Mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik. 1 Sifat XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni



Download 3,65 Mb.
bet12/117
Sana16.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#556140
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   117
Bog'liq
Sifatda ma’ruzalar matni

Sifat sohasidagi siyosat.
“Biz iste’molchilarning talablariga javob beradigan nuqsonsiz, raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni ularga o’z vaqtida yetkazib beramiz.
1a ’rif.
Biz - butun kompaniya va har bir ishchi.
Raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlar - mehnatimizning natijalari bo’lib, ular iste’molchilar uchun katta ahamiyatga ega, harajatlariga ko’ra bizning raqobatchilarimiz mahsulotlari va xizmatlaridan farq qilmaydi.
Iste’molchi - firma doirasida va uning tashqarisida amalga oshirilgan operatsiyalarning natijalarini qabul qiluvchi shaxs.
3.Sifat siyosatni amalga oshirish.
Mazkur siyosatni amalga oshirish ishchilarning iste’molchilarni tushungan holda ularning kutishlariga mos yoki undan ham yuqori bo’lgan mahsulotlarni taqdim etishni ko’zlaydi. Iste’molchilarning kutishlaridagi o’zgarishlar sari ilgarilab borish uchun ularning talabidagi barcha o’zgarishlarni uzluksiz baholab borish va qayta ko’rib chiqish zarur. Barcha ishlarni qo’yilgan talablarga muvofiqlikda amalga oshirish zarur.
J. E. Jonson, kompaniya prezidenti
Faoliyatni takomillashtirish jarayonini amalga oshirish uchun kompaniya siyosatining qo’yilgan talablariga mos kelishini tahlil qilish mumkin:

  1. Sifat sohasidagi siyosatni ixcham ko’rinishda shakllantirilganmi? Ha, siyosatning shakllantirish, uni amalga oshirishni yo’nalishlarini belgilash va tartibga solish qisqa, ammo tushunarli ifodalangan, bir betga joylashtirilgan.

  2. U kompaniyaning har bir ishchisiga taalluqlimi? Ha, har bir ishchi o’z bo’linmasidagi muayyan operatsiyaga hissa qo’shishi kerak. Siyosat har bir ishchining mehnati evaziga ro’yobga chiqishi aniq ko’rsatilgan.

  3. Siyosat ish standartlarini qaror toptiradimi? Ha, har bir ishchidan yuqori mehnat natijalari kutilmoqda. Har bir ishchiga xatoni aniqlash va mahsulot iste’molchilarga yetmasidan ularni tuzatish imkoniyati beriladi. Lekin har bir ishchining o’ziga yuklangan vazifani xatosiz bajarishiga erishish maqsad qilib qo’yiladi.

  4. Siyosat yetkazib berilayotgan mahsulot sifatini to’liq qamrab oladimi? “Sifat” tushunchasini ham mahsuot yetkazib berish muddatlari, ham narx darajasi, ham faoliyat natijalariga nisbatan qo’llash mumkin.

Sifat mahsuot yetkazib berish muddatlariga nisbatan qo’llanadi. Foydalanishga dunyodagi eng qulay mahsulot tayyorlash mumkin, lekin u iste’molchilarga o’z vaqtida yetkazib berilmasa, butun sa’y - harakatlarimiz barbod bo’ladi.
Sifat va narx. “Sifat” tushunchasi narxlarni xaridorlarning imkoniyatlariga moslashni nazarda tutadi.
Yakuniy faoliyat natijasining sifati. Bu tushuncha mahsulotlar bilan birga xizmatlarni ham qamrab oladi. Hozirgi vaqtda resurslarning katta qismi xizmatlar sohasida, oz qismi - mahsulotlar ishlab chiqarishda qo’llanilyapti. Sanoatning ilmtalab tarmoqlarida 5:1 munosabat - beshta xizmat ko’rsatuvchi personalning bitta ishlab chiqarish ishchisiga nisbati odatiy holga aylangan. Alohida tarmoqlarda bunday ishchilar uchramaydi.

  1. Siyosat korxona rahbari tomonidan tasdiqlanganmi? Ha, bunday arizani eshitgach, rahbarlar va oddiy ishchilar o’z maqsadlarga erishish uchun ishni yaxshilash jarayonini amalga oshirishga kirishadilar. Bunda xodim, guruh manfaatlari korxonaning manfaatlariga zid bo’lmasligi kerak.

Faoliyatning asosiy tamoyillari. Yuqori rahbariyat firma faoliyatini uzluksiz takomillashtirishga doir ko’rsatmalarni ishlab chiqishda yetakchi mavqeni o’zida saqlashi kerak. Korxona rahbarining ko’rsatmalari aniq, tushunarli bo’lishi va yozma shaklda tuzilishi kerak. Har bir bo’linmaning rahbari faoliyatning umumiy ko’rsatmalar va firmaning siyosatiga muvofiq kelishi uchun mas’ul.
Masalan, faoliyatni yaxshilash jarayonini amalga oshirishning avvalgi bosqichida “ishdan bo’shatishlarning yo’qligi” ta’minlangan bo’lishi kerak. Xodimlarda bunga ishonch uyg’otish so’zlari quyidagicha yangraydi: “Xizmatchilar va ishchilarning hech biri mehnat unumdorligi yoki mahsulot sifatining o’sishi natijasida ishdan bo’shatilmaydi. Lavozimi tugatiladigan ishchilar qayta tayyorlashdan o’tish hisobiga xuddi shunday yoki mas’uliyati bundan ham yuqori bo’lgan lavozimni egallaydilar. Bu ishlab chiqarishning pasayishi davrida korxona tomonidan xodimlarning bir qismi bo’shatilishini anglatmaydi”.
Faoliyatning asosiy tamoyillariga misol keltirish mumkin:

  • Ishchilar o’zlariga topshirilgan ishning mazmunini to’g’ri tushunishi va o’z faoliyati natijalarining sifati uchun javobgarlikni his qilishi kerak.

  • Ishlab chiqarish jarayoniga o’zgartirishlar kiritish, uning sifatini doimiy oshirish bilan vaqtda har bir ijrochi mehnatining samaradorligini nazorat qilish mexanizmi yaratilishi kerak.

Rahbariyat va ishchilar so’rovi. Tashkilotni ishni yaxshilash jarayoniga kiritgandan so’ng rahbariyat va oddiy ishchilar fikrining so’rovini o’tkazish mumkin. O’zgarishlar olib borish uchun dalillar to’plash va takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlash so’rovning maqsadi hisoblanadi. U oddiy ishchilar va rahbarlar orasidagi bog’lovchi bo’g’inga (quyi pog’ona rahbarlaridan yuqori pog’ona rahbarlarigacha) ham xizmat qiladi. So’rov rahbariyatda muammolarning chuqur o’rganilishiga zamin yaratadi. Buning hisobiga rahbarlar muammolarning yuzaga kelishini bashorat qilishlari va ularning rivojlanishiga yo’l qo’ymasliklari mumkin.
So’rov quyidagi jabhalarni qamrab olishi lozim:

  • Tashkilotning umumiy qoniqishi.

  • Ishdan ko’ngli to’lganlik.

  • Ishda ko’nikmalar va imkoniyatlardan foydalanishdan qoniqqanlik.

  • Mas’uliyat va javobgarlik darajasini hisobga olgan holda ish haqidan qoniqqanlik.

  • Rahbarning ishdan mamnunligi.

  • Rahbariyatning asosiy g’amxo’rliklari (ishlab chiqarish harajatlari, mahsulot yetkazib berish muddatlari yoki sifat va shunga o’xshash boshqasi).

  • Rahbariyatning eng kam g’amxo’rlik qilish predmeti (ishlab chiqarish harajatlari, mahsulot yetkazib berish muddatlari, sifat va boshqasi).

So’rovning ahamiyatga molik natijalarini olish uchun uning maxfiyligi va anonimligini ta’minlash zarur. Bo’ysinuvchilari so’rovining natijalari haqidagi hisobot rahbarlarga muammolarning paydo bo’lish sohasini aniqlashga yordam beradi. Hisobotda bo’linmaning tashkilotdagi o’rni va faoliyatning funktsional sohasi ko’rsatilishi lozim.
Har bir rahbar majlis o’tkazishi lozim. Bunda ishchilar so’rov natijalari bilan tanishadilar. Bunday majlislar muhim, chunki: a) umuman ishchilar so’rovning natijalariga qiziqadilar va o’z bo’linmalarini boshqa bo’linmalar bilan taqqoslayodilar; b) rahbariyat ishchilarni tashvishlantiryapgan muammolarni ko’rib chiqadi; v) g’oyalar va tavsiyalar ishlab chiqiladi; g) rahbariyatning so’rov natijalariga alohida e’tibor berayotgani namoyish qilinadi; d) jamoaga faoliyatni yaxshilash yuzasidan tadbirlarni ishlab chiqishga ko’maklashadi.
Strategiya, taktikani shakllantirish va qisqa muddatli
rejalashtirish.
Rejalashtirish majmui. Yuqori sifatga erishish to’g’ri tekshirilgan rejaning mavjudligi va kapital qo’yilmalarning sezilarli darajada (hattoki bir necha o’n barobar) oshishini talab qiladi. Shuning uchun, faoliyatni yaxshilash sohasidagi strategiya korxona, tashkilot umumiy strategiyasining tarkibidan o’rin olishi kerak. Rejalashtirish majmui oltita o’zaro bog’langan pog’onalardan iborat:


  1. Download 3,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish