Mavzu: Chiziqli avtomatik rostlash sistemalari. Reja: Kirish I bob. Avtomatik rostlash haqida tushuncha


I Bob. Avtomatik rostlash haqida tushuncha



Download 352,38 Kb.
bet2/8
Sana28.01.2023
Hajmi352,38 Kb.
#904489
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Inamova

I Bob. Avtomatik rostlash haqida tushuncha.
Hozirda texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik rostlash deganda berilgan jarayonni xarakterlovchi kattalikni doimiy ravishda o‘zgarmas tarzda ushlab turish yoki uni oldindan berilgan qonuniyat bo‘yicha o‘zgarishini ta’minlash tushuniladi. U obyekt holatini yoki unga ta'sir qiluvchi ta'sirlami o‘lchash asosida obyektni rostlovchi organiga ta’sir qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Avtomatik rostlash — texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bunda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik sistemalami loyihalashda ularga turli-tuman talablar qo'yiladi. Bu talablami quyidagi turkumlarga ajratish mumkin:
- sistema barqarorligi qiymatiga qo‘yiladigan talablar;
- barqarorlashgan tartibda rostlanuvchi parametming og‘ish qiymatiga qo‘yiladigan talablar;
- o‘tkinchi jarayonlarda sistema holatiga qo‘yiladigan talablar.
Avtomatik boshqarish nazariyasida quyidagi ikkita masalani yechishga to‘g‘ri keladi:
- mavjud avtomatik boshqarish sistemasini tadqiq qilish;
- berilgan talablar bo‘yicha sistemani loyihalash;
- sistemani sintezlash masalasi.
Birinchi holda sistemaning unga qo'yilgan talablarni qay darajada qanoatlantira olishi aniqlanadi va bu masala sistemaning tahlili (analizi) deb yuritiladi. Ikkinchi holda esa masala avtomatik sistemani qurishni, avtomatik boshqarish sistemalariga qo‘yilgan talablar bajarilishini ta’minlovchi boshqarish prinsipi va sxemasini, ularning alohida elementlari va parametrlarini tanlashni o‘z ichiga oladi
Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishning vazifasi rostlagich yordamida rostlanuvchi obyektdagi kerak bo’lgan texnologik sharoitni avtomatik ravishda saqlash, agar bu sharoit buzilsa, uni qayta tiklashdan iboratdir. Avtomatik rostlash vaqtida (rostlanuvchi obyektga rostlagichning ta ’siri tufayli) rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati berilgan qiymatga teng yoki shunga yaqin bo’ladi.
Avtomatik tizimlar bir-birlari bilan ma’lum ketma-ketlikda bog’langan bo’lib, har biri tegishli vazifani bajaruvchi alohida elementlardan iborat. Mustaqil funksiyani bajaruvchi, avtomatik tizim tarkibining biror qismi avtomatika elementi deyiladi. Avtomatika elementlarini ularning funksional vazifasiga ko‘ra tasniflash maqsadga muvofiq. Avtomatik tizim elementlarining tarkibiga kiruvchi funksional bog’lanishni ifodalovchi sxema funksional sxema deb ataladi. Bundan tashqari, shu avtomatik tizimni turli dinamik xususiyatlarga ega bo’lgan va bir-birlari bilan bog’langan sodda bo‘g‘inlar shaklida tasvirlash ham mumkin. Bu holda avtomatik tizim sxemasi bo‘g‘inlarning bog’lanishini aks ettiradi va tizimning tuzilish sxemasi deyiladi. Rostlanuvchi obyekt va avtomatik rostlagich birligi avtomatik rostlash tizimini (ART) tashkil qilib, rostlash konturi nomli berk zanjirni hosil qiladi. Bu zanjir ARTning tuzilish sxemasiga emas, balki funksional sxemasiga tegishlidir.


    1. Download 352,38 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish