BADMINTON TEXNIKA VA TAKTIKASI ASOSLARI
Reja:
1.O’yin texnikasi, o’qitish metodikasi va mashg’ulotlari.
2.Badmintonchining holati.
3.To’p uzatishlar.
4.Badminton volanni, o’yinga kiritishning asosiy turlari.
5.Zarbalar.
Badminton o`yin texnikasi zarbalarning xilma-xilligi bilan farqlanadi, ularning aksariyatini o`yinchi tez o`zgarayotgan o`yin holatida maydonda yugurgan holda bajarishi lozim. O`zgarayotgan o`yin shart-sharoitlarida bajariladigan zarbalar asosan, o`yinchining barcha xatti-harakatini kuyida tasvirlangan nolanning uchish traektoriyasiga muvofiq bajarilishiga asoslangan. Zarba uchun 4 ta asosiy holat mavjud. Bular, volan o`yinchidan o`ngda, chapda, tepada va pastda. Zarbalar yassi, yassi-uzoq, baland uzoq, to`g`ri va qisqa turlariga bo`linadi va shu tarzda ajratiladi. Bu barcha zarbalar o`ngdan ham, chapdan ham bajariladi, ammo o`yinchilarning aksariyati o`ngdan zarbalarni osongina o`zlashtirsa va ko`nikma hosil qilsa, chap tomondagi zarbalarni qiyinchilik bilan o`zlashtiradi. Uyinchi ikkala tomondan zarbalarni mohirona va mukammal bajara olganida u odatda, o`z sport mahoratini tez amalga oshiradi va bu paytga qadar doimiy ravishda yutkazgav o`yinchilaridan ham yutishni boshlaydi. Shuning uchun texnikaning mukammallashtirish ustida ishlaganizda, o`zingizni kuchsiz uslub va zarbalaringizni teng kuchli zarba darajasiga ko`tarshpga harakat qiling.
Badmintonda o`ngdan zarba o`yinning asosiy texnik uslubla-ridan biri. Aksariyat o`yinchilarda o`ngdan berilgan zarba hujumning eng kuchli texnik uslubi bo`lib, yakunlovchi zarba-larda ko`pkncha qo`llaniladi. Mazkur zarbaga zarba texnikasining mohirona darajada egallab olmagan holda, yuqori sport natija-lariga yerishish mumkin emas. Badmintonda deyarli bitta darajada bo`lgan yassi va kiya zarbalar bilan almashinuv tez-tez bo`ladi. Bunda navbat kelgandagi zarbalar o`rtasidagi tanaffus raketka ko`targan qo`lni tezkor orqaga qaytarish hamda uchib kelayotgan volanga chaqmoq tezligida zarba berishgagina yetarli bo`ladi.
Volanning diqqat-e’tibor maydoningizdan chiqarmang.
Bu qoida aniq zarba uchun zaruriy shartdir. Bundan tashqari, spmachoq ko`rish qobiliyati yordamida o`yinchi raqibning qarakatlarini kuzatishi va hujum zarba yo`nalishini tanlaganida u harakatlarni nazoratga olishi lozim. Buning barchasi yaxshi, eng yuqori darajadagi taqsimlangan e’tiborni talab qiladi.
4.1. O`yin texnikasi, o`qitish, metodikasi va mashg`ulot
Raketkani sandayushlash lozim
Badminton o`ynash uchun avvalambor, raketkani to`g`ri ushlash va to`p uzatishni amalga oishrish lozim.
1-uslub: raketkani to`g`ri utlaganda, qo`l raketkani shunday ushlaydiki, turli holatlardan zarbalar berganda, qo`l harakatiga raketka xalaqit bermasligi lozim. Katta barmoq dastak bo`ylab chapdan yoniga diagonal tarzda turishi kerak. U raketkani ushlaydigan qismi kaft bilan bir darajada bo`lishi lozim. Katta ko`rsatgich barmoqlar orasida lotincha harfini yeslatuvchi burchak hosil bo`ladi. Nomsiz barmoq raketkaning ushlaydigan dastasini eng chetida turadi. Qolgan barmoqlar butun yuza. bo`yicha erkin joylashadi, bu uslub "bolg`a" nomi bilan mashhurdir.
2- uslub: qo`lingizni raketka bilan oldinga shunday cho`zingki, dumaloq qismi vertikal. tekislikda bo`lsin. Agarda siz raketkani to`g`ri ushlasangiz bu yassi yuza qismi katta va ko`rsatgich barmoqlari orqali tashkil topgan burchakniyag cho`qqisidan o`tishi lozim. Raketka ushlashning asosiy qismi asosiy va universaldir. O`zingizni tekshiring: maydonning markazida to`rga yuzlanib turib.
Do'stlaringiz bilan baham: |