Mavzu: Byudjet taqchilligi va uning ortiqchaligining paydo bo’lishi Reja: Kirish Asosiy qism


Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati



Download 151,58 Kb.
bet2/6
Sana28.04.2022
Hajmi151,58 Kb.
#588153
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ROHATOY

Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati 
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish) munosabatlarining 
bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga mamlakatda yaratilgan yalpi ichki 
mahsulot (milliy daromad)ning nisbatan kattagina qismini to’plash va uni jamiyat 
taraqqiyotining turli sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, 
madaniyat, ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) rivojlanishiga 
yo’naltirish imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasidir. 
Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi 
bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funktsiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida,
davlat byudjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, 
ular o’z navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinni egallashga imkon beradi. Uning ana shunday 
xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir 
mamlakatda davlat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xislati ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslari asosiy taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda kattakuch bilan namoyon bo’ladi. 
Yagonalik va yuqori darajada markazlashuv davlat byudjetining muhim 
xususiyatlaridandir. Davlat byudjetiga xos xususiyatlar mablag’lar bilan
byudjet siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat byudjeti 
deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: 1) 
davlat miqyosida yalpi ichki mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladi
iqtisodiy munosabatlar; 2) davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Yalpi ichki 
mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi sifatida davlat byudjeti boshqa 
xususiyatlarga ham ega. Yalpi ichki mahsulotning davlat byudjeti orqali 
taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi. 
Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan 
to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan 
tashqarida, byudjet resurslari sarflanayotganda taqsimlash va almashuv 
operatsiyalarining qayta qo’shilib ketishi sodir bo’ladi. Davlat byudjetining 
mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining 
mazmunini ko’rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Yalpi ichki mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o’zida, 
o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil bo’lgan uch bosqichga egadir: 1) 
umumdavlat pul fondini shakllantirish (byudjet daromadlari); 2) hududiy va 
ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli byudjet fondlarini yaratish; 3) 
byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari). 
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu bosqichlari bir 
vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu ularning nisbatan alohidaligini ham 
inkor etmaydi. Bu bosqichlarni bo’lish va ularni alohida-alohida ko’rib chiqish 
orqali byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari to’g’risida
osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul mablag’larining bir qismi davlatning qo’lida 
to’planishi sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida byudjet munosabatlari vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativlik) xarakteriga egadir. Bu 
bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki,
byudjetga tushuvchi mablag’lar ajratib olingan bo’lib, ular qat’iy chegaralanmaganUlarning barchasi hozircha yagona maqsadga — umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi. 
Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi: 
1) byudjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 
2) davlat byudjetining daromadlari. 
Davlat byudjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar), eng 
avvalo, to’lovchilarning xarajatlaridan iborat bo’lib, ularning daromadlaridan 
chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat byudjetida davlatning daromadlar
sifatida gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan 
ishtirokchilar (tomonlar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar
vujudga keladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo’lsa, 
bu narsa u yoki bu darajada to’lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini pasaytiradi.Davlat byudjetining daromadlari o’zining yaxlitlik
bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga — ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga 
xizmat qiladi. 
Byudjet daromadlari davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan o’zaro 
munosabatlarining aniq chegaralangan, aniqlangan qismini ifoda etadi. Bu 
munosabatlar xilma-xil bo’lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va 
umumlashtirilgan, abstrakt holda ishlab chiqarish (byudjet) munosabatlarining 
alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Byudjet daromadlari o’zlarining 
iqtisodiy tabiatiga ko’ra ob’ektiv bo’lib, ular davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va 
aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’ektiv zarurligi davlatning 
o’ziga xos funktsiyalarga ega bo’lgan mavjudligi bilan belgilanadi. 
Davlat byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki,
ular taqsimlash natijasi (byudjetga to’lovlar) va yanada taqsimlash ob’ekti
(byudjt ichidagi fondlarni shakllantirish va moliyalashtirish) sifatida maydongachiqadi. 
Demak, davlat byudjetining daromadlari aniq ifodalangan byudjet kategoriyasi 
bo’lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning byudjet 
mexanizmi orqali amalga oshiriladi. 
Davlat byudjetining xarajatlari xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama 
xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa — 
sub’ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning 
daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli 
fondlarni shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ikkiyoqlama xarakter davlat 
byudjeti xarajatlarining yakuniy emas, balki taqsimlash jarayonlarining oraliq 
bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu erda byudjet fondlarining egasi — davlat 
va pul mablag’larini oluvchilar — sub’ektlar o’rtasida yangi taqsimlash 
munosabatlari paydo bo’ladi. Daromadlar singari, davlat byudjetining
xarajatlari ham ob’ektiv iqtisodiy kategoriyadir. 
U kategoriya sifatida byudjetli taqsimlash 
munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt holda umumlashtiradi. 
Ularning moddiylashuvi byudjetdan sub’ektlarga pul mablag’larining teskari oqimi 
bilan xarakterlanadi. 
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda umumdavlat 
pul fondini shakllantirish, mablag’larni byudjetlar ichida taqsimlash va sub’ektlarni 
byudjetdan moliyalashtirish natijasida vujudga keladigan, o’zaro bog’langan 
taqsimlash munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi. . Davlat byudjeti ko’p 
sonli va bo’lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki mahsulot 
harakatining asosiy yo’nalishlarida namoyon bo’ladi.
Aynan byudjet iste’mol va jamg’arish fondlarining shakllanishida, iste’mol
fondining qismlarga ajralishiga
sof daromadning davlat va sub’ektlar o’rtasida bo’linishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. 
Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’rinishida qonuniy rasmiylashtirilgan, 
davlat pul fondlarini yaratish va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy
munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi. 
Davlat byudjeti ikki xil funktsiyani bajaradi: 
1) taqsimlash; 
2) nazorat. 
Davlat byudjetining taqsimlash funktsiyasi orqali uning mohiyati namoyon 
bo’ladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash 
munosabatlarining mazmunida yaqqol ko’rinadi. 
Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi 
(oraliq) bosqichidir; Shuning uchun ham davlat byudjetining taqsimlash 
funktsiyasi o’ziga xos bo’lgan xususiyatga ega bo’lib,
undan taqsimlangan yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi.
Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablag’lari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida 
maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi 
va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni 
shakllantirishga yo’naltiriladi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy 
sohaning barcha bo’linmalari bevosita yoki bilvosita bog’langandir. 
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Birinchi xususiyat umumiylik, universallik. Bu milliy iqtisodiyotni tezkor 
boshqarishda davlat byudjetining nazorat funktsiyasidan keng foydalanish uchun
sharoit yaratadi. 
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasiga tegishli bo’lgan ikkinchi xarakterli 
xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat byudjetining 
yuqori darajada markazlashtirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har 
doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishini, ma’lum 
ketma-ketlikda bo’ysunishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, o’z navbatida, 
yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit 
yaratib beradi. 
Kuchli majburiylik, imperativlik davlat byudjetining nazoratfunktsiyasiga 
tegishli bo’lgan uchinchi xususiyatdir. Byudjet davlatnikibo’lganligi uchun uning 
nazorat funktsiyasi milliy iqtisodiyotniboshqarish vositalaridan biri hisoblanadi. 
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasi1) davlat byudjetining daromadlarini 
oshirish uchun pulmablag’larini jalb qilish;2) mablag’larni sarflashning 
qonuniyligini 
ta’minlash;3) byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarishningsamaradorligini oshirishni ko’zda tutadi. 
Sub’ektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdadavlat 
byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko’rinishda bo’lishimumkin: 
— moliyaviy resurslarga bo’lgan yangi talabni kelgusi byudjetyilida 
byudjetning xarajatlari tarkibiga kiritish; 
— moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjudbyudjet 
resurslarini manyovr qilish, ya’ni byudjet kreditlarini birob’ektdan
ikkinchisiga o’tkazish yo’li bilan qondirish. Bundayimkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim 
sub’ektlarning o’zlarigataqdim etilgan moliyaviy resurslarni to’liq 
o’zlashtirishninguddasidan chiqa olmasligi bilan izohlanadi; 
— qo’shimcha ehtiyojni hukumatning zahira fondlari hisobidanqoplash va 
boshqalar. 


Download 151,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish