Mavzu: Cho’kishni nazorat qilib borishning trigonometrik niverlash usulining mazmuni Reja



Download 25,72 Kb.
bet1/2
Sana13.06.2022
Hajmi25,72 Kb.
#661780
  1   2
Bog'liq
Cho’kishni nazorat qilib borishning trigonometrik niverlash usulining


Mavzu:Cho’kishni nazorat qilib borishning trigonometrik niverlash usulining mazmuni

Reja
1.Cho’kishni nazorat qilib boorish.
2.Cho’kishni nazorat qilib borishning trigonometrik usuli.
3.Niverlash usuli.

Yumshoq tuproqlarda quriladigan inshootlar uchun,cho‘kish tezligiga bog‘liq ravishda, qo‘shimcha kuzatish bosqichlari bajariladi. Inshootning to‘liq og‘irligiga erishilgandan keyin, cho‘kish turg‘unlashgunga qadar, yiliga 2—3 marta o’lchash davom ettiriladi. C ho‘kish qiym ati 1—2 mmni
tashkil etgandan keyin kuzatish to ‘xtatiladi.Cho‘kishni bashorat qilish. Hozirgi kunda amalda cho‘kishni o ‘lchash natijalari bilan mos keladigan natijalar beradigan hisoblash usullari qo‘llanilmoqda. Ammo ayrim hollarda sezilarli farqlar ham kuzatiladi. Hisoblar natijalarining ishonchliligini tekshirish uchun turli xil formulalar yordamida maxsus kuzatishlar o ‘tkazilgan. Bu kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, barcha qo‘llaniladigan formulalar qariyib bir xil natijalar beradi. Kuzatilgan farq
qilish holatlarining asosiy sababi, nazariy form ulalarning noto‘g‘ri tuzilganligida emas, balki hisoblarda foydalaniladigan tog‘ jinslarining barcha xossalarini yetarlicha aniq bilib olish qiyinligidadir. Gidrogeologik sharoitlar, inshoot turi va uni qurish usullarini hisobga olish katta ahamiyatga ega. Shu sababli inshootlar ch o ‘kishini basharot qilishda empirik formulalarni joydagi kuzatish natijalari bilan qo'shish usullari
maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.Poydevor cho‘kishini kuzatish natijalariga asosan analitik ravishda qayrilma tanlanadi. Bu qayrilma cho‘kish jarayonini tavsiflaydi, ya’ni cho‘kishning matematik modeli tuziladi.Poydevorlar cho‘kishini kuzatish gidrostatik nivelirlash usulida am alga oshirilishi mumkin, bunda nivelirlash ikki xil tartibda: birinchisi - cho'kish markalarining otmetkalarini ko‘chiriladigan gidrostatik asbob yordam ida; ikkinchisi, poydevor perimetri bo‘ylab qo‘zqalmas gidrostatik tizimlarni o’rnatish.
Tajribalar ko‘rsatadiki, gidrostatik nivelirlash, asosan, tor yerto‘la sharoitida, o ‘matish noqulay bo‘lgan yoki kuzatuvchi ishlashi qiyin yoki xavfli sharoitda joylashgan poydevor va qurilish konstruksiyalarining cho‘kishini kuzatishda qo‘llaniladi. Gidrostatik nivelirlashda asosiy xatoliklar tashqi muhit ta’sirida yuzaga keladi. Bunday ta’sirlarni kamaytirish maqsadida o ‘lchashlar kechki yoki ertalabki vaqtlarda bajarilishiga harakat qilinadi. Atmosfera bosimining o ‘zgarishi ham idishlarga suyuqlikning teng tarqalishiga ta ’sir etadi. Buning oldini olish
uchun idishlarga quyiladigan suyuqlikka 0,1% form alin
qorishmasi qo‘shiladi.Poydevor cho‘kishini kuzatishning trigonometrik nivelirlash usuli. Bino va inshootlar cho‘kishini aniqlashda geometrik
va gidrostatik nivelirlash usullarini qo‘llash qiyin bo‘lgan sharoitlarda trigonometrik nivelirlash qo‘llaniladi. Bunday holatlar asosan tog‘ sharoitlarida sodir bo‘ladi.Trigonometrik nivelirlash qisqa vizirlash nurida (100 m gacha) reyka qo‘llash orqali bajariladi. Qo‘zg‘almas deb qabul qilingan, asos punktga nisbatan aniqlangan siljish absolut gorizontal siljish deb qabul qilinadi. Inshootning qandaydir nuqtasiga nisbatan siljishi nisbiy siljish deyiladi.Qurilish me’yori va qoidalari (QMQ) ga asosan bino va
inshootlar qismlarining gorizontal siljishini kuzatish quyidagi
aniqliklarda bajarilishi talab etiladi:
1 mm — toshloq va yarim toshloq joylarda qurilgan bino va inshootlar uchun;
3 mm — qumloq tuproq va boshqa siqiluvchan tuproqda qurilgan binolar uchun;
5 mm — toshlardan ko‘tarilgan yuqori bosimli plotinalar uchun;
10 mm — ko‘mma, cho‘kuvchan va kuchli siqiluvchan tuproqlarga qurilgan bino va inshootlar uchun.
Noyob inshootlar uchun kuzatish aniqligi texnikaviy hisoblarga asosan belgilanadi. Gorizontal siljishni o ‘lchash muddatlari tuproq xususiyatiga, inshoot turiga hamda qurilish va montaj ishlariga bog‘liq holda belgilanadi.
Kuzatishning b irin ch i bosqichi o ‘rnatilgan kuzatish (asos) belgilari holati barqarorlashgandan keyin va inshootga hali gorizontal kuch ta’sir etmasdan bajaraladi. 0 ‘lchash 2—3 marta amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqich kuzatish ishlari inshootga kuch ta’sir etish boshlanishi bilan birdan bajariladi. Keyingi o ‘lchashlar inshootga ta’sir etuvchi kuchlar ortib borishiga bog‘liq holda o ‘tkaziladi. Inshoot foydalanishga Kuzatish asosan bahorda yoki kuzda, tem peratura va yer osti suvlari sathi
o ‘zgarishi davrida bajariladi. Gorizontal siljishni kuzatish ishlari uning qiymati 1 -2 mm ni tashkil etgunga qadar amalga oshiriladi.
Reperlar otmetkasini fasllardagi temperatura o ‘zgarishi sezilarli darajada o o’zgartiradi. Shuning uchun fundamental reperlarning kuzatilayotgan poydevor bilan bir xil tem peraturada boMishiga harakat qilinadi. Ko‘pgina sanoat inshootlarini kuzatishda nivelirlashning II sinf usulubi qo‘llaniladi. U H -l, H-2 va N i 007 turdagi nivelirlar yordamida bajariladi. Nivelirdan reykalargacha bo‘lgan masofalar farqi 1 m dan katta bo‘lmasligi, yopiq yo‘l uchun ularning yig‘indisi 3—4 m dan katta bo‘lmasligi kerak. Vizir chizig‘i uzunligi 30 m dan oshmasligi kerak.
Yer inshootlari ham da kuchli siqiladigan tuproqlarda barpo qilinadigan inshootlar cho‘kishini kuzatish III sinf nivelirlash usulida bajarilishi mumkin. Bunda H3 va Ni 007 turdagi nivelirlar va ikki tomonlama santimetr bo'lakli reyka qo‘llaniladi. Nivelirlash ikkita asbob gorizontida, bitta yo‘nalishda bajariladi. Vizirlash nuri uzunligi 40 m dan oshmasligi
kerak. Vizir chizig‘i balandligi 0,3 m dan kichik bo‘lmasligi, nivelirdan reykalargacha bo‘lgan masofalar farqi 2 m dan oshmasligi, ularning nivelirlash yo‘lidagi yig‘indisi esa 5 m dan oshmasligi kerak.
Ko‘pgina bir xil andazali inshootlar poydevorlari cho‘kishini kuzatish aniqligi I yoki II sinf nivelirlash usuli yordamida ta’minlanadi. Faqatgina ayrim hollardagina cho‘kishni aniqlashda yuqori aniqlikda nivelirlashning maxsus usullari qo‘llaniladi. Nivelirlashning I sinf uslubida poydevor cho’kishini aniqlash asbobning ikki gorizontida, to ‘g‘ri va teskari yo‘nalishda, yuqori aniqlikdagi nivelirlar H-05 va Ni 002 yordamida bajariladi. Nivelirlashda invarli reyka qo‘llaniladi. Nivelirlash yo‘li boshlangich (asos) reperdan boshlanib, shu reperda yoki boshqa reperda tugaydi. Vizirlash nuri uzunligi 25 m dan oshmasligi, uning yer yuzasidan yoki poldan balandligi 0,8 m dan kichik bo‘lmasligi kerak. Ayrim
hollarda, vizirlash nuri uzunligi 15 m dan oshmaganda, nurning balandligi 0,5 m bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Nivelirlash tashqi muhit qulay va reyka shtrixlari tasviri yetarlicha aniq ko‘rinadigan sharoitda amalga oshiriladi.
Inshoot ichkarisida joylashgan markalarga otmetka uzatish deraza va eshik tirqishlari orqali uzatiladi. Issiq va sovuq havo oralig‘ida nivelir o ‘rnatish tavsiya etilmaydi. Nivelirning burchak qiymati 20" dan katta bo‘lmasligi, stansiyalardagi yelka uzunligi farqi esa 0,4 m dan oshmasligi kerak.Yopiq nivelirlash yo‘lidagi yelka tengsizliklari yig‘indisi 2 m gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Ikkita asbob gorizontidan olingan nisbiy balandliklar farqi 0,8 mm dan oshmasligi kerak.
Qurilish me’yori va qoidalariga binoan bir xil andazadagi bino va inshootlar cho‘kishi aniqligining o ‘rta kvadratik xatoligi ms quyidagidan oshmasligi kerak (boshlang‘ich reperga nisbatan):
1 m m — toshloq va yarim toshloq joylarda barpo etiladigan inshoot va binolar uchun;
2 mm — qumloq va boshqa siqiluvchan tuproqlarda barpo etiladigan bino va inshootlar uchun;
5 mm — ko‘mma va boshqa kuchli siqiluvchan tuproqli joylarda quriladigan bino va inshootlar uchun.


Download 25,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish