiqotlarimizda o‘simlik bo‘yi belgisi bo‘yicha Genetik-1 navi yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lib, asosiy poya palandligi 18,3 sm ni tashkil etdi. O‘rganilayotgan navlardan Sochilmas va Baraka navlari belgi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga ega bo‘ldilar ( mos ravishda 17,2 sm va 15,4 sm).
Soyaning fiziologik xususiyatlaridan soya navlari o‘simliklari barglaridagi umumiy suv miqdori, traspiratsiya jadalligi, va pegmentlar miqdori soya o‘simligini yalpi dukkaklash davrida o‘sish nuqtasidan hisoblanganda 3 bargida tajriba olib borildi. Barglarda umumiy suv miqdorini aniqlash uchun barglarni har bir o‘simlikdan 3 ta dan barg olib uni analitik taroziga tortdik va qog’oz konvertlarga solib termostetda quritdik quruq massa holatiga kelgan barglarni yana taroziga tortdik o‘rtasidagi 1 chi va 2 chi tortganimizda tarozida ko‘rsatgan sonni o‘rtasidagi farq qiymatni formulalar yordamida hisobladik Transpiratsiya jadaligi aniqlash uchun 3 bargni har bir osimlikdan 3 dan olib tarozida tortdik va 1 soat davomida barglarni tabiiy holda quritdik va ularni formulalar yordamida hisobladik.
Transpiratsiya tufayli faqatgina barg orqali suv bug‘lanishi emas, balki uning yordamida suvning adsorbsiyasi hamda suv va unda erigan moddalarning o‘simlik bo‘ylab harakatlanishi ham ta’minlanadi. Izlanishlar davomida Baraka, Sochilmas, Genetik-1 va Orzu navlari ishtirok etdi. Bu navlarda yalpi dukkaklash davrida barglardagi transpiratsiya jadalligi o‘rganildi. Olingan natijalarga ko‘ra belgi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Genetik-1 navida qayd etilib, belgi ko‘rsatkichi 411,9 mg/g. soatni tashkil qildi. Belgi bo‘yicha nisbatan past ko‘rsatkich esa Sochilmas navida aniqlanib, belgi ko‘rsatkichi 279,1 mg/g. soatni tashkil qildi .
“mutaxasislar” guruhini tashkil etish. Har bir guruh tomonidan o‘quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarishga erishish.
“mutaxasislar” yordamida o‘quv materialini yaxlit holda qayta ishlab chiqishishni amalga oshirish. Yangi mavzu mantiqiy tugallangan fikrli 4 ta qismga ajratildi. Mazkur qismlar bo‘yicha guruhlar uchun topshiriqlar tuzuladi.
Topshiriqlarni bajarish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi songra har bir guruhdan bitta sardor taqdimot qiladi 3 minut vaqt beriladi. Savol javob olib boriladi savollarga aniqlik kiritiladi.
1-guruh topshiriqlar
O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlari
Topshiriqni bo‘yicha ko‘rsatmalar
Darslardan matnni diqqat bilan o‘qib chiqib quyidagi savollarga javob tayyorlang.
1.Dukkakdoshlar oilasi haqida gapiring.
2.Ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati
O‘quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang
2-guruh topshiriqlar
O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlari
Topshiriqni bo‘yicha ko‘rsatmalar
Darslardan matnni diqqat bilan o‘qib chiqib quyidagi savollarga javob tayyorlang.
1. Dukkakli don ekinlari tarkibiy qismlari.
2. Soya o‘simligini botanik tavsifi va navlari.
O‘quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang.
3-guruh topshiriqlar
O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlari.
Topshiriqni bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Darslardan matnni diqqat bilan o‘qib chiqib quyidagi savollarga javob tayyorlang.
1 Soya o‘simligini morfologik belgilari.
2.Morfologik belgilarni aniqlashning o‘rganish usullari.
O‘quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang.
4-guruh topshiriqlar
O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlari.
Topshiriqni bo‘yicha ko‘rsatmalar.
Darslardan matnni diqqat bilan o‘qib chiqib quyidagi savollarga javob tayyorlang.
1. Soya o‘simligini fiziologik belgilari.
2. Fiziologik belgilari o‘rganish.
O‘quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang.
O‘quvchilarni bilimini baholash: 4 ta guruh taqdimoti tugagandan keyin o‘quvchilar baholanadi
Uyga vazifa: Mavzuni o‘qish va konspektlashtirish.
O‘qituvchi mavzuni yakun yasab, uni mustahkamlaydi.