1. Mavzu. Loyiha qidiruv ishlari



Download 69,71 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2023
Hajmi69,71 Kb.
#906611
  1   2
Bog'liq
1. Mavzu7 2


1. Mavzu. Loyiha qidiruv ishlari.
Reja.
1. Loyiha qidiruv ishlari bosqichlari.
2. Shahar yo‘li va ko‘chalarini texnik loyixasiga qo‘yiladigan talablar.
3. Shahar ko‘chalarini loyihalashtirish uchun zarur materiallar.


Tayanch so‘zlar va iboralar: qidiruv ishlari, rekonstruksiya, muxandislish inshootlari, trassa, shurf, reper, masshtab, vertikal rejalashtirish, loyixa, ishchi xujjat, smeta.
Shahar sharoitlarida qidiruv ishlari xarakteri, tarkibi va hajmi bo‘yicha shahar atrofi yo‘llaridagi qidiruvlarga ko‘p jihatdan o‘xshab ketadi. Biroq shahar sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan bir qancha xususiyatlari ham bor.
Yangi ko‘chalar qurish va mavjud ko‘chalarni rekonstruksiya qilish uchun qidiruv ishlari o‘tkazishda ko‘chaning yo‘nalishi va plani shaharni rejalashtirish ma’lumotlariga asosan belgilanadi. Ko‘cha planida odatda 1:500 masshtabda bazis-geodezik ishlar uchun asosiy tayanch chiziq belgilanadi. Uni ko‘cha o‘qiga parallel qilib qabul qilinadi va harakat geodezistlar ishiga halaqit bermaydigan qilib joylashtiriladi. Bazisning boshlang‘ich va oxirgi nuqtalari hamda burilish burchaklari joydagi doimiy nuqtalarga bog‘langan holda biriktirib qo‘yiladi.
Yer osti kommunikatsiyalari va muhandislik inshootlari soni juda ko‘p bo‘lganligi sababli geodezik ishlarni shahar sharoitlarida shahar atrofidagi yo‘llarga qaraganda katta aniqlik bilan bajariladi.
Trassani bazis bo‘yicha o‘lchab, joyda piketlarni 100 m oralatib belgilab boriladi. Barcha xarakterli joylarda plyus nuqtalar belgilanadi. Ko‘chaning batafsil va aniq planini olish uchun barcha piketlarda va plyus nuqtalarda qatnov qismi o‘qiga normal qilib, qizil chiziq yoki qurilish chizig‘i chegaralarigacha ko‘ndalang profillar rejasi belgilanadi. Trassani bazis bo‘yicha nivelirlab, yaqindagi hamma mavjud reperlarga albatta bog‘lanadi. Ko‘ndalang profillar rejasini tuzish va nivelirlashda tramvay yo‘li, er osti kommunikatsiyasi quduqlarining qopqoqlari, binoga kirish joylari, hovliga kiriladigan yo‘llar, erto‘la qavatlarining derazalari, suv qabul qilish panjaralari, ariqlar, qatnov qismining o‘qi va novlari belgilab qo‘yilishi zarur. Binolar qurilmagan uchastkalarni kirish yo‘li o‘qi chizig‘i bo‘yicha, yo‘lka chetidan hisoblaganda, 20 m masofada nivelirlanadi.
Maydonlarni loyihalash uchun qidiruv ishlari olib borilganda uchastkalarni, maydonning relefi va katta-kichikligiga qarab, tomonlari 10...20 m bo‘lgan kvadratlarga bo‘linadi. Maydon kvadratlar bo‘yicha nivelirlanadi.
Ayni bir vaqtda tuproq-grunt va gidrologik tekshirishlar bajariladi. SHurflar o‘rtacha 100 m oralatib qaziladi. Chuqur o‘ymalar bor yoki sizot suvlari yuzaga yaqin turgan uchastkalarda burg‘ilash ishlari bajariladi. Bu tekshirishlar ma’lumotlari bo‘yicha tuproq-grunt profili tuziladi va qatnov qismining konstruksiyasi loyihalanadi, yoki agar kerak bo‘lsa, zovurlar va ko‘pchishga qarash tadbirlar loyihalanadi. +idiruvlar vaqtida mavjud er osti inshootlarining joylashgan eri, o‘lchamlari va holati aniq belgilanishi zarur. Bunda er osti xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning materiallari (planlari, chizmalari) dan foydalanish mumkin. qidiruvlar vaqtida to‘plangan materiallar va qidiruvlarni bajarish topshirig‘ida ko‘rsatilgan boshlang‘ich ma’lumotlar asosida bir bosqichli ishchi loyihasi ishlab chiqiladi, murakkab sharoitlarda esa avval loyiha tuziladi, so‘ngra qo‘shimcha qidiruv ishlaridan keyin ish hujjatlari tuziladi.
Shahar ko‘chasini qurish loyihasiga quyidagi materiallar kiradi:

  • Ko‘chaning 1:500 yoki kamdan-kam 1:2000 masshtabdagi plani, unda qatnov qismining, yo‘lkalar, velosiped yo‘lkalari, daraxt (buta)- zorlar, tramvay yo‘lining umumiy kengligi va o‘lchamlari, yoritkichlar, hovlilarga kirish yo‘llarining joylashuvi va transportning harakatlanish sxemasi ko‘rsatiladi;

  • 1:500 masshtabda vertikal rejalashtirish loyihasi;

  • 1:2000 gorizontal, 1:200 yoki 1:100 vertikal masshtablarda ko‘ndalang profillar;

  • 1:2000 yoki 1:1000 gorizontal, 1:200 yoki vertikal masshtablarda bo‘ylama profil;

  • 1:200...1:500 masshtabda maydonlar, chorrahalar va xarakterli uzellarning planlari;

  • suv chetlatish loyihasi. Bunga novlarning plani va bo‘ylama profili, suv qabul qilish quduqlarining chizmalari va boshqalar kiradi;

  • yo‘l poyi, qatnov qismi, yo‘lkalar, maysazorlar, suv chetlatish inshootlarini barpo qilish bo‘yicha ish hajmlarining vedomosti;

  • ishlarni tashkil etish loyihasi;

  • tushuntirish xati, unda qatnov qismining belgilangan kengligi, yo‘l to‘shamasining konstruksiyasi, shuningdek, ishlarni bajarish va tashkil etishning qabul qilingan usullari asoslanadi. Loyiha xatining alohida bo‘limida suv chetlatish va muhandislik inshootlarini hisoblash bo‘yicha ma’lumotlar keltiriladi;

  • qurilish yig‘ma (jamlama) smetasi.

Ishchi hujjatlarida loyihada qabul qilingan echimlar aniqlashtiriladi, mahalliy konkret sharoitlarni hisobga olgan holda ishlarning hajmlari birmuncha aniqroq va batafsilroq aniqlanadi. Ishlarni tashkil etish loyihasiga ishlarning oqim (potok) usuli qo‘llangan holda tuzilgan chiziqli grafik kiradi. Qurilish ishlari qiymati yig‘ma smeta hisoblashi bo‘yicha aniqlanadi.












Download 69,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish