Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'G'risida o'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida


-modda. Tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan moliyaviy sanktsiyalar qo'llanilmasligi



Download 98 Kb.
bet3/3
Sana12.02.2017
Hajmi98 Kb.
#2415
1   2   3

40-modda. Tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan moliyaviy sanktsiyalar qo'llanilmasligi

Tadbirkorlik sub'ektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshirishlar natijalari bo'yicha ko'rsatmalarini bajargan, shuningdek etkazilgan zararning o'rnini belgilangan muddatlarda va to'la hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya to'lagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy sanktsiyalar qo'llanilmaydi. Mazkur norma tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni yashirish (kamaytirish) va kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qo'llanilish tartibini buzish, shuningdek faoliyat bilan litsenziyasiz shug'ullanish hollariga tatbiq etilmaydi.



41-modda. Tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini tekshirishlarni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga qo'yiladigan talablar

Tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini tekshirishlar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.

Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga mazkur shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlar o'tkazish rejasidan ko'chirma yoki rejadan tashqari yoxud muqobil tekshiruv o'tkazish to'g'risida ushbu organ tomonidan qabul qilingan qarorning ko'chirma nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish maqsadlari, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruv o'tkazish muddatlari ko'rsatilgan buyrug'ining ko'chirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshiruvlar o'tkazishga ruxsat berilganligi to'g'risidagi maxsus guvohnomasi hamda shaxsiy guvohnomasi bo'lgan taqdirda yo'l qo'yiladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini tekshiruvdan o'tkazayotganda tekshirishlarni ro'yxatdan o'tkazish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuv kiritadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini tekshirish chog'ida tadbirkorlik sub'ektlarining tijorat siri, xizmat siri va qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirlari, shuningdek oshkor etilmagan axboroti sir saqlanishini ta'minlashi shart.

42-modda. Tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan huquqiy ta'sir choralarini qo'llash

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan huquqiy ta'sir choralari qo'llaniladi. Bunda tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta'sir choralari faqat sud tartibida qo'llaniladi:

faoliyatni tugatish;

atrof tabiiy muhitga zararli ta'sir ko'rsatayotgan ob'ektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;

faoliyatni cheklash, to'xtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog'lig'i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog'liq holda faoliyatni o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga cheklash, to'xtatib turish hollari mustasno;

banklardagi hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib qo'yish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

moliyaviy sanktsiyalarni qo'llash, bundan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'lash muddatini o'tkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tashkilotning yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo'lganligi va moliyaviy sanktsiya summalarini ixtiyoriy ravishda to'laganligi hollari mustasno;

huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o'tkazish;

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug'ullanish uchun berilgan litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini o'n ish kunidan ko'p bo'lgan muddatga to'xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.

5-bob. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash

43-modda. Davlat boshqaruvi organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari

Davlat boshqaruvi organlari o'z vakolatlari doirasida:

tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi, mavjud muammolarni o'rganadi hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi;

tadbirkorlik faoliyati sub'ektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan foydalanishda ko'maklashadi;

tadbirkorlik faoliyati sub'ektlariga o'z tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoniga faol jalb etish hamda ularning mahsulotini o'tkazish bo'yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil etish yo'li bilan ko'maklashadi;

tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari o'rtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sug'urta va boshqa xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tadbirkorlik faoliyati sub'ektlariga ko'maklashadi.

Davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



44-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o'z vakolatlari doirasida:

tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini himoya qilishning qo'shimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy soliqlar bo'yicha imtiyozlar belgilaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



45-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan rag'batlantirilishi

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag'batlantirish:

tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan chet el investitsiyalarini), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;

eksport-import operatsiyalari, xalqaro ko'rgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini ko'rish;

tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini ularning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa axborot bilan ta'minlash;

soliqlar, boshqa majburiy to'lovlar va tariflar bo'yicha imtiyozlar hamda preferentsiyalar belgilash orqali amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag'batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa yo'llar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

46-modda. Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash fondlari

Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fondlar tashkil etilishi mumkin.



47-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga energiya manbalari iste'moli borasidagi imtiyozlar

Qishloq xo'jalik tovarlari ishlab chiqaruvchilar uchun energiya manbalari bo'yicha belgilangan imtiyozli tariflar qishloq joylarda joylashgan hamda faoliyatni amalga oshirayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga tatbiq etiladi.



48-modda. Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash

Davlat tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi rivojlantirilishini ta'minlaydi.

Qishloq joylardagi tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadi.

6-bob. Yakunlovchi qoidalar

49-modda. Tadbirkorlik faoliyati sub'ektini tugatish (uning faoliyatini tugatish)

Yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik faoliyati sub'ektini tugatish uning muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta'sis hujjatlari bilan tegishli vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga yoxud sudning qaroriga ko'ra amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik faoliyati sub'ekti tugatilayotganida bo'shatilayotgan xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.

Jismoniy shaxs bo'lgan tadbirkorlik sub'ektining faoliyatini tugatish uning qaroriga yoki sud qaroriga ko'ra amalga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub'ekti uning tugatilishi (faoliyati tugatilishi) haqidagi yozuv ro'yxatdan o'tkazuvchi organning tegishli davlat reestriga kiritilganidan keyin tugatilgan (faoliyati tugatilgan) hisoblanadi.

Tadbirkorlik sub'ektini tugatish (uning faoliyatini tugatish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



50-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish

Tadbirkorlik sub'ektlari davlat organlari va boshqa organlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan o'z xohishiga ko'ra bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.

Bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berilganligi shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.

Tadbirkorlik sub'ektlari davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to'g'risida sudga murojaat qilganida davlat boji to'lashdan ozod etiladi.



51-modda. Nizolarni hal etish

Tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.



52-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.
Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish