Mavzu: Chiziqli avtomatik rostlash sistemalari. Reja: Kirish I bob. Avtomatik rostlash haqida tushuncha



Download 352,38 Kb.
bet8/8
Sana28.01.2023
Hajmi352,38 Kb.
#904489
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Inamova

2.3 Rostlash jarayonining sifati
Biror avtomatik rostlash tizimining amalda ishlatilishi uning turg‘unlik talablarini bajarishiga bog‘liq (bular faqat zarur bo‘lgan shartlardir). ART ning ishlatilishi uchun yetarli bo‘lgan shart — tizimning talab qilingan rostlash sifatini ta’minlash qobiliyatidir. Bu sifat rostlash tizimidagi o‘tish jarayonlarining shakliga bog‘liq.
Tizimning turli parametrlari rostlash jarayoniga ko‘rsatilgan differensial yoki xarakteristik tenglamalarning umumiy ko‘rinishini yechish uchun lozim.
Agar tizim to‘rtinchi tartibdan yuqori bo‘lsa, yechish mumkin bo‘lmaydi, chunki uning ildizlari radikallar orqali ifodalanmaydi. Shuning uchun rostlash sifati, ya’ni turg‘unlik darajasi bilvosita integral yoki xususiy tahlil yordamida baholanadi. Amalda rostlash sifatini integral baholash usuli bilan baholash keng tarqalgan.
Integral baholash usuli — ma’lum integralni rostlanadigan parametrdan chetga chiqishida hisoblashga asoslanib, differensial tenglamalami yechishni talab qilmaydi. Rostlash sifatini chiziqli kvadratik va tuzatilgan kvadratik baholash usullari mavjud. Bu baholashlar rostlash jarayonining bir yo‘la ikki tomonini: so‘nish tezligi va o‘tish jarayonidagi rostlanuvchi parametrning chetga chiqish kattaligini ta’riflaydi. Chiziqli integral baholash I1 O‘tish jarayonining sifati rostlanuvchi parametrning berilgan qiymatdan chetga chiqishi va rostlash vaqti orqali aniqlanadi. O‘tish jarayonining egri chizig‘i ostidagi yuza bu ikki faktorni o‘z ichiga olib, shu yuza qanchalik kichik bo’lsa, qolgan shartlardagi rostlash jarayonining sifati shuncha yaxshi bo‘ladi. Rostlashning vazifasi tizimdagi o‘tish tavsifi sifatining chiziqli integral baholashning eng kichik qiymatini ta’minlashdan iborat:

Chiziqli integral baholash mezonining kamchiligi uning nodavriy jarayonlarga yaqin bo’lgan jarayonlarni ta ’minlovchi tizimlar uchun ishlatilishidir. Tebranishli o‘tish jarayonlarining sifatini baholash uchun bu mezondan foydalanib bo‘lmaydi, chunki o‘tish jarayonining musbat yarim to‘lqinlari manfiy yarim to‘lqinlar bilan almashib turadi; bu yarim to’lqinlar yuzasining ishorasi ham ketma-ket qarama-qarshi ishoralar bilan almashinib turadi.
Kvadrat integral baholash I2. Nodavriy va tebranishli o‘tish jarayonlari uchun rostlash jarayonining sifatini kvadrat integral baholash I2 usulini qo‘llash maqsadga muvofiqdir:

Bunday baholash (t) egri chiziq va abssissalar o‘qi bilan cheklangan yuzani hosil qiladi. tengsizlikning ishorasi o‘zgarganda, rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatining chizig‘ini ikki tomonida joylashgan yuzalarining mutlaq qiymatini jamlashga xalaqit bermaydi. Alohida yuzalarning qiymatini hisoblashda ordinataning o‘rniga uning kvadrat qiymati hisobga olinadi.
Bu mezonning ma’nosi shundaki, I2 integral kattalik qancha kichik boisa, rostlashning sifati shuncha yaxshi boiadi. Shunday qilib, kvadrat integral balansni qo’llash I2 integralning eng kichik qiymatini ta’minlovchi parametrlar izlashni nazarda tutadi.
I2 integral baholashning minimal qiymatga ega boigan ikkita (masalan, va S x parametrini topish kerak boisa, integral baholashni shu S0 va Sl parametrlar funksiyasida yozish va I2(S0, St) funksiyaning xususiy hosilalarini nolga tenglashtirish kerak:


Xulosa
Bugungi kunda hayotimiz davomida eng ko‘p uchraydigan so‘z avtomatika bo‘lib qoldi desak adashmagan bo’lamiz.Shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda barcha sohada avtomatika,avtomatik boshqaruv kabi atamalar keng qo’llanilmoqda.
Avtomatik rostlash — texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bunda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) ishlashini nazorat qiladi. Avtomatik tizimlar bir-birlari bilan ma’lum ketma-ketlikda bog’langan bo’lib, har biri tegishli vazifani bajaruvchi alohida elementlardan iborat. Mustaqil funksiyani bajaruvchi, avtomatik tizim tarkibining biror qismi avtomatika elementi deyiladi. Avtomatika elementlarini ularning funksional vazifasiga ko‘ra tasniflash maqsadga muvofiq.
Mustaqil ishini bajarish davomida Avtomatik rostlagichlarni tuzilishi qaysi sohada qollanilishi kabi ma’lumotlarga ega bo’ldim.Avtomatik rostlagichlar chiziqli va nochiziqli rostlagichlarga bo’linadi. Chiziqli avtomatik rostlagichlarni turg’unligi uning xarakteristikalari haqida bilib oldim.
Avtomatik rostlash tizimining tahlili faqat harakatdagi tizimlarga taalluqli.
ARTlarning sintezi vazifalari yangi rostlash tizimlarini loyihalash davrida ko‘tariladi.
ARTning tahlili tarkibiy elementlar bo‘yicha differensial tenglama tuzish, uni
echish va o‘tish jarayonining grafiklarini aniqlashdan iborat. Grafiklar amaldagi
tizimning sifatini aniqlaydi.
O‘rgangan ma’lumotlarim kelgusi ishlarimizda qo’l keladi deb o‘ylayman.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.D.A.Mirahmedov «Avtomatik boshqarish nazariyasi». T.O’zbekiston. 1993.
2. N.R.Yusufbekov va boshqalar. «Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish ». Т. O’zbekiston. 1982 y.
3.V.L.Popov.,Yu.A.Tyutyunnikov. «Автоматизиция производственных процессов в тракторном и сельскохозяйственном машиностроении».М.,ВО. «Агропромиздат».1990
4. Yusupbekov N.R., Igamberdiyev X.Z., Malikov A. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish asoslari. — Т.: ToshDTY, 2007. — 237
5. N .R . YUSUPBEKOV, B .I. MUHMMEDOV, S H .M . G‘ULOMOV “TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QILISH VA AVTOMATLASHTIRISH”
Download 352,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish