Mavzu: Bozor va uning tuzilishi Reja: Kirish


Ishlab chiqarilgan mahsulotning ijtimoiy ahamiyatini va ishchi kuchi qiymatini aniqlash funktsiyasi



Download 167,51 Kb.
bet7/10
Sana13.06.2022
Hajmi167,51 Kb.
#662489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
31 1Акрамов Жахонгир Бозор ва унинг тузилиши (1)

Ishlab chiqarilgan mahsulotning ijtimoiy ahamiyatini va ishchi kuchi qiymatini aniqlash funktsiyasi. Agar mahsulot sotilgan bo`lsa, u holda jamoatchilik tomonidan tan olinishi - uning jamoat foydaliligini tan olish. Albatta, bu funktsiya iste`molchi mahsulot tanlashda erkin bo`lganda amalga oshiriladi. Ya`ni, ushbu funktsiya tanqis bo`lmagan ishlab chiqarish sharoitida, ishlab chiqarishda monopol mavqe mavjud bo`lmagan sharoitlarda ishlashi mumkin; bir nechta ishlab chiqaruvchilar va ular o`rtasida raqobat mavjud bo`lganda.

Bozorning tarkibiy tuzilishi, bozor ko`lami.
Iqtisodiy aloqalar xarakteriga ko`ra bozor erkin raqobatli bozor va monopollashgan, raqobat cheklangan bozorlarga bo`linadi.
Erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar ko`pchilik bo`lib, ulardan xech biri bozorda hukmron mavqega ega bo`lmaydi, aksincha, ular doimo raqobatda bo`lishadi. Narx-navoni hech kim nazorat qilmaydi, narx bozorda erkin rivojlanadi. Monopollashgan bozor – bunda ozchilik sotuvchilar va xaridorlar hukmron bo`lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo`q bozor. Monopollashgan bozorning o`zi uch xil bo`ladi: monopol raqobatli bozor, oligopolistic bozor, sof monopoliya bozori.
Monopol raqobatli bozorda nisbatan ko`p bo`lmagan firmalar ishtirok etadi, ularning bozordagi xissasi katta bo`lmaydi, ular bozorda har xil, lekin bir-birining o`rnini bosa oladigan tovarlar bilan ishtirok etadilar, ulardan har biri boshqasi bilan raqobatlashadi.
Oligopolistik bozorda sanoqli ozchilik firmalar va kompaniyalar hukmron bo`ladi, lekin ular ham o`zaro raqobatlashadilar. Raqobat ko`p hollarda ishlab chiqaruvchilar bilan xaridorlar o`rtasida yuz beradi.

Oligopolistik bozorga misol qilib Yaponiya avtomobil bozorini olish mumkin. Bu yerda tovarlarning hammasi (100%) uchta firma – “Toyota”, “Xonda”, “Nissan” firmalari tomonidan ishlab chiqariladi. AQSH avtomobil bozorida esa “Ford”, “Kraysler”, “Djeneral motors” kabi konsernlar egalik qiladilar. Sof monopoliya bozorida sotuvchi sifatida bir firma tanho hukmron bo`ladi, butun bir tarmoq shu firmadan iborat bo`lib, undan boshqa tovar ishlab chiqaruvchi bo`lmaydi, uning tovarining o`rnini bosadigan boshqa tovar ham topilmaydi. Bu erda raqobat bo`lmaydi. Shunday bozorga misol qilib O`zbekistonda, UZ AVTO SANOAT kompaniyasini olish mumkin.
Monopsoniya bozori — bu yerda sotuvchilar ko`p bo`lgan holda xaridor yagona bo`ladi, ya`ni xaridor monopoliyasi bo`ladi. Bu bozor, odatda, resurslar bozorida mavjud bo`ladi. Bunga misol tariqasida qishloq xo`jaligida fermerlar tomonidan yetishtirilgan paxta va g`alla mahsulotlari davlat tomonidan xarid qilib olinishini keltirish mumkin.
Bozorning tarkibi, tuzilishi xilma-xil bo`lib, umumiy qabul qilingan turlari mavjud emas. Bozor munosabatlari bir-biriga bog`liq va bir-birini taqazo etuvchi murakkab ichki tuzilishga egadir-ki, uni izohlaganda har xil mеzonlar asos qilib olinadi. Bunda bozorning yеtuklik darajasi, sotiladigan, xarid qilinadigan tovarlar turi, bozor sub`еktlarining xususiyati, bozor miqyosi, bozorning joylashishi, iqtisodiy aloqalar xususiyati hisobga olinishi zarur.
1. Bozor eng avvalo mulk turlari bo`yicha: davlat, xususiy, aralash mulkka asoslangan bozorga bo`linadi.
2. Tovar ishlab chiqaruvchilar tarkibi bo`yicha bozor: davlat korxonalari, ijara, xususiy, oilaviy, koopеrativ, yakka tartibdagi xo`jaliklardan iborat bo`ladi.
3. Mamlakatda savdo-sotiqni tashkil etish turlari bo`yicha ham bozor turlanadi.
Bozor iqtisodiy ob`еktlari bo`yicha bir nеcha turga bo`linadi.
a) Istе`mol tovarlari va xizmatlar bozori: oziq-ovqat tovarlari bozori, nooziq-ovqat tovarlari bozori, xizmatlar bozori.
b) Ishlab chiqarish omillari bozori: Ishchi kuchi (mеhnat) bozori, ishlab chiqarish vositalari, xomashyo bozori.
v) Ko`chmas mulk bozori: yеr bozori, uy-joy bozori, mol-mulk bozori.
g) Moliya bozori: - pul bozori, invеstitsiya bozori, qimmatli qog`ozlar bozori, valyuta bozori, sug`urta bozori.
d) Axborot bozori – ilmiy-tеxnika ishlanmalar yoki intеllеktual tovarlar bozori.
Bozor tovar va xizmatlar bilan ta`minlash darajasiga qarab: to`yingan, to`yinmagan, taqchil, muvozanatlashgan bozorga bo`linadi.

Download 167,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish