Mavzu: Cho’kishni nazorat qilib borishning trigonometrik niverlash usulining mazmuni Reja



Download 25,72 Kb.
bet2/2
Sana13.06.2022
Hajmi25,72 Kb.
#661780
1   2
Bog'liq
Cho’kishni nazorat qilib borishning trigonometrik niverlash usulining

Cho‘kishni kuzatish davri. Qurilayotgan inshootlar cho‘kishini kuzatish poydevor qurilishidan boshlanadi.Agarda birinchi kuzatish bosqichi kechiktirilib boshlansa,u holda keyingi kuzatishlar sezilarli darajada mohiyatini yo‘qotadi.
O’lchash davri inshoot cho‘kishining vaqtga nisbatan o ‘zgarishiga (tezlashish yoki sekinlashish) bog‘liq.Kuzatishlar ko‘rsatishicha, bino va inshootlar cho‘kishining davom etishi (davri) toq jinslarining litologik va fiziktuzilishiga bog‘liq. Cho‘kishlaming ko‘pchilik qismi qurilish jarayonida tugaydi, lekin ba’zan oylar va yillar cho‘zilishi
mumkin. Toshloq va qumaloq joylarda cho‘kish tez tugaydi. Aksincha, loy tuproq joylarda cho‘kish jarayoni ko‘p oylar va yillarga cho‘ziladi.
Cho‘kishning asosiy qismi inshoot qurilishi jarayonida, ya’ni uning 50% dan 85% gacha qurilgan vaqtiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bino va inshootlar cho'kishini kuzatish bosqichlari soni, qurilish jarayonida poydevorga bo‘lgan og‘irlikning ortib borishiga qarab aniqlanadi. Birinchi bosqich kuzatish poydevor qurilgandan keyin, inshoot umumiy
og‘irlikning 25% ni tashkil etganda boshlanadi. Cho‘kishni kuzatishning keyingi bosqichlari unga bo‘lgan og‘irlik inshoot
to‘Iiq og'irligining 50, 75, 100% ni tashkil etgan davriarda
amalga oshiriladi.
Deformatsiyani aniqlash uchun joylashtiriladigan belgilar holati qabul qilingan o ‘lchash usuliga bog‘liq. Inshootlar va ular poydevorlarining cho‘kishini kuzatish uchun quyidagi geodezik usullardan foydalaniladi:
a) qisqa vizir chiziqli (25 m gacha) geometrik nivelirlash;
b) qisqa vizir chiziqli (100 m gacha) trigonom etrik nivelirlash;
d) gidrostatik nivelirlash;
e) fotogrammetrik va stereofotogrammetrik plan olish. Noyob inshootlarni kuzatishda mikronivelirlash usuli ham qo‘llanilishi mumkin.
Cho‘kishning absolut qiymatini aniqlash uchun bosh-lang‘ich deb qabul qilingan reperda nivelirlash amalga oshiriladi. Nisbiy c h o ‘kishlar inshootning nuqtalari orasidagi o‘lchashlar farqidan olinadi.
Cho‘kishni kuzatishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul yuqori aniqlikdagi geometrik nivelirlash hisoblanadi. Nivelirlash cho‘kish markalari deb qabul qilingan belgilar bo‘ylab amalga oshiriladi. Bu belgilar inshoot poydevoriga o ‘rnatilgan bo‘lib, ular inshoot bilan birga tavsiflanadi, demak, ularni kuzatish orqali inshootning alohida qismlari cho‘kishini aniqlashimiz mumkin.Cho‘kish m arkalari kuzatilayotgan inshootdan m a’lum masofada, cho‘kish voronkasidan chekkada joylashgan reperlar tarmoqiga nisbatan aniqlanadi. Bu reperlarning balandlik
holatlari barqarorligi cho‘kishni kuzatish davomida saqlanib
qolishi kerak. Belgilarni joylashtirish loyihasi. Inshootlar alohida
nuqtalarining tik va gorizontal siljishini aniqlashda cho‘kish markalari va geodezik asos belgilarini joylashtirish asosiy ishlardan biri hisoblanadi. Siljishni aniqlash sifati va batafsilligi belgilarning to‘g‘ri joylashtirilganligi va soniga bog‘liq. Inshootlarga kuzatish belgilarini joylashtirish loyihasi poydevor konstruksiyasi, gidrologik va geologik sharoitlarni hisobga olgan holda tuziladi. Cho‘kish markalari iloji boricha bir xil sathda, binolar burchagiga joylashtirilishiga harakat qilinadi. G ‘isht devorli yashash va jam oat binolari uchun cho‘kish markalari poydevor perimetri bo‘ylab, 10—15 m oraliqda
joylashtiriladi. Sanoat inshootlari va karkasdan bo‘lgan yashash va jamoat
binolari uchun cho‘kish markalari ustunlarga bino perimetri
bo‘ylab joylashtiriladi.Aylana shaklidagi inshootlar uchun to‘rttadan kam bo‘lmagan cho'kish markalari perimetr bo‘ylab o ‘rnatiladi.
Markalar joylashishi sxemasi bino va inshootlar poydevorlari planida loyihalanadi. Har bir marka tartib raqami bilan belgilanadi. Cho‘kish markalari turlari. Oddiy ko‘rinishdagi marka 15 sm uzunlikdagi armatura yoki tem ir bo‘lagidan iborat.


Yuqori aniqlikdagi kuzatishlar uchun esa turli xildagishkalali markalar qo‘llaniladi. Bu turdagi markalar reykasifatida foydalaniladi va nivelirlash aniqligini oshiradi. Boshlang‘ich nivelirlash asosi. Qo‘yilgan talab va kuzatish
aniqligiga bog‘liq bo4lgan holda quyidagi reperlar boshlang‘ich
(asos) bo‘lib xizmat qilishi mumkin: chuqurlikdagi fundamental reperlar — yerning mustahkam, turg£in qatlamiga o‘rnatiladi; yer grunt reperlari — yerning muzlaydigan qatlamidan pastda o‘rnatiladi;
devoriy belgilar — poydevor cho‘kishi qariyib tugagan bino va inshootlar devoriga o ‘rnatiladi. Yer va devoriy reperlar o ‘rnatiladigan bino va inshootlar ta’sir maydonchasidan tashqarida joylashgan bo‘lishi kerak.
Sanoat inshootlari uchun yer reperlarining inshootdan uzoqlashuvi 70—80 m dan kichik bo‘lmasligi kerak. Gidrotexnik inshootlar qurilishida yer reperlari cho‘kish zonasidan tashqarida joylashishi kerak. O datda, ular daryoning ikkala qirg‘og‘iga 0,5—0,1 km masofada plotina stvoridan pastda joylashtiriladi. Yer ishchi reperlari imkoniyat boricha bino va inshootlar yaqiniga joylashtiriladi. Ayrim hollarda reperlar plotinalarning ham pastiga, ham ustki qismiga o ‘rnatiladi. Bunday rep erlarn i m untazam ravishda nivelirlash, suv omboridagi suvning ko‘payib borishi mobaynida plotinaning mustahkamligi haqida bitib borishga imkon beradi. Chuqurlikdagi reperlarga qo‘yiladigan asosiy talab, ularning cho‘kishini kuzatish davridagi mustahkamligi va barqarorligi hisoblanadi. Ishchi reperlarga bunday talab qo‘yilmaydi. U lar o ‘zlarining mustahkamligini faqatgina m a’lum o ‘lchash siklidagina saqlashni talab etadi. C ho‘kishni II va III sinf nivelirlash orqali o ‘lchashda boshlang‘ich asos sifatida yer
reperlari ham da bino va inshootlar devorlariga o ‘rnatilgan reperlarni qo‘llashga ruxsat beriladi. Yer reperlarining soni uchtadan kam bo‘lmasligi, devoriy belgilar esa to crttadan kam bo’lmasligi kerak. Boshlang‘ich (asos) reperlar o ‘matilgandankeyin ularning birortasiga yaqinroqda joylashgan geodezik balandlik tarmog’i nuqtasidan otmetka uzatiladi.
quvursimon yer reperlarining ustki qismi sferik shakldan
iborat bo‘lib, 50—80 mm diam etrdagi quvursimon asosga
mahkamlangan. Montaj vaqtida reper asosi tayyorlangan quduqqa tushiriladi va betonlanadi. Joy sharoitiga mos ravishda turli xildagi reperlar qo‘llanilishi mumkin. Invar strunali reper, ikki strunali reper, bimetall reperlar shular jumlasidandir.
Download 25,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish