II-semestr
MA’RUZA №1
MAVZU: “BADMINTON O‘YININING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH TARIXI”
REJA:
1.Badmintonning paydo bo’lishi
2.O’zbekiston badminton federatsiyasi
Tayanch iboralar: badminton tarixi, badmintonning paydo bo’lishi, zamonaviy badminton, Tomas kubogi, Uber kubogi, O’zbekiston badminton federatsiyasi.
Badmintonning paydo bo’lishi
B adminton – qadimgi o’yin bo’lib, uning kelib chiqishi haqida ko’plab manbalar mavjud. Qadimgi Yunonston, Yaponiya, Hindiston va hattoki Afrika halqlari rivoyatlariga ko’ra, ikkki ming yil ilgari katta yoshlilar va bolalar volan o’ynagan. Eng qadimgi “Uchadigan par” o’yini Xitoyda milodiy 1000 yil avval paydo bo’lgan.
Yaponiyada bu o’yin “oyabane” nomi bilan tarqalgan va g’ozning bir nechta patidan va quritilgan sakura mevasidan tayyorlangan “volan”ni yog’och raketkalar yordamida oshirishdan iborat bo’lgan (rasm – 3). Viktor Gyugo va I.F.Shiller asarlaridan Yevropada XVI asrlarda volan o’yini mavjud bo’lgani haqida bilib olish mumkin. Fransiyada bunday o’yin “je-de-pom” (olma o’yini) deb atalgan. Angliyaning o’rta asrlariga oid o’yma sur’atlarda bir-biriga volan oshirayotgan dehqonlar tasvirlangan.
1650-yilda Shvesiya qirolichasi Kristina Stokgolmda Royal Palas saroyi (qirollik saroyi) yaqinida o’z ayonlari va boshqa davlatlardan kelgan mehmonlar bilan “par to’pi” o’yini uchun ko’rt qurdirgan (rasm – 1). Bugungi kunda Shqyesiya poytahtida saqlanib qolgan bu kort Cherkov mulki
hisoblanadi. 19 asrda Angliyada volan o’yini Gersok Bofort oilasida ommalashgan. Gersok Badminton uyushmasi homiysi (rasm – 2). Front Xoll egasi bo’lgan. Front Xollda hozir ham qadimgi raketka va volanlar koleksiyasi bor.2
1860-yilda Isaak Sprat dastlabki qoidalar qayd etilgan badminton haqidagi kitobni chop etgan.
Zamonaviy badminton o’yini esa Hindistondan kelib chiqqan. Bu o’yin Hindistonda “Pune” yoki “roopa” deb atalgan.
Ushbu o’yinga qiziqib qolgan Hindistonda xizmat qilgan ingliz ofiserlari 1872 yilda o’z vataniga qaytgach Glochestershir yaqinidagi badminton yerida volan o’yinini namoyish etdi. Aynan shu yil Angliyada “badminton” nomini olgan “volan” sport o’yini paydo bo’lgan yil deb ham hisoblanadi. 1875 yilda “Folkstaun” ofiyerlar badminton klubi tashkil topgan. Badminton uyushmasining dastlabki prezidenti palkovnik Dolbi asosini “Rune” “Roopa” o’yinlar tashkil qilagn. Yangi qoidalarni yaratishda ishtirok etdi. Ushbu qoidalarning ayrim bandlari hozirgacha saqlanib qolgan. Shuni aytish kerkki, turli joylarda, turli hajmdagi maydonlarda badminton o’ynashgan. Ayniqsa Gvilforddagi kort mashhur bo’lgan. Uning kattaligi (44x20 fut yoki 13,4012x6,096m) Badminton klubi tomonidan 1887 yilda e’lon qilinga o’yin qoidalariga kiritilgan.
1889 yilning mart oyida badminton bo’yicha birinchi rasmiy turnir, 1899 yil 4-aprelda Londonda dastlabki angliya chempionati o’tkazilgan. Keyinchalik chempionatlar Angliyada ommalashib, badminton klublar soni ko’paydi. Badminton o’yini Birlashgan Qirollik va Yevropada keng tarqaldi. Mazkur sport o’yini yanada ommalashib volan ishlab chiqari ko’paytirildi. Volan ishlab chiqarish uchun dastlabki patent Angliyada 1898 yil miss Enn Jeksonga berilgan.
Badminton nafaqat Angliyada balki uning ko’plab mustamlaka yerlarida ham tarqaldi. 1934 yil 5-iyulda Xalqaro Badminton Federasiyasini (IBF) tashkil qilgan aksariyat davlatlar sobiq britaniya imperiyasi tarkibiga kirgan. Hozir Federasiyaga 100dan ortiq mamlakat a’zo. International Badminton Federation turli musobaqalarni o’tkazmoqda (rasm – 4). Ular orasida erkaklar milliy jamoalari o’rtasida Tomas kubogi (IBFning sobiq prezidenti nomidagi ) va ayollar milliy jamoalari o’rtasida Uber kubogi (IBFning taniqli arbobi nomidagi) bellashuvlar asosiy hisoblanadi.3
Tomas kubogi 1948 –yilda buyon 3 yilda 1 marta o’tkazib kelinmoqda. Dasilabki o’yinlar to’rtta – Amerika, Avstaliya-Osiyo, Osiyo va Yevropa hududlarida o’tkaziladi. Xududlarda g’olib bo’lganlar turnirda o’zaro kuch sinashib, unda g’olib nomi aniqlanadi. G’olib esa ushbu musobaqaning avvalgi g’olibi bilan uchrashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |