Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’min- lash,
jismoniy va yuridik shaxslarning xuquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid
axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish
. Davlat boshqaruvi
idoralarining aholi bilan aloqalarini kuchaytirish, hamkorlik mexanizmlarini yaratish muxim.
Bir tomondan, aholini davlat boshqaruv organlari faoliyatidan muntazam ravishda xabardor
qilib turish, ikkinchi tomondan, maxalliy davlat boshqaruv organlari qarorlarini qabul qilishga
keng jalb etishni yodga qo‘yish - davr talabi. Shuningdek, davlat boshqaruvi bilan korporativ
boshqaruvni yaqinlashtirish, ular nisbatining oqilona mezonlarini belgilashda muxim o‘rin
tutadi.
Inson va fuqarolarning axborotga bodgan xuquqlarini kafolatlashning tamoyillari
O‘zbekiston Rsspublikasi Konstitutsiyasining tegishli normalarida mustahkamlab qo‘yilgan.
Xususan, Konstitutsiyaning 29-moddasiga binoan: «Xar kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi
xuquqiga ega. Xar kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish xuquqiga ega,
amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa
cheklashlar bundan mustasnodir».
Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash masalalari
ular faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qodlagan xolda amalga
oshirilishi bugungi kunga kelib eng maqbul yo‘l sifatida baxolanmoqda. Amalda mavjud bodgan
davlat xizmatlarini fuqarolarga, yuridik shaxslarga va davlat organlarining O’ziga
kO’rsatishning yangicha tizimini amalga oshirish xar qanday zamonaviy demokratik davlatning
asosiy strategik yO’nalishlaridan biriga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2010 yil 12
noyabrda parlament palatalarining qo‘shma yigdlishida taqdim etilgan Mamlakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida ilgari surilgan takliflarning amaliy ifodasi sifatida
«Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida» O‘zbekiston
Respublikasi qonunining loyixasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.
Ushbu qonunning asosiy maqsadi davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
shaffofligi, ochiqligini ta’minlash, davlatimiz ichki va tashqi siyosatining eng asosiy
yo‘nalishlaridan aholini muntazam xabardor bo‘lib borishiga sharoit yaratish, shuningdek,
fuqarolarniig siyosiy faolligini yanada oshirishdan iboratdir. Mazkur qonunning qabul kilinishi
davlat xokimiyati organlari faoliyati xaqida jamoatchilikni xabardor qilib borish tartiblarini aniq
belgilab berishi, davlat xokimiyati organlariga o‘zlari qabul qiladigan qarorlar va ularning
mazmuni bilan aholini, turli jamoat birlashmalarini xabardor qilish majburiyatini yuklashi bilan
ham ahamiyatlidir. Bundan tashqari, «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi to‘g‘risida»gi Qonunning qabul kilinishi orqali fuqarolarniig axborot olishga bo‘lgan
konstitutsiyaviy xuquqlarining yuqori darajada ta’minlanishiga va pirovard natijada davlat
xokimiyati organlarining o‘zlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar bo‘yicha
majburiyatlarining oshishiga erishiladi.
Ma’lumki, 2014 yil 5 mayda «Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun qabul kilindi. Ushbu qonunning maqsadi - davlat xokimiyati
organlari faoliyatining ochiqligini, ular faoliyati xaqidagi axborotlardan ommaviy axborot
vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari, aholining keng foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.
Qonunning asosiy vazifalari - davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati
to‘g‘risidagi axborotdan jismoniy va yuridik shaxslarning erkin foydalanishini ta’minlash;
davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati xaqidagi axborotlarni olishga bo‘lgan
xuquqiy kafolatlash; davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining qabul qilinayotgan
qarorlar uchun javobgarligini oshirish; davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati
xaqidagi axborotlarning tarqatilishi tartibini belgilashdan iborat. Shunga muvofiq, davlat
xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi, ularniig ustidan jamoatchilik
nazorati bu idoralarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishni ta’minlash bo‘yicha bir
qator chora-tadbirlar qabul qilish orqali ta’minlanadi.
Shunday qilib, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini erkinlashtirish, ularni
xalq extiyojlari va manfaatlariga yaqinlashtirish, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan
ijtimoiy sheriklik va hamkorligini rivojlantirish, hech shubxasiz, pirovardida davlat apparati
faoliyati samaradorligini oshirishga, davlatning jamiyat manfaatlariga yanada ko‘proq xizmat
qiluvchi institutga aylantirishga qulay imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash «Xalq bilan muloqot va inson
maifaatlari yili» Davlat dasturining eng muxim va dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu
munosabat bilan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat-notijorat tashkilotlarini,
ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, maxallaning jamiyat
xayotidagi rolini kuchaytirish
nazarda tutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |