MAVZU: BELGILARNING BIRIKKAN ‘OLDA IRSIYLANISHI, KROSSINGOVER JARAYONI.
R E J A:
1. Genlarning to’liq birikkan holda irsiylanishi.
2. Genlarning to’liqsiz birikkan holda irsiylanishi.
3. Krossingoverning sitologik isboti va mexanizmi.
Tayanch iboralar: krossingover, interferentsiya, nokrossingover
Mendelning uchinchi qonuniga ko’ra ikki juft genlari (AB va ab) bilan farqlanuvchi organizmlar o’zaro chatishtirilganda olingan duragaylar (AaBb) teng sondagi to’rt xil – AB, Ab, aB, ab gametalarni beradi.
F1 individlari retsessiv gomozigotali organizm bilan qayta chatishtirilgan vaqtda, FB da to’rtta fenotipik sinflar paydo bo’lib, ularning miqdoriy nisbati 1:1:1:1 bo’ladi. Faktik dalillarning ko’paya borishi bilan genetik-lar mustaqil irsiylanishdan chetga chiqishning orta borishiga duch kela boshladilar. Ba’zi hollarda belgilarning yangi kombinatsiyalari (Ab va aB) Fb bekkross-avlodida umuman uchramay qo’ydi, boshlang’ich ota-ona formalarining teng miqdorda (50 foizdan) gi genlarining to’liq birikishi kuzatila boshlandi. Avlodlarda tez-tez u yoki bu darajada ota-ona belgilarining birikmasi ko’proq, yangi kombinatsiyalarniki esa 50 foizdan kam uchray boshladi. SHunday qilib, mazkur holatda genlar ko’proq boshlang’ich holatdagidek irsiylana boshladi. Bu holatni Morgan genlarning birikkanligi yoki birikkan holdagi irsiylanish deb atadi.
Genlarning to’liq birikkan holda irsiylanishi.
Genlarning birikkan holda irsiylanish hodisasining mohiyati bilan Morgan tomonidan o’tkazilgan tajribalar misolida tanishib o’tamiz. Drozofilada tananing kul rangini – b+, qora rangini esa – b, qanotning normal uzun bo’lishini – vg+, qisqa qanotni esa - vg genlari bilan belgilaymiz. Ikki juft birikkan belgilari bilan farqlanuvchi – kul rang tanali, qisqa qanotli b+ b+ va qora tanali, uzun qanotli b b
vg vg vg+ vg+
pashshalar o’zaro chatishtirilsa, birinchi avlodda olingan pashshalar b+ b
vg vg+
fenotip bo’yicha kul rang tanali, uzun qanotli bo’lganlar. Agarda F1 da olingan digeterozigotali duragay erkak pashshlar har ikki gen bo’yicha retsessiv gomozigotali urg’ochi pashshalar bilan qayta chatishtirilganda, Fb da 1:1 nisbatda kul rang tanali, qisqa qanotli va qora tanali, uzun qanotli pashshalar olingan.Bu xildagi ajralishda mazkur diduragay erkak pashsha to’rt xil emas, balki ikki tipdagi b+ vg va b vg+ gametalarni beradi. Mazkur ajralishdan kelib chiqib erkak pashshada gomologik xromosomalarning ayrim qismlari bilan krossingover sodir bo’lmagan deb tahmin qilishga imkon beradi. Keyinchalik, drozofila pashshalarining erkaklarida autosoma, hamda jinsiy xromosomalarida krossingover haqiqatda kuzatilmagan. SHu sababli yuqoridagi tahliliy chatishtirishda avlodlarda har ikki ota-onadagi boshlang’ich belgilar kombinatsiyasi qayta tiklanadi: kul rang tanali, qisqa qanotli va qora tanali, uzun qanotli pashshalar. Ular jinslaridan qat’iy nazar miqdoriy jihatdan 1:1 nisbatni beradi. Bu yerda biz autosoma bir juft gomologik xromosomalarda joylashgan genlarning to’liq birikkanlik holatini kuzatdik.
Belgilarning to’liq birikkan holda irsiylanishi makkajo’xori o’sim-ligida ham mukammal tadqiq qilingan. Makkajo’xorining ikki belgisi bo’yicha alьternativ (keskin farqlanuvchi) fenotipga, gomozigotali genotipga ega bo’lgan navlari o’zaro chatishtirildi. Ona o’simligining doni sariq (SS) va yuzasi tekis (AA), ota o’simligining esa doni oq rangsiz (ss), yuzasi esa burishgan (aa) bo’lgan. Olingan duragay avlodlarida bu ikki belgi bo’yicha genetik tahlil o’tkazish juda qulay, chunki ota-ona o’simliklarini chatishtirish natijasida ona o’simligida rivojlangan makkajo’xori so’tasida hosil bo’lgan donlar - F1 o’simligi ontogenezining embrional davri hisoblanadi. SHuning uchun so’tadagi donlarni qayd etilgan ikki belgi bo’yicha tasvirlab, tahlil qilish mumkin. Ularni chatishtirish natijasida olingan F1 o’simliklarining donlari sariq rang (Ss) da va yuzasi tekis (Aa) bo’lgan. Demak, har ikki belgi bo’yicha to’liq dominantlik holat kuzatilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |