Kasbiy o'sish rejasi. Har bir xodim tegishli rahbar bilan hamkorlikda har yili o'zining kasbiy o'sish rejasini ishlab chiqishi mumkin. Yillik kasbiy o'sish rejasining tarkibi:
Xodimning uzoq muddatli maqsadlari - uning obro' orttirishga bo'lgan umidlari va kasbiy o'sish rejasining keyingi yaqin bosqichi.
Kasbiy o'sishning keyingi bosqichiga erishish uchun o'zi ustida ishlash ehtiyojlari.
Kasbiy o'sishning keyingi bosqichiga o'tishni va uzoq muddatli maqsadni amalga oshirishni ta'minlaydigan keyingi yil uchun xodimga beriladigan vazifa, masalan, sirtqi o'qish, kasbiy jamiyatda ishtirok etish.
Xodimning kasbiy o'sishini ta'minlovchi keyingi bosqichga tayyorgarlikda unga xizmat ko'rsatish bo'yicha tashkilotning vazifalari, masalan, tashkilotda o'qitish, tashkilotdan tashqari o'qitishga haq to'lash.
O'sish rejasi ustida ishlash tugaganidan so'ng u rahbar va bo'ysinuvchi tomonidan imzolanadi. Rahbar va bo'ysinuvchi rejaning bittadan nusxasini o'ziga olib qoladi. Yil davomida vaqti - vaqti bilan rahbar va bo'ysinuvchi birgalikda rejaning amalga oshirilishini ko'rib chiqadilar.
6.3 Takliflarni bildirish va ishni yaxshilash dasturlari. Takliflarni bildirish dasturi xodimga o'z ishini takomillatirish bo'yicha tasavvurlarini ifodalash va taqdim etish imkoniyatini beradi. Bu mehnat unumdorligining o'sishi, mahsulot tannarxining pasayishi va sifatining oshishini ta'minlaydi. Takliflarni ilgari surish dasturi yordamida xodim o'zining imkoniyatlarini namoyon qiladi va qo'shimcha daromad oladi; mehnat jamoasining oldida xurmati ortadi va o'zining korxona ishlariga aloqador ekanini his qiladi.
Rivojlangan davlatlarda takliflarni bildirish dasturi yiliga kompaniyalarning milliardlab dollarlarini tejaydi va olingan daromad iqtisodga erishishda ko'maklashgan ishchilar bilan baham ko'riladi.
Takliflarni bildirish dasturini amalga oshirish. Odatda xodimlar o'zlarining takiflarini hujjatlarda rasmiylashtiradilar va ularni maxsus bo'limga taqdim etadilar. Bu bo'lim taqdim qilingan taklifni baholaydigan va tatbiq etadigan tegishli bo'linmani aniqlaydi. Aniqlangan bo'linma taklifni qabul qilib, uni tatbiq qilish natijasida olinadigan iqtisodni hisoblab chiqadi.
Ba'zan iqtisodiy samarani nazarda tutmaydigan takliflar ham qabul qilinadi. Bunday takliflar tashkilot uchun foydali, biroq iqtisodiy samarani aniq pul qiymatida baholab bo'lmaydi. Qabul qilingan va rad etilgan takliflar maxsus bo'limga qaytariladi va bu bo'lim takliflarni baholash natijalarini qaytadan ko'rib chiqadi. Taklifni bildirgan bo'linma boshlig'iga taklif yuzasidan tavsiya etilgan choralar to'g'risida xat jo'natiladi va taklifning muallifiga mukofot to'lanadi. Taklif rahbar va bo'ysinuvchi tomonidan tahlil qilinadi.