Berk sistemalarda detalga ishlov berish jarayonida ishlov beriladigan zagatovkaning haqiqiy o`lchami yoki stanok uzelining haqiqiy harakati berilgan dastur bilan uzluksiz taqqoslab turiladi. Berilgan dasturni xisoblashda xisoblovchi qurilma va deshefratorning chiqishida buyruq signallari vujudga kelib, taqqoslovchi qurilmaga boradi. Datchik stanok uzelining haqiqiy
harakati kattaligini yoki zagatovka o`lchamini o`lchaydi va natijada teskari aloqa signaliga aylantirib, taqqoslovchi qurilmaga yo`naltiriladi.
Taqqoslovchi qurimada teskari aloqa datchigidan kelayotgan signallar xisoblovchi qurilma va deshefratordan kelayotgan signallar bilan taqqoslanadi. Agar harakatlarning berilgan kattaligi bilan haqiqiy kattaligi orasida farq bo`lsa, taqqoslovchi qurilmaning chiqishida shu farqqa mos signal paydo bo`1adi. Bu signal kuchaytirgich orqali ijrochi qurilmaga uzatiladi, u esa stanok ishini berilgan dasturga moslab rostlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |