Mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik. 1 Sifat XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni



Download 3,65 Mb.
bet11/117
Sana16.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#556140
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   117
Bog'liq
Sifatda ma’ruzalar matni

2.Yuqori rahbariyatning faoliyati.
Yaxshilanishlar maqsadga muvofiqligining dastlabki tahlili.
Rahbar korxonaning rivojlanishi va inqirozi uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Korxona egalari, mulkdorlar rahbarlarning boshqaruv imkoniyatlariga tayanib kapital kiritadilar va qoidadagidek ularni rentabellikning o’sishi uchun butunlay mas’ul deb hisoblaydilar. Hozirda ko’p korxonalar uchun sifat foyda olishning asosiy manbalaridan biriga aylangan.
O’z firmasining faoliyatini yaxshilash uchun o’zining vaqti, kuchini sarflash va mablag’ ajratishning maqsadga muvofiqligini hal qilish uchun rahbarga quyidagi 20 savolga javob berishni taklif qilish mumkin:

  1. Korxonangizning mahsulot va xizmatlarining potentsial iste’molchilari soni yildan - yilga o’syaptimi?

  2. Sizning yaroqsiz mahsulotlardan ko’rgan zararlaringiz va nuqsonlarni to’g’rilashga sarflagan harajatlaringiz sotilgan mahsulot hajmining 1% dan kamroq qismini tashkil qilyaptimi?

  3. Siz ishlab chiqarish tartiblarini bajaryapsizmi?

  4. Siz ishlab chiqarishning rejalashtirilgan harajatlarini hisobga olgan holda ish tutYapsizmi?

  5. Siz faqat texnik shartlarning talablariga javob beradigan materiallar, detallar va butlovchi buyumlardan foydalanyapsizmi?

  6. Sizda sababsiz ish qoldirish, ishga chiqmaslik va boshqa sabablarga ko’ra ish vaqtidagi yo’qotishlar 5% dan kam ko’rsatkichni tashkil qilyaptimi?

  7. Sizda yillik ishchilar qo’nimsizligi 5% dan kammi?

  8. Siz o’zingizning korxonangizga mahoratli kadrlarni jalb qilish imkoniyatiga egasizmi?

  9. Personalning xatolari tufayli yo’qotishlar miqdorini hisobga olgan holda o’z xodimlaringizni tayyorlashga kerakli miqdorda mablag’ ajratyapsizmi?

  10. Ishchilaringiz ish vaqtining 90%i davomida o’z vazifalarini bajarishyaptimi?

  11. O’zingizning buyumlaringiz va xizmatlaringizga iste’molchilaringiz talabi qay darajadaligini to’g’ri anglayapsizmi?

  12. Siz ishchilaringizning ruhiyatini ko’tarishni xohlarmidingiz?

  13. Korxonaningiz ishchilari hozirgidan yaxshiroq ishlay olishiga ishonasizmi?

  14. Kirish nazoratining natijalariga ko’ra korxonangizga kelayotgan foydalanishga yaroqsiz detallar va yig’iladigan buyumlarning ulushi 1% dan qismni tashkil qilyaptimi?

  15. Korxonangizdagi nazoratchilar ishlab chiqarishda qatnashuvchi ishchilarining 5% dan kam qismini tashkil qilyaptimi?

  16. Ishchilaringizning ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarish bilan bog’liq bo’lmagan ishlarga sarflagan vaqti ishdan tashqari ish vaqtining 5% idan oshmayaptimi?

  17. Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish va ishlab chiqarish davrining uzunligini qisqartirish imkoniyati mavjud deb hisoblaysizmi?

  18. O’zingizga yuborilgan tashakkurnomalarga asoslanib, xaridorlaringizning shikoyat qilmasligi haqida ishonch bildira olasizmi?

  19. So’nggi 5 - 10 yilda korxonangizda mehnat unumdorligining o’sish sur’ati inflyatsiyaning o’sish sur’atidan yuqori bo’lganmi?

  20. Oxirgi 5 yilda aktsiyalarga to’langan dividendlaringizning o’sish sur’ati inflyatsiyaning o’sish sur’atidan yuqori bo’lganmi?

“Ha” degan ijobiy javob bir ballga baholanadi. Ballar yig’indisi ko’rinishida barcha savollarga javoblarni baholash yuzasidan quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

Ballar

Tavsiyalar

18 - 20

Korxona yaxshi ishlayapti, takomillashtirishga zarurat yo’q.

14 - 17

Siz faoliyatni yaxshilash jarayonini tatbiq qilish haqida o’ylab ko’rishingiz kerak.

10 - 13

Ishni yaxshilash jarayoni sizning korxonangizga juda foydali bo’lardi.

0 – 9

Ishni yaxshilash sizning asosiy vazifangizga aylanishi kerak.


Shu kabi so’rovnoma notijorat tashkiloti yoki muassasada yaxshilashlarning maqsadga muvofiqligini baholash uchun ham ishlab chiqilishi mumkin. Yuqori rahbariyatning o’rni. Faoliyatni yaxshilash jarayonining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bu jarayonning yuqori pog’onadagi barcha rahbarlar tomonidan qo’llab - quvvatlanishiga bog’liq. Shuning uchun, uni tashkilot boshqaruv tizimining tarkibiy qismiga aylantirishdan avval yuqori rahbar - prezident, direktor, bosh direktor yoki rais - asosiy bo’linmalar rahbarlarining bu ishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shishini talab qilishi kerak.
Direktor yuqori pog’onadagi boshqaruvchi rahbarlik qiladigan muayyan odamlar guruhi ishining sifatiga emas, balki tashkilot ishining sifatiga e’tibor berishi kerak. Direktor ko’p funktsiyali faoliyatni yaxshilash jarayonining amalga oshirishni rejalashtirayotganini va bu jarayon har bir odamning to’liq qaytimini ta’minlashini ishchilar tushunishlari lozim. Agar u yoki bu rahbar bo’linma maksimal samaradorlik bilan ishlayotganiga aniq ishongan bo’lsa, korxonaning qolgan ishchilari uchun bunday rahbarga ishni yaxshilash bo’yicha boshqaruv organiga rahbarlik qilishni topshirib, uning tajribasidan foydalanishlari mumkin.
Potentsial tejamkorlik. Potentsial tejamkorlikni baholash faoliyatni yaxshilash jarayonini amalga oshirish uchun yakuniy tayyorlovchi bosqich hisoblanadi. Sifatning pastligi tufayli sarflangan harajatlarga oid ma’lumotlarni tahlil qilish bilan ishni boshlash kerak. Agar tijorat tashkilotida mos hisob tizimi bo’lmasa, biroq u ko’proq yoki ozroq muvaffaqiyatli ish olib borayotgan bo’lsa, u holda past sifat natijasida yuzaga kelgan harajatlarni qoplashga yillik daromadning 20 dan - 40% igacha bo’lgan qismi sarflanayotganini, xodimlar ish haqining 30%i mehnat natijalarini tekshirish va xatolarni tuzatishga sarflanayotganini chamalab aytish mumkin.
Faoliyatni yaxshilash jarayoni qo’llanilmagan Amerikaning ko’plab korxonalarida sifatning pastligi natijasida sarflangan harajatlar dastlab aktsiyalar qiymatining 25% ini, mehnat harajatlarining 25% ini, ishlab chiqarish maydoni va tovar - moddiy zaxiralarning 40% ga yaqinini tashkil qilgan.
Rahbariyatni so’rov qilish. Rahbarlik hay’atini so’rov qilish yuqori va o’rta (unchalik katta bo’lmagan korxonalarda esa quyi) bo’g’indagi rahbarlar faoliyatining samaradorligini oshirish yo’llarini belgilashning samarali usuli hisoblanadi.
So’rov uchun korxona faoliyati haqida o’nta savolni tavsiya qilish mumkin. Ularga javob o’n ballik shkala bo’yicha baholanadi: a) amal qilinayotgan holat; b) bo’lishi kerak bo’lgan holat; va c) berilgan savolning ahamiyatlilik darajasi. Bunday savollar, eng avvalo, quyidagilar bo’lishi mumkin:

  1. Ijrochilarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyati qay darajada?

  2. Bo’linmalar o’zaro hamkorlikda qanchalik yaxshi ish yuritadilar?

  3. Bo’linmalar va xodimlarning xizmat ko’rsatish saviyasi qay ahvolda?

  4. Rahbariyatning mehnat sifatiga e’tibori qanday?

  5. Ishchilar o’z mehnatining sifati haqida qayg’uradilarmi?

  6. Xizmatchilar va ishchilarning ruhiyati qanchalik yuqori?

  7. Xizmatchilar va ishchilarning mehnat unumdorligi nechog’lik yuqori?

  8. Xizmatchilar va ishchilar mehnatining tashkil etilganligi qanday ahvolda?

  9. Ijrochilar o’rtasida axborot almashinuvi qanchalik oqilona yo’lga qo’yilgan?

  10. Bo’linmalar o’rtasida axborot almashinuvi maqbul darajadami?

So’rovni yashirin tarzda o’tkazish maqsadga muvofiq. Ma’lumotlarni
umumlashtirish va tahlil qilish uchun betaraf tomon sifatida boshqa bir korxonadan vakillar chaqilishi mumkin.
So’rov ma’lumotlarini tahlil qilishda ikki omilga e’tibor berish kerak:

  1. Ishlarning hozirgi holatini baholash darajasi. U yaxshilashlarning korxona uchun qanchalik zarurligini aniqlashga ko’maklashadi;

  2. Ishlarning hozirgi va kutilayotgan baholanishlari orasidagi farq. Baholashlarning bir - biriga to’g’ri kelishi eng yaxshi holat hisoblanadi.

Faoliyatni yaxshilash jarayonining rahbari. Tashkilot rahbari jarayonning rahbarini tayinlashi kerak. U faoliyatni yaxshilash jarayonini barcha sohalarga tatbiq qilish uchun javobgar shaxsdir. Bu ishga nomzod sifatida barcha rahbarlar va ishchilar tomonidan xumatga sazovor bo’lgan odam, ya’ni lider tanlab olinadi.
Demak, o’z imkoniyatiga ko’ra funktsional bo’linmaning rahbari lavozimiga munosib “lider” sifatni ta’minlash xizmatining rahbari etib tayinlanadi. U hammaga o’rnak bo’lishi, ishning yuqori standartlariga erishishi va bu yo’lda korxonaning yanada yaxshiroq ishlab ketishiga ishonishi kerak. Jarayonning rahbari - bu vaqtinchalik lavozim. U 2 - 3 yilga tayinlanadi. Bu vaqt ichida ishni yaxshilash jarayoni boshqaruv tizimining asosiy tarkibiy qismi sifatida qaror topishi kerak.
Faoliyat standarti. Endi tashkilot rahbari o’zining e’tiborini faoliyatni uzluksiz takomillashtirishga qaratishi zarur. U tashkilot faoliyatining natijalarini o’lchash uchun takomillashuv darajasini belgilashi lozim. Sababi, bexato ish optimal standart sanaladi.
Yuqori rahbariyat yagona etalonni yaratishi lozim. Unga ko’ra mahsulot ishlab chiqarish, yetkazib berish, harajatlar va daromadlarda sifat asosiy mezon hisoblanadi. Sifat masalasini hal qilinganda mol yetkazib berish, ortiqcha harajatlar va kamomadlarning o’sishi bilan bog’liq muammolar bartaraf etiladi.
Sifat sohasidagi siyosat. Sifat sohasidagi aniq siyosat faoliyatni yaxshilash jarayonining asosida yotishi kerak. Bu siyosatda tashkilotning barcha ishchilari, buyumlar, mol yetkazib berilayotgan ishchilar yoki ularga ko’rsatilayotgan xizmatlarga aniq talablar qo’yiladi. Sifat sohasidagi siyosat rahbarning yozma bayonotida rasmiylashtirilishi va barcha xodimlarga e’lon qilinishi kerak.
J. Xarrington sifat sohasida Amerika firmasining siyosatini shakllantirishda quyidagi namunadan muvaffaqiyatli foydalangan:

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish