Mavzu. Bozor sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik. 1 Sifat XXI asr bo’sag’asida raqobatning umumjahon maydoni



Download 3,65 Mb.
bet18/117
Sana16.04.2022
Hajmi3,65 Mb.
#556140
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117
Bog'liq
Sifatda ma’ruzalar matni

Kengashning tarkibi. Boshqaruv kengashida tashkilotning barcha funktsional bo'linmalariga ta'rif berilishi kerak, chunki ularning har biri tashkiliy tuzilmaning elementlari bo'lib, o'zaro aloqadorlikda ish yuritadi.
Bu bo'linmalarning hamjihatlikdagi faoliyati mehnat unumdorligi va ishning sifatiga ta'sir ko'rsatadi. yangi g'oyalarni amalga oshirishda yetakchi mavqega ega bo'lgan, takomillashuvlarning zaruriyat ekanini anglaydigan, jamoa a'zolarining xurmatini qozongan, xatolarga yo'l qo'ymaslik kontseptsiyasining ahamiyatini anglagan ishchilar kengashning a'zolari bo'lishi lozim.
Kengashning a'zolari: 1) boshqaruv kengashiga o'zlarining funktsional bo'linmalari haqidagi ma'lumotlarni taqdim qiladilar va mazkur bo'linmani ishni yaxshilash jarayoniga jalb qilish huquqiga ega; 2) o'zlarining funktsional bo'linmalarida ishni yaxshilash jarayonining tashabbuskorlari hisoblanadilar; 3) amalga oshirilyapgan ishlarga doir ma'lumotlarni jamlaydilar, rahbariyatga jarayondagi ijobiy o'zgarishlar haqida xabar beradilar va erishilgan natijalarni baholaydilar.
Boshqaruv kengashi har bir funktsional bo'linmani tavsiflash uchun yetarli a'zolar soniga ega bo'lishi, lekin samarali ishlashni ta'minlash uchun uning a'zolari soni me'yordan oshib ketmasligi kerak. Faoliyatni yaxshilash jarayonining barcha jabhalari bilan doimiy shug'illanuvchi raisdan tashqari qolgan barcha a'zolar bir vaqtda o'zlari ishlab turgan lavozimlarida ham ishlashni davom ettiradilar.
Agar korxonaning ishchilari kasaba uyushmasining a'zolari hisoblansa, boshqaruv kengashi tarkibiga kasaba uyushmasining vakillarini kiritish maqsadga muvofiq.
Kengashning ishchi yig'ilishlari. Boshqaruv kengashining birinchi ishchi yig'ilishlari uch kunlik tadbirlarni o'z ichiga olib, ularda kengashning a'zolari ishni yaxshilash kontseptsiyasi bilan tanishadilar va korxonada to'plangan sifat muammolarini oshkora muhokama qiladilar. Bunday kengash tashkilotdan tashqarida, tinch holatda o'tkazilishi kerak. Uni faoliyatni yaxshilash masalalari bo'yicha tajribali maslahatchi olib borishi kerak.
Dastlabki yig'ilishlar juda muhim ahamiyatga ega, chunki kengash a'zolari aloqalarining soddalashishiga va ularning turli bo'linmalardagi muammolarni yanada chuqurroq tushunishlariga imkon beradi. Korxona uchun bunday yig'ilishning quyidagi kun tartibini ko'rsatish mumkin:

      1. Yig'ilishning ochiq deb e'lon qilinishi (Korxona rahbari).

      2. Nima uchun faoliyat takomillashtirilishga ehtiyoj sezadi? (Rahbar o'rinbosari).

      3. Raqobatbardoshlilik. (Marketing bo'yicha rahbar).

      4. Sifat sohasida xalqaro g'oyalar. (Maslahatchining ma'ruzasi).

      5. Ishni yaxshilash jarayonining mazmun - mohiyati. (Maslahatchining ma'ruzasi).

      6. Korxona muvaffaqiyatsizliklarining sabablarini tahlil qilish. (Maslahatchi bilan seminar o'tkazish).

      7. Ishchi guruhlar uchun o'tkazilgan tahlilga mos ravishda harakatlar rejasini ishlab chiqish yuzagidan bajariladigan vazifalar. (Uch - to'rt guruh).

      8. Guruhlarning tavsiyalarini taqdim etish va muhokama qilish. (Guruhlar vakillarining chiqishlari).

      9. Ishni yaxshilash usullarining umumiy holati. (Maslahatchining ma'ruzasi: Mahsulotning past sifati oqibatida yo'qotishlar hisobi. Statistik usullar. Muammolarni hal qilishusullari. Xizmatchilar faoliyatini yaxshilash. Jarayonlarni nazorat qilish usullari).

      10. Katta bo'lmagan guruhlarni ajratib, kechki ish uchun namunalarni hal qilish va tavsiya qilingan harakatlar rejasini shakllantirish.

      11. Guruhlarning tavsiyalarini taqdim etish va muhokama qilish. (Guruhlarning a'zolari).

      12. Faoliyatni yaxshilash jarayonini amalga oshirishning ilg'or tajribasi bilan tanishtirish. (Boshqa korxonaning vakili).

      13. Navbatdagi uch oy uchun harakatlar rejasini ishlab chiqish. (Faoliyatni yaxshilash bo'yicha boshqaruv kengashi).

      14. Xulosalar chiqarish. (Jarayonning "lideri").

      15. Yig'ilishning yopilishi. (Korxona rahbari).

Zarur ma'lumotlarga ega bo'lish maqsadida ma'muriy guruh a'zolari ushbu uch kunlik yig'ilishda qatnashishlari, ayniqsa, strategik jarayonning boshlanishidanoq ishtirok etishlari lozim.
Dastlabki yig'ilishdan so'ng boshqaruv kengashi faoliyatni yaxshilash bo'yicha ma'muriy guruh bilan hamkorlikda bir oyda ikki martadan kam bo'lmagan holda yig'ilishlarni muntazam o'tkazishi kerak. Bunday yig'ilishlar davomida faoliyatni yaxshilash jarayonini amalga oshirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Jarayonni tatbiq qilish bosqichi tugaganidan so'ng boshqaruv kengashi muayyan muammolarni hal qilish zarurati yuzaga kelganda to'planadi.

Download 3,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish