Yuqori-uzoq to`p uzatish
Badmintondagi asosiy taktik vazifa yuqori uzoq to`p uzatish orqali raqibni orqa chiziqda ushlab turib, keyin esa kutilmagan qisqa yoki keyin esa, to`rga qarata qisqa va qiya zarba bilan ochko yutish yoki to`p yutishdan vboratdir.
YUqori-uzoq to`p uzatishni qisqa to`p uzatish bajarilgan holatdan bajarilishi lozim. Qo`lning barcha tayyorgarlik harakatlari bir xil bo`lishi lozim, farq faqat zarba kuchi dastlabki holatdadir. Qisqa to`p uzatishda o`yinchi goqori holatda turib va zarba berganda o`tirmasligi lozim. Oyoqlarni keng qo`ymaslik kerak, qisqa podacha faqatgina qo`l zarbasi bilan bajariladi, Raketka bilan orqaga harakat faqatgina podachani berkitish uchun kerak. YUqori-uzoq to`p uzatishda oyoqlar biroz kengroq bo`lishi lozim, chunki qo`lni orqaga harakatlantirganda va kuchli zarba berganda holat barqaror bo`lishi lozim.
Yuqori-uzoq to`p uzatishda zarba bajarilganda nafaqat qo`l, balki tananing yuqori qismi ham ishtirok etishya lozim. Zarbani kuchaytirish uchun tana oldinga harakatlantiriladi. O`yin paytida o`yinchi oyoqlarning uchida turishi mumkin.
Volanga kerakli yo`nalishni, ya’ni isgalgan nuqtaga qarata tepaga va pastga harakat berish uchun qo`l bilan tezkor harakatni bajarish lozim. Zarba kuchli bo`lishi uchun pastdan emas, balki pastdan yon tomonlama zarba berish lozim. Butun ko`l harakati juda ham jadal bo`lishi lozim. Zarbadan so`ng raketka inersiya bo`ylab, oldinga chapga, xattoki o`yinchining boshidan yuqorida harakatlanadi,
Qo`lni harakatlantirish. Og`irlik markazi ikkala oyoqqa bir xil taqsimlangan bo`lib, chap oyoq oldinda raketka chap yelkaning oldida. yelkalarni o`ngga burgan holda, og`irlik markazi o`ng oyoqqa o`tkaziladi. Qo`l biroz tepaga ko`tariladi va raketka bilan orqaga harakatlanadi. SHu paytda volan qo`yib yuboriladi.
Zarba berganda o`ng qo`l va yelka pastdan tepaga oldinga yo`nalishda tezlanish bilan harakatlanadi. Og`irlik markazi chap oyoqqa o`tkaziladi, raketka bilan qo`l tezda tekislanadi va volan bilan uchrashgan paytda tekis chiziqda bo`ladi. Zarba berish lahzasi balandlik darajasining quyi qismida bo`ladi.
Provodka (kuzatish). Volanga tekkan badminton kismi uni oldinga tepaga kuzatadi.
Yassi -rodachani maydonning o`rtasidan bajarish qulayroq-dir. Bu yerdan markaziy chiziqqa tezroq yetib kelish mumkin, mashq avval osma volanda bajariladi, Osma volan to`p uzatuvchishshg belidan 5-7 sm quyirokda va o`yiichidan 45-50 sm masofa uzoqlikda ushlab turiladi. To`p uzatuvchi qo`lini raketka bilan orqaga harakatlantiradi va bunda vertikaldan 45 graduslik burchakni hosil qiladi hamda zarbani oldinga tepaga bo`lgan qo`lning tezkor harakati bilan zarbani amalga oshiradi. Volan bilan duch kelishdan oldingi oxirgi lahzada u qo`li bilan keskin harakat bajaradi. Zarbadan so`ng volan to`rgacha yuqoriga chiquvchi traektoriyada uchsa, to`rdan keyin pasayishni boshlaydi. Zarba shunday bo`lishi lozimki, volan maydon chegarasidan chiqib ketmasligi kerak. Zarbadan so`ng raketka inersiya bo`yicha tepaga goqorida chap yelkaga harakatlanadi. O`ziga xos va juda qiyin bartaraf etiladigan xato, bu qo`lni bel chizig`idan yuqoriga ko`tarish hamda raketkani har qanday qismini ruchkadan baland ko`tarishdir.
Agarda raketkaning ochiq tomoni bilai to`p uzatilganida o`ng oyoq orqada bo`lsa, endi u oldinda. Raketka chap qo`lning ostidan asta-sekin harakatdanadi. Zarba paytida qo`l keskin tepaga ko`tariladi. Raketkaning yopiq tomoni bilan beriladigan barcha zarbalarda asosiysi esa qo`l. Bu podachaning turi juft o`yinlarda qo`llaniladi.
Zarbalar
Badmintondagi zarbalar 2 ta asosiy turga bo`linadi: frantal va frantal bo`lmagan. Frantal zarbalar - bu o`yinchidan yuqoriroqda chapda yoki o`ngda uchib borayotgsh volanga beriladigan zarbapar. Frontal zarbalar bular to`r oldida old hududda beriladigan zarba, ular asosan, yelka va ko`l tirsak qismi bilan bajariladi, va buni to`r oldida turgan juft o`yinchilar bajaradilar,
Do'stlaringiz bilan baham: |