Mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik. 1 Sifat XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni


MAVZU. KORXONA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH



Download 3,65 Mb.
bet10/117
Sana16.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#556140
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117
Bog'liq
Sifatda ma’ruzalar matni

MAVZU. KORXONA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH.

2.1 Faoliyatni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari.
2.2 Yuqori rahbariyatning faoliyati.
2.3 Sifat siyosatni amalga oshirish.


2.1 Faoliyatni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari.
Faoliyatni yaxshilashning o’nta asosiy yo’nalishlari. Birinchi MAVZUda sanab o’tilgan ishlarni yaxshilashning o’nta yo’nalishi barcha korxonalar va tashkilotlar faoliyatining ajralmas qismiga aylanishi kerak. Rivojlangan davlatlardagi tashkilotlar va korxonalar faoliyatini yaxshilash yo’lida erishilgan yutuqlarni o’rganish hamda mamlakatimizning ilg’or korxonalari tajribasini umumlashtirish natijasida bu yo’nalishlarning ro’yxati tuzilgan. Bu yo’nalishlar quyidagilar:

  1. Yuqori rahbariyatning qiziquvchanligi.

  2. Faoliyatni yaxshilash ishlarining o’zaro hamkorlik asosida boshqarilishini tashkil qilish.

  3. Boshqaruv jamoasining barcha a’zolarini ushbu faoliyatga jalb qilish.

  4. Jamoaning qatnashishini ta ’minlash.

  5. Shaxsiy ishtirokni ta ’minlash.

  6. Tizimlar va jarayonlarni takomillashtirish guruhini tashkil qilish.

  7. Ta ’minotchilarni jalb qilish.

  8. Boshqaruv tizimlarining sifatli faoliyat yuritishini ta’minlash.

  9. Faoliyatni yaxshilashning taktika va strategiyasini ishlab chiqish.

  10. Xizmatlarni e’tirof etish va rag ’batlantirish tizimini yaratish.

  1. Yuqori rahbariyatning qiziquvchanligi. Ishni yaxshilash jarayonini boshlash uchun korxona, tashkilotning o’tgan davrlarga nisbatan ko’proq tadbirlarni bajara olishiga yuqori rahbariyatning ishonchi muhim o’ringa ega. Chunki bu jarayon yuqori rahbariyatdan boshlanadi, ular tomonidan bildirilayotgan qiziqish natijasida avjlanadi va rahbarlar tomonidan ularga qiziqishning yo’qolishi bilan tugaydi.

  2. Faoliyatni yaxshilash ishlarining o’zaro hamkorlik asosida boshqarilishini tashkil qilish. Kollegial boshqaruv faoliyatni yaxshilash bo’yicha kengash yoki komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Bunday kengash yoki komissiya yuqori rahbarlar yoki ularning vakillari hamda xizmatchilar va ishchilardan shakllantirilgan guruhdir. Kengash faoliyatni takomillashtirish jarayonini o’rganib, uni tashkilot sharoitlariga moslashtiradi. Bunday ishlarning murkkabligi barcha korxonalar, tashkilotlar va hattoki bir tashkilotning bo’linmalari uchun sifatni oshirish ehtiyojlariga mos keladigan umumiy tavsiyanomalarning mavjud emasligi bilan izohlanadi.

Tadbirlarni boshqarishga rahbarlik qiluvchi kengash faoliyatni yaxshilash jarayonini ishlab chiqadi, korxonani bu jarayonni tatbiq qilishga tayyorlaydi va yo’naltiradi.

  1. Boshqaruv jamoasining barcha a’zolarini ushbu faoliyatga jalb qilish. Boshqaruv jamoasining hamma a’zolari faoliyatni yaxshilash jarayonini amalga oshirishga mas’ul. O’rta pog’onadagi har bir boshqaruvchi va rahbarning - bosh direktordan tortib to buxgaltergacha bunday tashkiliy tuzilma doirasida faol ishtirokini talab qilinadi. Faoliyatning standartlari va yaxshilash usullariga yangicha talablarni tushunish uchun har bir rahbarga alohida tayyorgarlik kerak bo’ladi.

  2. Xizmatchilar va ishchilarning ishtiroki. Boshqaruv jamoasi faoliyatni yaxshilash jarayoniga to’liq jalb qilinganidan so’ng mazkur tamoyilga amal qilinadi. Bunday vazifa har bir bo’linmaning boshlig’i tomonidan amalga oshirilib, u o’ziga tegishli bo’linmaning tarkibida “ishni yaxshilash guruhi” ni tashkil qiladi. Bo’linma boshlig’i ayni paytda ushbu guruhning rahbari hisoblanib, guruh a’zolari tomonidan ishni yaxshilash usullaridan foydalanishning o’zlashtirilishi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Ishni yaxshilash guruhining vazifalari - o’z bo’linmasi faoliyatining natijalarini tahlil qilish va faoliyatni uzluksiz takomillashtiruvchi tizimni ishlab chiqish, undan unumli foydalanish.

  3. Shaxsiy ishtirok. Jamoaning faoliyati korxona uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega bo’lmasin, alohida olingan shaxsning faoliyatini ham unutmaslik kerak. Mehnat, faoliyatning samaradorligi va sifatini oshirishda har bir ishchining qo’shgan hissasi va erishgan natijalarini baholash, rag’batlantirishga imkon beruvchi tizimni ishlab chiqish zarur.

  4. Tizimlar va jarayonlarni takomillashtirish guruhini tashkil qilish. Istalgan bo’linmadagi har bir takrorlanadigan texnologik jarayonni boshqarishda qo’llaniladigan usullar mavjud. Operatsiyalar ketma - ketligi chizmasini tuzish, so’ngra o’lchash, tekshirishni tashkil qilish, teskari aloqa kanallarini ta’minlash kerak. Ko’p uchastkalar va hattoki turli funktsional bo’linmalarni bo’lishiga qaramay, har bir jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mas’ul shaxs tayinlanishi kerak.

Jarayonda qatnashuvchi har bir bo’linmaning vakillari a’zoligida tizimlarni takomillashtirish guruhi tarkib toptiriladi. Bunday guruh bo’linmalar faoliyatining o’zaro muvofiqligini ta’minlashning yanada samaraliroq tizimini tatbiq qiladi va jarayonning bir qismini qismini takomillashtirish butun jarayonga salbiy ta’sir etmasligini hisobga oladi.

  1. Ta’minotchilarni jalb qilish. Bozor sharoitida korxonalar va tashkilotlar faoliyatini tashqi muhit omillari, hamkorlar, eng avvalo, ta’minotchilarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ta’minotchilarning ko’magisiz faoliyatni yaxshilash jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirib bo’lmaydi.

  2. Boshqaruv tizimlarining sifatli faoliyat yuritishini ta’minlash. Ko’p yillar davomida korxonalarda, tashkilotlarda asosan sifat ko’rsatkichlarini aniqlash va ishlab chiqarish jarayonida sifatning ta’minlanishi holati haqida hisobotlar tayyorlovchi bo’linmalar ish olib borgan.

Bunday bo’linmalar muammolarni aniqlash va xatolarni tuzatishga o’zlarining resurslarini yo’naltirishgan; natijada “siljishlar bo’yicha” boshqaruv tizimi shakllandi. Bunday tizim yuzaga kelgan xatolarni aniqlagan, biroq muhimroq profilaktik tadbirlarni nazarda tutmagan, bo’linmalarda ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’lanmagan alohida ish natijalarining muhimligini baholamagan.
Mahsulot sifatini ta’minlash uchun ajratilgan mablag’lar shunday taqsimlanishi kerakki, boshqaruv tizimi mavjud operatsiyalarni tartibga solsin va muammolarning yuzaga kelishiga yo’l qo’ymasin. Kasalliklar bilan shug’illanish emas, balki kasalni tuzatish kerak. Ko’p hollarda boshqaruv tizimlari kasallikka chalingan bo’ladi.

  1. Faoliyatni yaxshilashning taktika va strategiyasini ishlab chiqish. Sifatni oshirishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish kerak. Uzoq muddatli strategiyalardan ko’zlangan maqsadlarga bosqichma

  • bosqich erishishda qisqa muddatli rejalarni ularga moslab ishlab chiqish zarur. Turli pog’onalardagi barcha rahbarlar strategik maqsadlarni teran anglaganlarida taktik rejalarning strategik rejalarga muvofiqligi ta’minlanadi.

Qisqa muddatli rejalar umumiy strategiyani amalga oshirishning yillik rejasiga kiritilgan bo’lishi kerak. Yil davomida ishlarning bajarilish muddati, ishlab chiqarish harajatlari va sotuv hajmi singari kabi ko’rsatkichlarning reja va haqiqatdagi qiymatlari taqoslanilib, har bir guruh ishchilarining bu rejalarni bajarishi nazoratga olinishi kerak.

  1. Xizmatlarni e’tirof etish va rag’batlantirish tizimini yaratish.

Faoliyatni yaxshilash jarayoni - bu umumiy qabul qilingan yondashuvning xatolarga nisbatan o’zgarishi. Talab qilinayotgan o’zgarishlarni amalga oshirishning ikki yo’li mavjud. O’z majburiyatlarini bajarishda xatolarga yo’l qo’ygan har bir xodimni jazolash mumkin yoki berilgan vazifani bajaradigan yoki faoliyatni yaxshilash jarayoniga katta hissa qo’shadigan alohida ishchilar va jamoalarga sharafli vazifa yuklanishi lozim.
Eng yaxshi yo’l - ishchilar, shuningdek rahbarlarning yanada yuqoriroq natijalarga erishishdagi xizmatlarini tan olish va ularni rag’batlantirish.
Faoliyatni yaxshilash jarayoni - rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchilar orasida xatolarni tugatishga yo’l.
Faoliyatni yaxshilash jarayonining natijaviyligi. Tashkilotga kompleks yondashuv jarayonlar samaradorligining muhim sharti hisoblanadi. Omadsizliklarning asosiy sabablari rahbariyatning quyidagi keltirilgan hisobda yanglishishlari bilan bog’langan:

  • rahbariyat faoliyatni yaxshilash jarayonini tashkil qilishning umume’tirof etilgan asosiy yo’nalishlari va yondashuvlariga amal qilmaslik;

  • rahbarlarnining faoliyatni yashilash jarayonida qatnashmasligi;

  • rahbariyatning bu jarayonga umumiy faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaramasligi;

  • uzoq muddatli majburiyatlarni qabul qilmaslik;

  • rahbariyatning muammoni o’ziga emas, balki faqat xizmatchilar va ishchilarga bog’liq deb hisoblashi.

Faoliyatni yaxshilash j arayoni natij aviyligining asosiy shartlari. Jon Xarrington o’n yillar avval faoliyatni yaxshilash jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish yo’llarini o’nta guruhga ajratgan. Ularni quyidagilar:

  1. iste’molchiga jarayonning asosiy omili sifatida qarash;

  2. rahbariyatning faoliyatni yaxshilash jarayonini tatbiq qilish bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlarni boshqaruv tizimining tarkibiy qismi sifatida qabul qilishi;

  3. takomillashtirishning chegarsiz jarayon ekaniga ishonish;

  4. muammolar yuzaga kelganidan so’ng ularga e’tiborni qaratishga qaraganda muammolarning oldini olishning afzal ekanini anglash;

  5. rahbarlarning qiziqishi, yetakchi mavqei va bevosita ishtiroki;

  6. “nolta xato” formulasi ko’rinishida ishlarni standartlashtirish;

  7. barcha ishchilarning ham jamoa tarkibida, ham shaxsiy qatnashuvi;

  8. asosiy e’tiborni odamlarni emas, balki jarayonlarni takomillashtirishga qaratish;

  9. jarayonning tashqi ishtirokchilari, jumladan, ta’minotchilarning tashkilot vazifasini anglaganda chinakam hamkorlarga aylanishiga ishonch;

  10. xizmatlarni e’tirof etish.


Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish