Ochiq sistemalarda xisoblovchi qurilmadan ijro mexanizmiga yo`nalgan informatsiyalar oqimi bitta bo`ladi. Dasturli lenta xisoblovchi qurilma va deshefrator orqali harakatlanganda uning kirishida buyruq signallari vujudga keladi. Biroq, odatda, bu signallar ijrochi organlarni harakatlantirish uchun zarur quvvatga ega bo`lmaydi. Shu sababli avtomatik qurilmalar sistemalarida signallarni kuchaytirish uchun ko`pincha kuchaytirgichlardan foydalaniladi.
Kuchaytirilgan signallar yuritmaga tushadi, u esa stanokning ma’lum uzelini bevosita yoki oraliq mexanizmlar orqali zarur vaziyatga suradi. Bu yerda ish organlarining harakati qadamli dvigatellar bilan aniq dozalangan. Bu sistema oddiy va arzon bo`ladi, lekin uning puxtaligi va aniqligi teskari aloqali boshqarish sistemalarinikidan past.
Do'stlaringiz bilan baham: |