Mavzu. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish


Qonunning 3-moddasiga asosan «Elektron xukumat»



Download 410,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana29.06.2022
Hajmi410,73 Kb.
#718065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
fuqarolik jamiyati Maruza 3-mavzu

Qonunning 3-moddasiga asosan «Elektron xukumat» 
davlat organlarining jismoniy va 
yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat 
xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlik qilishni 
ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-xuquqiy chora- tadbirlar va texnik vositalar tizimi 
xisoblanadi. Shu bilan birga, bu axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan 
xolda, davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va oshkoralikni 
ta’minlash, fuqarolar extiyojlarini xisobga olgan xolda davlat xizmatlari ko‘rsatishga qaratilgan 
davlat boshqaruvining tashkiliy shakli hamdir.
Mazkur qonun bilan birga davlat boshqaruvida zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va 
«Elektron xukumat» tizimini shakllantirishga oid masalalar milliy qonunchiligimizda 30dan 
ortiq normativ-xuquqiy xujjatlarda o‘z aksini topgan bo‘lib, «Elektron xujjat aylanishi 
to‘g‘risida». «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron 
tijorat to‘g‘risida», «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
E’tiborlisi shundaki, Harakatlar strategiyasi tarkibidagi davlat dasturida «Elektron 
parlament» tizimini joriy qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish nazarda 
tutilgan.
Shuningdek, davlat boshqaruvini axborotlashtirish bilan bog‘liq masalalar O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni, 
«Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
Qarori, Vazirlar Madamasining «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, maxalliy davlat xokimiyati 
organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan xolda yuridik va 
jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi, «Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishni xisobga olgan xolda Internet 
tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasiniig Xukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari orqali ham bevosita tartibga solinadi.
«Elektroy xukumat» tizimini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad shaxs, jamiyat va 
davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soddalashtirish va bir vaktning o‘zida rivojlantirishdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti III. Mirziyoev o‘zining O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi qabul kilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi 
ma’ruzasida «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari


xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu xaqiqatni, avvalo, barcha bo‘gdndagi raxbarlar yaxshi 
tushunib olishi zarur»- deb ta’kidlagan edi.
«Elektron xukumat» tizimi Prezidentamizning yuqoridagi fikrlarini amaliyotga samarali 
tatbiq etishda muxim o‘rin egallamoqda. Xususan, u davlat boshqaruv organlari tomonidan 
ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini fuqarolik jamiyati sub’ektlariga tez va samarali, asosiysi 
qulay yetkazishga xizmat qiladi.
Elektron xukumatning yaratilishi: xukumatning qaror qabul qilishda ochiq- oydinligi va 
xisobdorligini ta’minlaydi hamda shu orqali korruptsiya xavfini pasaytiradi;
axborot olish erkinligini oshiradi (qonunlar va boshqa me’yoriy-xuquqiy xujjatlar, statistik 
va boshqa axborotlar);
fuqarolik jamiyati institutlarining davlat xayotidagi keng ishtirokini ta’minlaydi;
kichik va o‘rta biznesning turli chiqimlari (vakt, yod va boshqa xarajatlar)ni kamaytiradi;
xalqning davlat boshqaruv organlariga murojaatlarini osonlashtiradi hamda ushbu 
murojaatlarning ko‘rib chiqilishini avtomatik ravishda nazorat qilish imkoniyatini yaratadi;
murojaat jarayonida taqdim etiladigan xujjatlarning maksimal qisqarishi orqali turli 
byurokratik to‘siqlarga barham beriladi;
davlat xizmatlaridan foydalanishda eskirgan ko‘pbosqichlilik tizimidan emas samarali va 
tezkorlikka asoslangan mexanizmdan foydalaniladi;
- elektron ko‘rinishda murojaat qiluvchi shaxsga o‘ziga qulay bodgan joydan murojaat 
qilishdek qulayliklar yaratadi.
«Elektron xukumat» tizimining O‘zbekiston Respublikasida keng joriy etilishi va 
takomillashtirilishi mamlakatimiz aholisi va butun bir jamiyat xayotida katta ijobiy o‘zgarish va 
yangilanishlarga xizmat qiladi. Tizimning keng yo‘nalishlarga nisbatan tatbiq etilishi inson 
xuquq va erkinliklarining yuqori darajada himoya qilinishiga, fuqarolarning davlat ishlaridagi 
ishtirokining faollashuviga, davlat organlarining esa mos ravishda samarali faoliyat olib 
borishiga sharoit yaratadi. Pirovard natijada esa ijtimoiy va siyosiy xayotning xar qanday 
yo‘nalishida yuqori samaradorlikka erishish mumkin.
«Elektron xukumat» infratuzilmasida Yagona interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish portali 
amal qiladi. Qabul qilinishi modjallanayotgan qonun «Elektron hukumat» bilan muloqotga 
kirishganda fuqarolar xuquqlarini ta’minlashning kafo- latlarini belgilaydi.
Davr shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. Endilikda vazirliklar va idoralar, xo‘jalik 
birlashmalari raxbarlari va xokimlarning faoliyat natijasi quruq iqtisodiy raqamlar bilan emas, 
balki ularning odamlar bilan qanday muloqot olib borayotgani va ishni tashkil etayotgani
fuqarolarning muammolarini qay darajada xal qilayotganiga qarab baholanadi.



Download 410,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish