Tezlik. Vaqt. Masofa
Avtomobil 2 soatda 180 km, mototsikl 4 soatda 200 km masofani bosib o’tdi.
Bunda avtomobil soatiga 180 : 2 = 90 km, mototsikl esa 200 : 4 = 50 km yo’l yurgan. Demak, avtomobil mototsiklga qaraganda tez yurgan. Bu holda avtomobilning tezligi soatiga 90 km, mototsiklning tezligi esa soatiga 50 km deyiladi. Bu tezliklar qisqacha 90 km/soat, 50 km/soat tarzida yoziladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, darsni noan’anaviy tarzda tashkil eyish, interfaol metodlarni o’rinli qo’llash uchun avvalo o’qituvchi bu metodlar bilan tanish bo’lishi kerak. Shundagina u o’z darsida shunday metodlarga o’rin bera oladi. Agar o’qituvchi “Aqliy hujum”, Savollar texnologiyasi”, “Klaster”, “Juftliklarni tanlash”, “Insert” kabi metodlarni darsning turli bosqichlarida darsning maqsadiga ko’ra o’rinli qo’llay olsa, bu metodlar har bir o’quvchining darsda ishtirok etishiga yordam bersa, dars sifati va samaradorligi oshadi.
I. Kurs ishi natijalari bo’yicha quyidagi xulosalarga kelindi
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarga puxta bilim va ko’nikmalarni shakllantirish uchun amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish»da arifmetik amallarni chuqur o’rgatishni talab etadi.
Boshlang’ich ta`limda amaliy mashqlar echishdan foydalnib, matematika darslarini tashkil qilish ilimlarning puxta o’zlashtirilishi, ta`lim jarayonining faollashuvi o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Amaliy mashqlarni echishning turli xil usullaridan foydalanish, o’quvchilarni faollashtiradi, ularning diqqatini oshiradi, o’quv materialini mustahkam o’zlashtirishni ta`minlaydi, hamda fikrlash qobiliyatlarini o’stirishni ta`minlaydi.
Amaliy mashqlar echish jarayoni orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish ma`lum talablarga muvofiq bo’ilish, ular o’quv dasturiga, o’quvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiq bo’lishi lozim.
II. Erishilgan asosiy natijalar ishda:
– boshlang’ich sinf o’quvchilari matematika darslarida amaliy mashqlarni bajarish usullari;
– boshlang’ich sinf matematika adsrlarida amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish bo’yicha dars ishlanmalari;
– matematika darslarida va uy vazifalarini bajarishda amaliy mashqlarni tekshirish usullari;
– boshlang’ich sinf matematika darslarida amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirishning o’rni va yo’llari bo’yicha tavsiyalar berilgan va dars ishlanmalari ishlab chiqilgan.
III. Talaba shaxsan erishgan natijalar:
1. Mavzu yo’nalishida mavjud ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o’rgandi va tahlil qildi, ishning dolzarbligini ko’rsatdi.
2. Boshlang’ich sinf matematika darslarida va darsdan tashqari mashg’ulotlarda birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi sinflarda amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish bo’yicha dars ishlanmalari ishlab chiqdi.
3. Ishda berilgan mustaqil ishlarni tashkil qilish bo’yicha uy vazifalarni tekshirish, testlarni bajarish o’quvchilarning olgan matematik bilimlarini tekshirish mashqlar va masalalar echimlarini muhokama qilish asosida xulosalar chiqardi.
Xulosa qilib aytganda boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darslari mashg’ulotlarda amaliy mashqlar echish orqali matematik bilimlaini oshishiga, mustaqil fikrlashining o’sishiga ijodiy faoliyatini aktivlashtirishga, mantiqiy fikrlash qobiliyatining o’sishga ta`sir qiluvchi omilladan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |