Tizimning taftishi olingan ma'lumotlarning ishonchliligi, ishlab chiqarish nazorati, yaroqsiz materiallarni nazorat qilish, ishga yollash jarayoni, xavfsizlik kabi faoliyat turlarining samaradorligini baholashni nazarda tutadi. Bunday tekshiruv butun faoliyatni qamrab oladi va ko'p harajatli, mehnattalab jarayon hisoblanadi, ammo olingan natijalar tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega.
Shu kabi chuqur va har tomonlama tahlillarni tez - tez o'tkazish zarur. Bu, birinchi navbatda, tizimning uning mavjud bo'lish maqsadlariga muvofiqligini aniqlashdir. Bunda biror bir tizim almashtirishni talab qiluvchi yoki shunchaki kerakmas bo'lib ko'rinishi mumkin. Tizimning tekshiruvlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega, chunki ular yordamida butun tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyatini belgilaydigan mexanizmlarning samaradorligi baholanadi. Ular yordamida bo'linmalar doirasida tekshirishlar ham o'tkaziladi.
Tekshirishlar rejasini bajarishdan avval asosiy tizimlarning ro'yxati tuziladi va tashkilot uchun ahamiyati, o'zgarishlarning ehtimoliga bog'liqlikda har bir faoliyat turining muhimlik darajasi aniqlanadi. So'ngra har bir asosiy tizimni tekshirish tartibi tuziladi.
Tizim tekshiruvining muvaffaqiyatli o'tishi yuqori pog'ona rahbariyatidagi ma'lumotlarga ko'p jihatdan bog'liq. Rahbariyat butun diqqat - e'tibori bilan har bir chetlanishni ko'rib chiqishi kerak, chunki hatto sezilarsiz chetlanish ham muvaffaqiyatsizlikning belgisi hisoblanadi.
Bo'linmalar doirasida tekshirishlarni o'tkazish. Ko'plab tashkilotlar, firmalarda har bir bo'linma doirasida yillik tekshiruvlarni o'tkazish maqsadga muvofiq emas. Tizimlar ish yuritishining sifatini ta'minlash xizmati yiliga bir marta tekshirish uchun aniq bitta bo'linmani tanlashi mumkin. Bunda bo'linmaning qo'yilgan talablarga mosligini aniqlash kifoya. Birinchi navbatda yaqindagina rahbariyat almashgan yoki yangi xodimlarning oqimi kuzatilgan bo'linma tekshiriladi, chunki bu sohalar muammolarga to'la.
Bo'linmaning butun faoliyati tahlil qilinadi: bo'linmada o'rnatilgan tartiblarga rioya qilinish darajasi ko'rib chiqiladi va ularning samarali faoliyat yuritishini ta'minlash uchun boshqaruv usullari tahlil qilinadi. Odatda tekshirish bo'linmaning asosiy vazifasini o'rganish, faoliyatini tahlil qilish va rahbarning o'zini - o'zi baholashning nazorat ro'yxatini qayd qilishidan boshlanadi. So'ngra tekshirish bo'linma doirasida amal qilinayotgan butun boshqaruv tizimiga nisbatan tatbiq etiladi. Tekshiruvchilar unumdorlikni tahlil qiladilar, boshqaruv usullari va qo'llaniladigan tartiblarni xodimlar bilan muhokama qiladilar hamda bo'lim faoliyatining o'rnatilgan tizimlarga mosligini baholaydilar. Tekshiruvchilar bo'linma mahsulotlarining iste'molchilari bilan uchrashib, mahsulotning ular talablariga mosligini aniqlaydilar.
Bunday baholash asosida tekshiruvning ham ijobiy, ham salbiy natijalarini o'z ichiga olgan hisobot tayyorlanadi. Anglashilmovchiliklar bo'lmasligi uchun hisobot bo'linma rahbari bilan muhokama qilinadi. So'ng hisobotni yuqorida turuvchi rahbar ko'rib chiqadi, natijalardan samarali foydalanish maqsadida uni tahlil qiladi hamda hisobotga asoslanib tuzatish ta'sirlarining rejasini ishlab chiqib, uni yuqori rahbar va tizimlar ish yuritishining sifatini ta'minlash xizmatiga taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |