Mavzu. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish


«Elektron xukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari kO’rsatishning



Download 410,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana29.06.2022
Hajmi410,73 Kb.
#718065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
fuqarolik jamiyati Maruza 3-mavzu

«Elektron xukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari kO’rsatishning 
samarasi, sifati va aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlarining ulardan foydalanish 
imkoniyatini oshirish. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasining maqsadi 
olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning xar 
tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni 
modernizatsiya qilish va barcha sohalarni erkinlashtirishdan iborat ekani xaqidagi


fikrlari o‘ta muxim ahamiyatga ega.
Xarakatlar strategiyasi davlat xokimiyatini izchil demokratlashtirish va davlat boshqaruvi 
tizimining yanada samarali ishlaydigan mexanizmlarini yaratish borasida yangi vazifalarni 
ilgari surmoqda. Xarakatlar strategiyasi doirasida ma’kullangan Davlat dasturida davlat 
boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo, davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat 
boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektor o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy 
shakllarini, «Elektron xukumat» tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga 
oshirish rejalashtirilgan.
Davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini ratsional tashkil etishda zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish muxim ahamiya kasb etadi.
Ma’lumki, fuqarolarning axborot sohasidagi xuquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi 
insonning axborot olish, axborotni va o‘z shaxsiy fikrini tarqatish xuquqi va erkinligini o‘zida 
mujassam etgan bodib, bu O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muxim 
sharti, ta’bir joiz bodsa, tamal toshi xisoblanadi».
Mamlakatimizda mustaqillik yillari mobaynida jamiyatni axborotlashtirish, fuqarolarning 
axborot olish erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarining rivojini ta’minlaydigan, 
demokratik talab va me’zonlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. 
Bu davrda davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga oid axborotni fuqarolarga 
yetkazishga, ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining 
maqsadli va natijali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan o‘ndan ziyod qonunlar qabul 
kilindi.
Davlat boshqaruviga elektron xukumat tizimini yanada kengroq joriy etish lozim. Bu tizim 
vositasida davlat miqyosida idoralararo va boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar 
o‘rtasida elektron xujjat aylanishi, avtomatlashtirilgan axborot-ma’lumot tizimi, Interaktiv 
davlat xizmatlari ko‘rsatish servisi hamda axborot resurs bazalaridan samarali foydalanish 
amalga oshiriladi. Natijada davlat boshqaruvi tizimida ma’muriy tartib-tamoyillar va davlat 
xizmatlarini ko‘rsatish elektron shaklda amalga oshirilishi yodga qo‘yiladi. Elektron xukumat 
quyidagi printsiplar asosida faoliyat yuritadi: davlat organlari faoliyatining ochiqligi, davlat 
xizmatlarining hammabopligi, axborotniig muxofazalanganligi, ma’muriy axborotning elektron 
taxlil etilishi, davlat organlarining o‘zaro kelishilgan tarzda harakatlanishi, davlat organlari 
faoliyatining sifat jihatidan muttasil yaxshilanishi va x-k.
Davlat organlari faoliyatidagi ochiqlikni ta’minlashning, shu bilan birgalikda 
«axborotlashgan jamiyat» shakllantirish va rivojlantirishning samarali usullari sifatida 
«Elektron xukumat» bilan bir qatorda «Elektron parlament» tizimini ham joriy etish muxim.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2013 yil 18 yanvardagi Vazirlar Maxkamasining 
yig‘ilishida «Elektron xukumat» tizimi, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek
biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini shakllantirish kontseptsiyasi 
va kompleks dasturini ishlab


chiqishni jadallashtirishga, axborot tizimlarining idoralararo va idoraviy komplekslarni 
integratsiya qiladigan milliy tizimini yaratishga aloxida e’tibor qaratish lozim» deb ta’kidlagan 
edilar.
Mamlakatimizda inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yangi 
bosqichga ko‘tarish va ushbu munosabatlarni samarali tashkil etish, boshqarish va taxlil etish 
maqsadida Parlament tomonidan 2015 yilning 9 dekabrida «Elektron xukumat to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi «Elektron 
xukumat» sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

Download 410,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish