Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'G'risida o'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida



Download 98 Kb.
bet1/3
Sana12.02.2017
Hajmi98 Kb.
#2415
  1   2   3
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINING KAFOLATLARI TO'G'RISIDA

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O'ZGARTISH VA QO'SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA

2012 yil 2 may, O'RQ-328-son

(«Xalq so'zi» gazetasi, 03.05.2012 y., 86 (5506)-son)

Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 29 fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2012 yil 23 martda ma'qullangan

1-modda. O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida»gi 69-II-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil, № 5-6, 140-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 472-modda; 2010 yil, № 9, 336-modda, № 12, 465-modda; 2011 yil, № 4, 104-modda, № 9, 248-modda) o'zgartish va qo'shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).

2-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.



O'zbekiston Respublikasining Prezidenti

I. KARIMOV

Toshkent sh.,

 

Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida

(yangi tahriri)

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari

Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor bo'lishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.



2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari

Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining o'z xususiyatiga ko'ra tadbirkorlikdan iborat bo'lgan qismiga tatbiq etiladi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bo'lgan tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari bilan bog'liq munosabatlar chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.

3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi

Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o'zi tavakkal qilib va o'z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.



4-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari (tadbirkorlik sub'ektlari) belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.

Davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari bo'lishi mumkin emas.

5-modda. Kichik tadbirkorlik sub'ektlari

Kichik tadbirkorlik sub'ektlari quyidagilardir:

1) yakka tartibdagi tadbirkorlar;

2) ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan yigirma kishi, xizmat ko'rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan boshqa tarmoqlardagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan o'n kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan besh kishi bo'lgan mikrofirmalar;

3) quyidagi tarmoqlardagi:

engil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog'ochsozlik, mebel sanoati, qurilish materiallari sanoati, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan yuz kishi;

mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg'i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan ellik kishi;

fan, ilmiy xizmat ko'rsatish, transport, aloqa, xizmat ko'rsatish sohalari (sug'urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan boshqa sohalardagi, band bo'lgan xodimlarining o'rtacha yillik soni ko'pi bilan yigirma besh kishi bo'lgan kichik korxonalar.

Kichik tadbirkorlik sub'ektlari xodimlarining o'rtacha yillik soni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda o'rindoshlik, pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xarakterdagi boshqa shartnomalar bo'yicha ishga qabul qilingan xodimlarning, shuningdek unitar (sho''ba) korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi.

Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko'p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng ko'p bo'lgan faoliyat turi mezonlari bo'yicha kichik tadbirkorlik sub'ektlariga kiradi.

Kichik tadbirkorlik sub'ektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferentsiyalar, kafolatlar va huquqlar ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan tadbirkorlik sub'ektlariga ular tomonidan vakolatli organlar va tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlari, davlat statistika organlari, banklar va boshqalarga) imtiyozlar, preferentsiyalar, kafolatlar va huquqlar xususiyatidan kelib chiqib, ular kichik tadbirkorlik sub'ektlari ekanligi haqida xabarnoma taqdim etgan holda qilingan murojaatlar asosida beriladi. Bunday xabarnomaning to'g'riligi uchun javobgarlik xabarnomani taqdim etgan tadbirkorlik sub'ektlari zimmasiga yuklatiladi.

Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o'rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, xodimlar sonini oshirib yuborishga yo'l qo'yilgan davr uchun ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferentsiyalar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:

mikrofirma va kichik korxona O'zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining hamda oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band bo'lgan xodimlarning belgilangan o'rtacha yillik soni ko'pi bilan 20 foiz oshadigan bo'lsa. Xodimlar sonining oshirilishiga O'zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlarining, akademik litseylarining va oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari o'qishni tugallagan kunidan boshlab ko'pi bilan uch yil o'tgan bo'lsa, yo'l qo'yiladi;

kichik korxona uyda ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzgan taqdirda, band bo'lgan xodimlarning belgilangan o'rtacha yillik soni ko'pi bilan 30 foiz oshadigan bo'lsa.



6-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik

Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo'l qo'yadigan o'zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.

Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko'rsatish) uchun ko'pi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq to'lagan holda jalb etishga haqlidir.

Yakka tartibdagi tadbirkor o'z nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi, huquq va majburiyatlarni oladi hamda amalga oshiradi. Jismoniy shaxs o'z tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bitimlar tuzayotganida, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida harakat qilayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining o'zidan aniq anglashilmasa, ko'rsatishi kerak. Bunday eslatmaning mavjud emasligi yakka tartibdagi tadbirkorni o'z majburiyatlari bo'yicha zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.

Yakka tartibdagi tadbirkor o'z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi haqida dalolat berishi lozim.

Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoxud er-xotin o'rtasidagi o'zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.

7-modda. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati

Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat va dehqon xo'jaligi shakllarida amalga oshirishi mumkin.

Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat ro'yxatidan o'tganidan keyingina birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining taraflari bo'lishi mumkin.

Oilaviy tadbirkorlikning amalga oshirilishi, oddiy shirkat va dehqon xo'jaligi tuzilishi, faoliyat ko'rsatishi hamda faoliyatining tugatilishi bilan bog'liq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.



8-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining huquqlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari:

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga;

yuridik shaxs bo'lgan boshqa tadbirkorlik sub'ektlarining muassislari (ishtirokchilari) bo'lishga;

mulk huquqi asosida o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish va uni tasarruf etishga;

o'z faoliyati yo'nalishlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) etkazib beruvchilarni va o'z tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) iste'molchilarini mustaqil ravishda tanlashga;

tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga, bundan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari mustasno;

o'z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor kon'yunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo'yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

barcha ishlab chiqarish xarajatlarining o'rni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'langanidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishga, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno;

kreditlar olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag'larini hamda o'zga mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni, uskunalarni va o'zga mol-mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yo'naltirishga;

tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqli.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.



9-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining majburiyatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari:

o'zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;

soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni to'lashi;

mehnat shartnomasi (kontrakt) bo'yicha ishlayotgan shaxslarning mehnat haqini qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo'lmagan miqdorda belgilashi, ular bilan o'z vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish beruvchi sifatida o'z fuqarolik javobgarligini sug'urta qilishi;

mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiena sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;

raqobat to'g'risidagi va iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;

realizatsiya qilinadigan mahsulot va xizmatlar uchun sertifikatlarga ega bo'lishi;

joylashgan eri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari o'zgarganligi to'g'risida tegishli davlat organlarini o'z vaqtida xabardor qilishi;

buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishi;

o'z faoliyati to'g'risidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.



10-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining birlashmalari

Tadbirkorlik sub'ektlari o'z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek o'z huquqlari va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar bo'lgan uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashishi mumkin.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari birlashmalarining tashkil etilishi, faoliyat ko'rsatishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bog'liq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

11-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ekti huquqlarining ustuvorligi

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan o'zaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati sub'ekti huquqlarining ustuvorligi printsipi amal qilib, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo'lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati sub'ektining foydasiga talqin etiladi.



12-modda. Insofsiz raqobatga yo'l qo'yilmasligi

Tadbirkorlik sub'ektlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda afzalliklar olishga qaratilgan, qonun hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid bo'lgan va boshqa tadbirkorlik sub'ektlari bo'lgan raqobatchilarga zarar etkazadigan yoki zarar etkazishi mumkin bo'lgan yoxud ularning ishchanlik obro'siga putur etkazadigan yoki putur etkazishi mumkin bo'lgan harakatlariga yo'l qo'yilmaydi.



2-bob. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari

13-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish tegishli davlat organi tomonidan «bir darcha» printsipi bo'yicha va, qoida tariqasida, xabardor qilish asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ro'yxatdan o'tkazuvchi organlar ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati sub'ekti sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki unga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo'shimcha talablarni belgilashga haqli emas.

Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati sub'ekti sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etganlik, shuningdek davlat ro'yxatidan o'tkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Ro'yxatdan o'tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga ro'yxatdan o'tkazishni rad etganlik yoki ro'yxatdan o'tkazish muddatini buzganlik tufayli etkazilgan zararning o'rnini qoplaydi va ma'naviy zarar uchun kompensatsiya to'laydi.



14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash

Tadbirkorlik faoliyatining litsenziyalanishi lozim bo'lgan turlari qonunlar bilan belgilanadi.

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

15-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi

Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik sub'ektlarining o'z mol-mulki va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.

Tadbirkorlik sub'ektlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita bo'lgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, o'zgartirilishi va bekor bo'lishi bilan bog'liq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar ob'ekti bo'lishi mumkin.

16-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini kreditlash va sug'urta qilish

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini kreditlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektiga kreditlar berilayotganda banklar, boshqa kredit yoki sug'urta tashkilotlari kafolat beruvchi bo'lishi mumkin. To'lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafil bo'lishi mumkin.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ekti kredit shartnomalari bo'yicha majburiyatlar bajarilishini ta'minlash vositasi sifatida o'z mol-mulkidan, shu jumladan ashyolari va mulkiy huquqlaridan, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno, shuningdek o'zi olgan kreditni to'lay olmaslik xavfini sug'urta qilish polisidan foydalanishi mumkin.

Tadbirkorlik sub'ektlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini sug'urta qilish qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda sug'urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.



17-modda. Hisob va hisobot

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari hisob va hisobotni qonun hujjatlariga muvofiq yuritadi. Hisobot tadbirkorlik sub'ektining xohishiga ko'ra qog'ozda va (yoki) elektron shaklda tayyorlanishi mumkin. Tadbirkorlik sub'ektlarining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti tadbirkorlik sub'ektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan elektron shaklda hisob yuritilishini dasturiy ta'minotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish orqali rag'batlantiradi.

Kichik tadbirkorlik sub'ektlari faqat davlat statistika organlari va davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi.

Davlat organlarining tadbirkorlik sub'ektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo'shimcha hisobot turlarini belgilashi man etiladi.



3-bob. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari huquqlarining kafolatlari

18-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari

Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

Xususiy mulk boshqa mulk shakllari qatori daxlsizdir va davlat tomonidan himoya qilinadi.

Tadbirkorlik sub'ekti mulk huquqi asosida o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulkka o'z xohishiga ko'ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

Tadbirkorlik sub'ektlarining o'z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi, davlat organlarining, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, boshqa tashkilotlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

19-modda. Tadbirkorlik sub'ektlarining qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlari

Tadbirkorlik sub'ektlari qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli.

Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining muassislari ta'sis hujjatlarida faoliyatning faqat asosiy turlarini sanab o'tishga haqli. Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari ta'sis hujjatlarida ko'rsatilmagan faoliyat turi bilan ham shug'ullanishi mumkin.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



20-modda. Tadbirkorlik sub'ektlarining o'z tovarlari (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydasini) tasarruf etish erkinligi kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari o'zlari ishlab chiqaradigan tovarlarning (bajaradigan ishlarning, ko'rsatadigan xizmatlarning) va ularni realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning (foydaning) mulkdoridir.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari barcha ishlab chiqarish xarajatlarining o'rni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'langanidan keyin qolgan daromadni (foydani) o'z xohishiga ko'ra tasarruf etadi, bundan sud tartibidagi majburiy undiruv hollari mustasno.

21-modda. Pul mablag'larini tasarruf etish kafolatlari

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari o'z pul mablag'larini mustaqil ravishda tasarruf etadi.

Bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining bank hisobvarag'ida (hisobvaraqda) mavjud bo'lgan pul mablag'laridan, hisobvaraqqa talablar qo'yilganda mablag'larning mavjud bo'lishini hamda tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining ushbu mablag'larni hisobvaraqda turgan summalar doirasida moneliksiz tasarruf etish huquqini kafolatlagan holda foydalanishi mumkin.

Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha muddatlar nazarda tutilgan bo'lmasa, bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati sub'ektining hisobvarag'iga kelib tushgan pul mablag'larini tegishli to'lov hujjati bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan mazkur hisobvaraqqa kiritib qo'yishi, tadbirkorlik faoliyati sub'ektining topshirig'iga ko'ra hisobvaraqdan pul mablag'larini berishi yoki o'tkazishi shart. Hisobvaraq bo'yicha operatsiyalarning belgilangan muddatlari buzilgan taqdirda, bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati sub'ektiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda foizlar to'laydi.

Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, bank yoki boshqa kredit tashkiloti hisobvaraqda turgan pul mablag'laridan foydalanganligi uchun tadbirkorlik faoliyati sub'ektiga foizlar to'laydi, foizlarning summasi uning hisobvarag'iga kiritib qo'yiladi.

Davlat organlari, banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining pul mablag'laridan foydalanish yo'nalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablag'larini o'z xohishiga ko'ra tasarruf etish huquqlariga nisbatan qonunda yoki shartnomada nazarda tutilmagan boshqa cheklovlar belgilashga haqli emas.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining ularga xizmat ko'rsatayotgan banklardagi hisobvaraqlarida turgan mablag'lari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul mablag'lari tarzida olinishi mumkin.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining bank hisobvaraqlarida pul mablag'lari bor-yo'qligi haqida ma'lumot talab qilib olish, shuningdek bunday ma'lumotlarning banklar tomonidan taqdim etilishi taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.



Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish