Obro'ni rejalashtirishning maqsadlari. Obro'ni rejalashtirish xodimning kasbiy o'sish rejalarini tashkilotning vazifalari bilan bog'lashga imkoniyat beradi. Xodimlar va rahbarlar nafaqat ishlarning bajarilishiga, balki tashkilot doirasida kasbiy o'sishga ham e'tibor qilishlari lozim. Xodimning kasbiy o'sishi korxonaning muvaffaqiyatlariga bevosita bog'langanda yuzaga kelgan muammolar bilan qiziqadi, korxona faoliyati sifatining yaxshilanishiga qiziqadi. Obro'ni rejalashtirish xodim va rahbarning o'zaro munosabatini mustahkamlaydi, natijada rahbarga xizmatchi vazifasi yuklanadi.
Obro'ni rejalashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:
Xodimning istaklarini bajarish hisobiga uning salohiyati va kasbiy o'sishini oshirish.
Kelajak uchun zaxira hisoblanadigan yuqori malakali mutaxassislar sonini oshirish.
Hozirgi vaqtda va kelajakda xodimning imkoniyatlaridan yanada samaraliroq foydalanish.
Xodimning o'z kuchiga ishonishi.
Lavozimda o'sish zaxirasini ta'minlash.
Rahbariyatning o'z xodimlariga xurmat bilan munosabati.
Obro'ni rejalashtirish tartibi. Obro'ni muvaffaqiyatli rejalashtirish
qiziqishga ega uch tomonning qatnashuvini talab qiladi:
Tashkilot ham ish vaqtida, ham ish vaqtidan tashqarida xodimlarning shaxsiy o'sishi, o'qitish va tayyorlash uchun qulay sharoitni yaratishga mas'ul. Bu xodimlarga zarur kasbiy mahorat, boshqa sohalarda xizmat yuzasidan ko'tarilish imkoniyatlari haqida ma'lumot olish va ulardan foydalanishga imkon beradi.
Rahbar kelajak uchun rejalashtirish o'tkazilishini rag'batlantiradi. Bundan tashqari, u korxonaning ehtiyojlari, faoliyatni tashkil qilish, foydalaniladigan usullar va dasturlarni hisobga olgan holda xodimga faoliyatning to'g'ri yo'nalishini ko'rsatishi mumkin. Rahbar o'z xodimlarining imkoniyatlarini biladi va ularning intilishlarini hisobga oladi. U bo'ysinuvchilar bilan doimiy aloqada bo'lib, ularni firmaning ehtiyojlaridagi o'zgarishlarning kasbiy o'sishga ta'siri haqida xabardor qiladi. Rahbar mehnatni baholaydi va kasbiy o'sishning bosqichlaridan o'tish uchun maslahat beradi.
Xodimga eng muhim o'rin beriladi. U shaxsiy imkoniyatlari hamda shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda o'zining maqsadlarini belgilab oladi. Xodim o'zining kuchli va kuchsiz tomonlarini baholashi va hozirgi holatiga qanday qilib va nima sababdan erishganini aniqlashi kerak. Va nihoyat, xodim o'zining obro'sini oshirish pog'onalarini, erishilgan natijalarni baholash yo'llarini aniqlashi va mumkin bo'lgan harakatlar rejasini tuzishi mumkin.
Shaxsiy kasbiy o'sish va istiqbolli vazifalarni aniqlashning quyidagi uslublari keng qo'llaniladi:
Qadriyatlarni aniqlashtirish uslubi. Bu uslub yanada muhimroq hayotiy va mehnat qiziqishlarini aniqlashga imkon beradi. Nufuz, korxonaning manzili, xilma - xillik, asabiylik vaziyatlarining mavjudligi, aqliy faoliyatni rag'batlantirish, hukmronlik kabi omillarning xodim uchun ahamiyatliligi ko'rib chiqiladi va ular turkumlanadi.
Bajarilgan ishdan qoniqishni aniqlash uslubi. Bu uslubga ko'ra, xodimga unga zavq bag'ishlagan bir necha faoliyat turlari haqidagi axborot taqdim etiladi. Shuningdek, nima sababdan u yoki bu faoliyat turi xodimni qoniqtirganini bilish maqsadida unga savollar beriladi. Tahlildan so'ng unga eng ma'qul deb topilgan faoliyat turi ma'lum qilinadi.
• Shaxsiy rivojlanish va ishning ahamiyati. Bu ish elementlarining imkoniyatlarini baholash usullarining majmuasi. Bunda kasbiy o'sish, yuzaga keladigan muammolar, beriladigan imkoniyatlar, umumiy ishga aloqadorlikni his qilish kabi omillar hisobga olinadi.
Ba'zi xodimlarni egallagan lavozimlari va bajariladigan ishlari to'la - to'kis qanoatlantiradi. Ularni kasbiy o'sishga yo'naltirish tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |