Atomning markazida musbat zaryadli yadro joylashgan bo’lib, u atom ichidagi fazoning juda kichik qismini band etadi.
Musbat zaryadning barchasi va atom massasining deyarli hammasi (atom massasining elektron massasiga nisbati 1840 ga teng) kichik xajmli markaz yadroda joylashgandir.
Yadro atrofida elektronlar berk orbitalar bo’ylab (xuddi Quyosh atrofida planetalar aylangani singari) aylanib turadi.
Lekin Rezerford modeli klassik elektrodinamika qonuniga zid keldi, bu qonunlarga muvofiq; elektronning yadro atrofida xarakatlanishida elektromagnit to’lqinlar ko’rinishida energiya chiqishi kerak. Bunda energiya va uning aylanish radiusi uzluksiz kamayib borishi, oqibat natijada elektron yadroga qulab tushishi kerak. Amalda esa atom batamom barqaror sistemadan iborat. Demak, elektronning aylanishi klassik emas, balki o’zining maxsus qonunlariga bo’ysunishi kerak. Xuddi shu davrda atomlar vodorodning nurlanish spektorlari mukammal o’ganildi va spektr seriyalar holida gruppalangan qator chiziqlardan iborat ekanligi aniqlandi. Vodorod spektrlari chiziqlarining to’lqin uzunliklari nurlanadigan elektromagnit to’lqinlari energiyalarining uzuq-uzuq (diskret) to’plamiga muvofiq kelardi. Bu hodisani ham Rezerford modeli doirasida tushuntirish mumkin bo’lmadi.
Ko’rsatilgan ziddiyatlarni 1913 – yilda atom tuzilishining kvant modelini taklif etgan taniqli daniyalik olimi N. Bor bartaraf etdi. Uning modeli quyidagi uchta postulatga asoslangan.
1-postulat. Elektron yadro atrofida istalgan orbita bo’yicha emas, balki qa’tiy muayyan (statsional) orbitalar bo’ylab harakatlanishi mumkin. 2-postulat. Elektron statsionar orbitalar bo’ylab harakatlanayotganda elektromagnit energiya chiqarmaydi. 3-postulat. Bir statsionar orbitadan boshqasiga o’tganida elektron boshlang’ich va oxirgi holatlardagi energiyalar farqiga teng kvant energiya yutadi yoki nurlantiradi. Yadroning musbat zaryadi soni elektronlar soniga teng, shuning uchun atom elektroneytraldir. Elektronlarning aylanishi natijasida vujudga keladigan markazdan qochma kuch bilan elektronlarning qarama-qarshi zaryadlangan yadroga elektroststik tortilish kuchi muvozanatda bo’ladi. Yadroning o’lchami atom o’lchamidan kichik bo’lib, atomning diametri m, yadroning diametri esa m atrofidadir.
Vodorod atomi eng sodda tuzilishga ega. Uning yadrosi ham eng sodda yadrodir. Uning zaryadi son jixatdan elektron zaryadiga teng, ishorasi teskari bo’ladi. Bu yadroning massasi boshqa barcha atomlar yadro massalaridan kichikdir. Vodorod yadrosi 1920 – yilda Rezerford tomonidan elementar zarracha deb tan olindi va unga “praton-birinchi” degan nom berildi. Keyinchalik vodoroddagi ba’zi atomlarning massalari oddiy vodorod atomi massasidan ba’zan ikki , ba’zan uch marta katta ekanligi aniqlandi. Bu hodisa vodorodning ba’zi yadrolari tarkibida protonlardan tashqari yana, massa jihatidan protonga deyarli teng, lekin zaryadsiz zarrachalar ham bor deb taxmin qilishga asos bo’ldi. 1932 – yilda Chedvik Ve atomini α-zarrachalar bilan ta’sirini o’rganib chiqib, bunday zarrachaning mavjudligini isbotladi va unga “neytron” nomini berdi.
1932 – yilda D. I. Ivanenko va Geyzenberg atom yadrosining proton-neytron nazariyasini yaratdilar, yadroning tarkibi praton va neytrondan iboratligi tan olindi.
Proton va neytronlar “nuklonlar” deyiladi. Nuklon-yadro tarkibini tashkil qiluvchi zarrachalar ma’nosini anglatadi. Yuqorida ko’rsatilgan ilmiy tajribalar va ular asosida yig’ilgan dalillar atomning tarkibi to’g’risida quyidagi umumiy hulosaga olib keladi: