To’g’ri, dunyoning har bir burchagidan yovuz va qonxo’r odamlarni topish mumkin va qirg’in ular uchun siyosiy bir vosita. Biroq, deydi Noa Taker, ular soladigan xavfni haddan tashqari bo’rttirish yo’li bilan hukumatlar xalq ustidan nazoratni oshirish payida. Ekspertlar va jurnalistlar esa odatda bu nozik jarayonni to’g’ri ochib bermaydi. - To’g’ri, dunyoning har bir burchagidan yovuz va qonxo’r odamlarni topish mumkin va qirg’in ular uchun siyosiy bir vosita. Biroq, deydi Noa Taker, ular soladigan xavfni haddan tashqari bo’rttirish yo’li bilan hukumatlar xalq ustidan nazoratni oshirish payida. Ekspertlar va jurnalistlar esa odatda bu nozik jarayonni to’g’ri ochib bermaydi.
Har bir jamiyatning o’z dindorlari bor, ularning dindorlik darajasi turlicha; ulamo va ularga ergashuvchi fuqarolar bor. Diniy erkinlikni o’lchab bo’ladimi? Xavfsizlik va erkinlik? Har ikkisini xohlasak, muvozanatni qanday qilib topamiz? Shunisi aniqki, deydi Montgomeri, neytral inson yo’q. Din va e’tiqod deganda, xuddi siyosat kabi, hamma o’z shaxsiy fikri va yondashuviga ega. - Har bir jamiyatning o’z dindorlari bor, ularning dindorlik darajasi turlicha; ulamo va ularga ergashuvchi fuqarolar bor. Diniy erkinlikni o’lchab bo’ladimi? Xavfsizlik va erkinlik? Har ikkisini xohlasak, muvozanatni qanday qilib topamiz? Shunisi aniqki, deydi Montgomeri, neytral inson yo’q. Din va e’tiqod deganda, xuddi siyosat kabi, hamma o’z shaxsiy fikri va yondashuviga ega.
- Hukumatlar kim? Odamlar. O’sha jamiyat vakillari. Yuqorida tilga olingan mavzularni har bir jamiyat o’zi muhokama qila olishi, fuqarolar erkin fikr almasha olishi, hukumat va xalq orasida ochiq ko’prik, ya’ni kuchli matbuot vujudga kelishi kerak.
- Jorj Vashington Universiteti professori, mintaqashunos Marlen Laruel (Marlene Laruelle) iqtisodiy nochorlik, ijtimoiy adolatsizlik, qonunbuzarlik va loqaydlikni muhim omillar sifatida keltiradi. Shuningdek, deya ta’kidlaydi u, islom va milliy o’zlik tushunchalari orasidagi farq va yaqinlikka ham e’tibor bering. Masalan, o’zbeklik nima? O’zbekistondagi musulmonchilik deganda ko’pchilik nimani tushunadi? Siyosat deganda odamlar o’z rolini qanday ko’radi? Namozxonlar siyosat va din bir-biriga aralashmasligi kerak deb tursa, erkinlikni qanday targ’ib qilasiz? Diniy erkinlikni targ’ib qilish o’zi kimning ishi? Javob hammada har xil.
AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Nisha Bisvol va O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Toshkent, 2014 - AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo'yicha muovini Nisha Bisvol va O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Toshkent, 2014
Eʼtiboringiz uchun rahmat!!! Eʼtiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |