Mavzu: Boshlang`ich sinf matematika darslarida matematik diktantlardan samarali foydalanish


Birinchi sinf matematika darslarida amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish



Download 104,5 Kb.
bet3/9
Sana19.04.2022
Hajmi104,5 Kb.
#562902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.2. Birinchi sinf matematika darslarida amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish
Birinchi sinfda matematika darslari DTSda ko’rsatilishicha haftasiga 5 soatdan bo’lib, jami o’quv yilida 165 soatni tashkil qiladi. Darslikda 156 soat dars berilgan, 9 soat nazorat ishi hisoblanadi.
1-sinf matematika darsligi olti bo’limdan iborat bo’lbi, har bir bob ma`lum maqsad asosida tuzilgan.
Birinchi bo’lim: «Narsa, miqdor, o’rin va vaqtga doir tasavvurlar» deb nomlanadi, ya`ni «tayyorgarlik davri».
Ikkinchi bo’lim: «Bir xonali sonlar» deb nomlanagan bu bo’limda, dastlab 1 dan 5 gacha, so’ng 6 dan 10 gacha bo’lgan sonlar, «0» soni bilan tanishadilar.
Uchinchi bo’lim: «10 ichida qo’shish va ayirish. Geometrik tasavvurlar» deb nomlangan.
To’rttinchi bo’lim: «11 dan 20 gacha bo’lgan sonlar», «100 ichidagi sonlar, uzunlik o’lchovlari» haqida bilimga ega bo’ladilar.
Beshinchi bo’lim: «100 ichida qo’shish va ayirish, geometrik shakllar» deb nomlanadi.
Oltinchi bo’lim: «O’tilganlarni bir tizimga solish» deb nomlanadi. Bunda o’quvchilar yil davomida o’rgangan bilimlarni mustahkamlash nazarda tutilgan. Bu esa mustaqil ta`lim orqali amalga oshiriladi. Mustaqil ta`limni o’yinlar orqali amalga oshirish mumkin. Bu haqda quyidagi ishlanma bilan tanishamiz.
Birinchi sinf matematikasini o’rganishad birinchi darslardanoq o’quvchilarno amaliy mashqlar echish orqali fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga yo’naltirilgan holda olib boriladi. Dastlab sanoq darsigacha 10 ta matematika darsi faqat rasmlar orqali illyustrativ holatda olib oriladi. Bu darslarning har birida bayon qilinadigan ob`ektlar o’quvchilarni kundalik hayotida uchrab turadi. SHundan so’ng «Bir xonai sonlar» bo’limini o’rganish uchun 30 ta dars rejalashtirilgan. Bir xonali sonlar 1 dan 10 gacha bo’lib sonlar haqida o’quvchilarga tasavvurlar shakllantiriladi, matematik bilim, ko’nikmalar hosil qilinadi. Biz hozir 5 sonini hosil qilish; 5 soni ichida qo’shishga doir bo’lgan dars ishlanmasini bayon etamiz. Bu ikki soatga mo’ljallangan. Bu 26-27 darslardan iborat.
Ko`rgazmalilikning ahamiyati:
• Asta-sekin umumta'lim maktablarining mazmuni tubdan o‘zgartirildi, ya’ni ta'limni maktabning maqsad va vazifalariga mos keladigan yangi, ancha takomillashgan izohli-illyustrativ metodi vujudga keltirildi. Izohli-illyustrativ ta'limda o‘rganilayotgan ob’ekt mohiyati izohlanadi, hayotiy faktlar bilan bog‘lanadi hamda o‘qituvchining ana shu o‘rganilayotgan ob’ektga nisbatan ko‘rsatadigan misol va xilma-xil ko‘rgazmali qurollari orqali tasdiqlovchi xulosasi bilan yakunlanadi.
• Matematikani o‘qitishda texnik vosita va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda o‘quvchilarning matematika darslarida texnika vositalaridan, matematik ko‘rgazmali qurollar, jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalari tarkib toptiriladi.
Matematika darslarida «O‘yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o‘quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o‘quv fanlarda qo‘llash mumkin. Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi.
Matematika o’qish jarayonida yangi ta’lim texnalogiyalaridan foydalanish shaxs komolotini taminlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr yuritish, o’z ustida ishlash, faoliyatiga nisbatan ijodiy yondashish kabi xislatlarni ham shaklla nishga zamin yaratadi. Shu yerda bu boradagi ichki imkoniyatlarni ochib berish haqida yuritamiz
.
1-4 sinflarda joriy etiladigan yangi texnologiya avvalo, fanlar orasidagi bog’liklikni ta’minlash, ortiqcha qiyinchilikni bartaraf etish, o’quvchi faoliyatini to’g’ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, tashabbuskorlik va ijodkorlik muhitini yaratish kabi qator maqsadlarni amalgam oshirish imkonini beradi.
Shunday ekan, o’qituvchi darsda turli pedagogik usullardan foydalansa, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida to’siq yo’qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi; kuzatuvchanlik, xotira diqqati kuchayadi; chunki darsda majburiy bilim berish bo’lmay, ilmni ixtiyoriy natijaga olib keladi. Buning uchun quyidagi metodik usullarni tavsiya etaman:
Matematik darslari xususiyatidan kelib chiqib, o’yin – musobaqalarni va olimpiada o’yinlarini ajratish mumkin. Musobaqa – o’yinida topshiriqlarni bajarishning tezligi va to’g’riligi etiborga olinsa olimpiada o’yinlarida topshiriqning mazmuni, bajarilish sifati birinchi o’yinga qo’yiladi.
• Har bir didaktik o’yin o’z navbatida quyidagi komponentlardan tuziladi: o’yin maqsadi, qoidalari, jihozi, mazmuni, natijasi.
• O’yin maqsadi unung qaysi ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifani bajarishi bilan aniqlanadi. Maqsad o’quvchilarning bilimiga nisbatan aniqlanadi va biror bilimlarni esga tushirish, foydalanish, bilib olish va boshqalar bilan aniqlanadi.
• O’yin qoidalari o’yinni olib borish va unga qatnashish tarkibini aniqlab beradi. Qoidalar o’yin maqsadiga mos holda o’quvchilar faoliyatini tarkibga solish uchun kerak bo’ladi.
• O’yin mazmuni o’quvchilarning bajarishi kerak bo’lgan harakatlari bilan aniqlanadi, matematika darslarida bu harakatlar ko’proq misol va masala yechishdan iborat bo’ladi. O’yin jihozi o’yinni o’tkazish uchun kerak bo’gan predmet – modellar, real va shartli predametlar, kartochka va ko’rgazmalardan iborat.
• O’yin natijasi qo’yilgan vazifaning bajarishi bilan aniqlanadi. Natija o’quvchilarni qoniqtirish kerak.
Maktabda matematikani o`qitishni uyushtirishning tarixiy, murakkab, ko`p yillik tajribada tekshirilgan va hozirgi zamonning asosiy talablariga javob beradigan shakli darsdir. Matematikaning eng qadimgi davrlaridan hozirgi kungacha bo`lgan ko`p asrlik rivojlanish tarixida uning to`rt rivojlanish davri qayd etiladi:
1.Dastlabki omillarning jamlanishi bilan bog`liq matematikaning paydo bo`lish davri.Bu davrda matematika hali alohida fan tariqasida o`zining predmeti va metodiga ega bo`lmay, balki matematikadan faqat ayrim faktlar to`planadi. Bunga misol qilib qadimgi Misr, Bobil, Xitoy va Hind matematikasini ko`rsatish mumkin.
2.Elementar matematika davri. Bu davrga qadimgi Yunon matematiklari asos soldilar va uni O`rta Osiyodagi O`rta Sharq olimlari jumladan Al-Farg`oniy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Ulug`beklar davom ettirdilar.
3.O`zgaruvchan miqdorlar matematikasi davri.
4.Klassik oliy matematika davri. [2]
O`quvchilaning matematik bilimlarni o`zlashtrishi faqat o`quv ishida to`g`ri metod tanlashga bog`liq bo`lmasdan, balki o`quv jarayonini tashkil qilish formasiga ham bog`liqdir. Dars deb dastur bo`yicha belgilangan, aniq jadval asosida , aniq vaqt mobaynida o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning o`zgarmas soni bilan tashkil etilgan o`quv ishiga aytiladi.
Dars vaqtida o`quvchilar matematikadan nazariy malumotga, hisoblash malakasiga, masala yechish, har xil o`lchashlarni bajarishga o`rganadilar, ya`ni darsda hamma o`quv ishlari bajariladi.
Matematika darsining o`ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o`quv predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan iboratki, unda arifmetik material bilan bir vaqtda algebra geometriya elementlari ham o`rganiladi.Matematika boshlang`ich kursining boshqa o`ziga xos tomoni nazariy amaliy masalalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun xar bir darsda yangi bilimlar berilishi bilan unga doir amaliy o`quv malakalar sngdiriladi. Taniqli olim J.Ikromov o`zining “Язык обучения математики” kitobida "Maktab o`quvchilarining matematik madaniyati shakllanishi bir necha davrga bo`linadi",-deb ta`kidlaydi. Birinchi navbatda ular ob`yektiv tushunchalarning birgalikda tashkil etadigan mazmuni —matematik reallikni aniqlab oladilar. Bunda ob`yektlarning aniqlik xususiyatlari bilan tarixiy jihatlar o`rtasidagi bog`liqlik alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu yerda matematik reallik jumlasiga e`tibor qaratadigan bo`lsak ushbu reallikni o`quvchilar matematik hisob kitoblarning turmush jarayonidagi ahamiyatini bevosita bilganlarida ya`ni kundalik turmush bilan bog`liq misol va masalalarni bevosita bajarganlaridagina his qiladilar. Demak kundalik turmush bilan bog`liq holda matematika o`qitishni tashkil etish o`quvchi faoliyatida muhim ahamiyatga egadir. Kundalik turmush bilan bog`liq misollar yechish asosida o`quvchi matematik bilimlar shunchaki o`zlashtiriladigan bilimlar emas balki hayotiy zaruriyat sifatida o`zlashtirilishi lozimligi to`g`risida xulosa qiladilar.
Odatda darsda bir necha didakik materiallar amalga oshiriladi: yangi materialni utish; o`tilgan materialni mustaxkamlash; bilmilarni mustaxkamlash; bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish; mustaxkam o`quv va malakalar xosil qilish va xokazo.Matematika darslarining o`ziga xos yana bir tomoni Shundaki, bu-o`quv materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko`rgazmali vositalar, o`qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash,o`quvchilarning faolligi, sinf o`quvchilarining o`zlashtirish darajasi, kabilarga ham bog`liq.
Matematika darsida turli tuman tarbyaiviy vazifalar ham hal qilinadi. O`quvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda tashabbuskorlikni, mas`uliyatni va sof vijdonlilikni, to`g`ri va aniq so`zlashni, hisoblash, o`lchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni yengish xislatlarini tarbyailaydi.
O`quv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi shakllari mavjud:
1.Mustaqil uy ishlari.
2.O`quvchilar bilan yakka va guruh mashg`ulotlari.
3.Matematikaga qobiliyatli o`quvchilar bilan o`tkaziladigan mashg`ulotlar.
4.Matematikadan sinfdan tashqari mashg`ulotlar.
5.O`quvchilar bilan ishlab shiqarishga, tabiatga ekskursiya.
Bu yerda sanab o`tilgan ish shakllari va dars bir birini to`ldiradi. Asosiy masala darsga taalluqlidir. Darsda hamma ishlarga bevosita o`qituvchi rahbarlik qiladi. Qo`shimcha mashg`ulotlarda esa ish o`qituvchining o`zi tomonidan yoki o`qituvchi rahbarligida o`quvchilar tomonidan badjariladi.
Bugungi kunda asoslanishi lozim bo`lgan holat-o`quvchiga pedagogik yordam ko`rsatish va o`quv biluv jarayonida uni pedagogik qo`llab quvvatlashning qulay shakl va imkoniyatlarini izlab topishdan iboratdir.
O`quvchilar bilan har bir darsda bir nechta tushunchalar bilan ish olib boriladi. har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olib borish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. O`qitish jarayonida har bir o`quv materiali rivojlantirlgan holda olib boriladi, bu o`quv materiali o`zidan keyin o`qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo`ladi.


Download 104,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish