Badmintonchining holati
Bu o`yin oldidagi dastlabki holat, uni egallagan holda badmintonchi ham raqibni, ham volanni ko`rib turishi, muvozanatni saqlashi va tezkor harakatlarga tayyor bo`lishi lozim. Balansni saqlash uchun chap qo`li ham biroz ko`tarilgan yoki hech qanday kuch yoki say’-harakatlarsiz raketkani ushlab turadi.
To`p uzatishlar
To`p uzashishlar - bu volanni o`yinga kiritadigan texnik unsurdir. Agarda siz to`g`ri va samarali to`p uzasangiz, bunda volanning o`yindagi natijasi bog`likdir. Yakunda bu qismning natijasiga ham ta’sir kiladi. Har bir qism volanni o`yinga kiritishning o`ng maydonidan volanni o`yinga kiritish bilan boshlanadi.
Volan o`yinga kiritilganda, raketka faqat oldinga harakatlanishi lozim. Volan esa diagonal bo`ylab yo`nalgan bo`lib, raqibning muvofiq qismi chegaralari doirasiga tushishi lozim. Zarba berilgan vaqtda volan o`yinga kirituvchining belidan quyiroq qismida joylashishi, raketka esa, biroz pastga qiyshaygan bo`lishi mumkin. Raqib tayyor bo`lmagunga qadar, volanni o`yinga kiritish mumkin emas. Qachonki, raqib o`z dastlabki holatini egallab, o`z maydonida qimirlamay turganida, volanni qabul qilishga tayyor hisoblanadi. Volannk o`yinga kirituvchi va qabul qiluvchi o`yinchilar o`zlarining diagonal bo`yicha joylashgan maydon qismlarida bo`lishlari
lozim. Bu qismlar volanni o`yinga kiritishning yaqin va uzoq chiziklari hamda markaziy va yon chiziqlari bilan chegaralangaya. Badmintonchilar bu chiziqlarni bosmasliklark lozim. Volan o`yinga kiritilgandan so`ng o`yinga kirituvchi va qabul qiluvchi o`yinchilar hamda ularning juftlari maydonlarining o`z tomon-larida chegaralovchi chiziqlaridan qat’iy nazar har qanday joyni egallashlari mumkin.
Maydonning o`rta chizig`iga yaqin bo`lgan joyda volanni o`yinga kiritishning oldi joyidan 0,5-1 metr masofada tanlanadi.
Juft o`yinda volanni o`yinga kiritishning eig samarali o`rni maksimal tarzda volanni o`yinga kiritishning old chizig`iga imkon qadar yaqin joylashadi, Volanni o`yinga kiritishni esa, asosan, raketkaning yopiq tomoni bilan bajariladi. Volanni o`yinga kiritayotgan paytda uni rakchbdan qabul qilish uchun maydonning eng uzoq qismiga yuborish lozim,
4.4. Badmiitonda kolanni o`yinga kiritishning asosi turlari
Yukori - volan pastdan traektoriya bo`ylab maydonning orqa chizig`ida uchadi.
Yuqori hujum - bunda volan pastdan yuqori hujum traektoriya bo`ylab maydonning orqa qismiga uchadi.
Yasga - volan-yassi traektoriya bo`ylab maydonning ximoya-lanmagan o`rta va orqa qismiga uchadi.
Qisqa - volan past traektoriya bo`ylab podachaning old chizig`iga uchadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |