Mavzu: asosiy fondlar tushunchasi


Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish ko’rsatkichlari



Download 286 Kb.
bet4/12
Sana13.07.2022
Hajmi286 Kb.
#789136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
asosiy fond kurs ishi (2)

2. Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish ko’rsatkichlari
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning turli xil ko’rsatkichlari mavjud bo’lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo’lib o’rganamiz:
Umumlashtiruvchi va qiymat ko’rsatkichlari, ya’ni ular asosiy fondlarning turli guruhlarda dinamika va statistik baholashda, tahlil qilishda va zahiralarni aniqlashda foydalaniladi.
Xususiy va natural ko’rsatkichlar, ya’ni ishlab chiqarish fondlarining faol qismi- ishchilar, mashina va jihozlardan foydalanish darajasini ifodalaydi.
Asosiy fondlarni rejalash va hisoblash natural ko’rsatkichlari va puldagi ifodasida olib boriladi. Asosiy fondlarni natural shaklida baholashda mashinalar soni, ularning unumdorligi, quvvati, ishlab chiqarish maydoni kattaligi, va boshqa son miqdorlari ko’rsatiladi. Bu ma’lumotlar korxona ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda, ishlab chiqarish datsurini tuzishda, jihoz mahsuldorligini oshirish rezervlarini rejalashtirishda, jihozlar balansini tuzishda ishlatiladi. SHu maqsadda jihozlarning inventarizatsiyasi va pasportizatsiyasi olib boriladi va uning ko’payishi hamda kamayishi hisob-kitobi yuritiladi.
Asosiy fondlarning pulda ifodalangan yoki qiymatli baholash, asosiy fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni rejalashtirish, eskirish darajasini aniqlash va amartizatsion ajratma miqdorini hamda xususiylashtirish hajmini aniqlash uchun kerak.
Asosiy fondlarni baholashning bir necha shakllari mavjud, ular ishlab chiqarishda ishtirok etish muddati va atsa-sekin, ishlab chiqarish jarayonida eskirishi, bu davrda takror ishlab chiqarish sharoitlarining o’zgarishiga bog’liq bo’lib, boshlang’ ich, tiklangan va qoldiq narxlarda bo’ladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarning boshlang’ich narxi – bu, uni sotib olish yoki tayyorlash, olib kelish va o’rnatish (montaj) uchun qilingan harajatlar summasidan tashkil topadi.
Tiklangan narxi - zamonaviy sharoitda asosiy fondlarni qayta tiklashda qilingan harajatlar summasi tushunilib, odatda u fondlarni qayta baholash vaqtida o’rnatiladi.
Qoldiq qiymati - asosiy fondlarning boshlang’ich yoki tiklangan narxi va ularning eskirishi summasi oralaridagi farqi asosida aniqlanadi.
Asosiy fondlarning yuqori qiymatga ega bo’lishi va uzoq muddat xizmat qilishini talab etishi, korxonaning katta miqdordagi pul mablag’larini ushlab qolishga olib keladi. Bu esa o’z navbatida undan samarali foydalanishni taqazo etadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni xususiy va natural ko’rsatkichlarining uch guruhga birlashtirish mumkin:
asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning vaqt bo’yicha darajasini aks ettiruvchi ektsensiv (jihozlardan vaqt bo’yicha) foydalanish ko’rsatkichi;
asosiy fondlardan quvvati unumdorligi bo’yicha foydalanish darajasini aks ettiruvchi intensiv (jihozlarni unumdorligi) foydalanish ko’rsatkichi;
barcha omillar ta’sirini hisobga oluvchi, ham intensiv va ham ektsensiv, asosiy fondlardan foydalanishning integral ko’rsatkichi.
Birinchi guruhga - jihozlardan ektsensiv foydalanish koeffitsienti, jihozlar ishining o’zgarishi koeffitsienti, jihozlarni ish bilan band qilish koeffitsienti, jihozlar ishi smena tartibi (rejimi) vaqti koeffitsienti.
Jihozlardan ektsensiv foydalanish koeffitsienti uskunalardan amalda haqiqiy foydalanilgan vaqtini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
K eks = t x / tr.
bu yerda, t x.-jihozlarning haqiqiy ishlagan vaqti, soat;
tr. -jihozlarning reja (me’yor) bo’yicha ishlash vaqti (korxona ish rejimi va rejali ta’mir o’tkazish uchun kerak minimal vaqtni hisobga olib, o’rnatiladi).
Misol. Agar 8 soatlik smenada, ta’mir o’tkazish uchun rejalashtirilgan ishlar vaqti 1 soat, datsgoxning haqiqiy ishlagan vaqti 6 soat bo’lsa, ektsensiv foydalanish koeffitsienti:
K eks = 6 / ( 8 – 1) = 0,85
Demak datsgohning (stanok) rejalashtirilgan ish vaqtidan 85% foydalanilgan.
Jihozdan ektsensiv foydalanish uning ishining smenalik koeffitsenti bilan ham tavsiflanadi. Smenalik koeffitsienti berilgan turdagi jihozlarning kun davomida ishlaganlari umumiy sonini eng katta smenada ishlagan datsgohlar soniga yoki ish o’rinlari soniga nisbati orqali aniqlanadi va quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
Ksm=Mxs/Au

Bu yerda: Ksm –smenalik koeffitsenti,


Mxs-kun davomida haqiqatda ishlagan mashinalar soni,
Au-o’rnatilgan jihozlarni umumiy soni.
Misol Smenalik koeffitsientning soddalashtirilgan hisobi quyidagicha: sexda 270 dona jihoz o’rnatilgan, ulardan birinchi smenada 200 datsgoh, ikkinchi smenada 190 datsgohlar ishladi.
K sm1=(200/270)=0,74. K sm2=(190/270)=0,70.
Demak, Smenalik koeffitsienti 1 smenada 74% va 2 smenada 70% ga teng bo’lgan. Bu koeffitsient har bir jihoz yil davomida o’rtacha necha smena ishlaganligi ko’rsatadi.
Jihozlar ishining smenalik koeffitsientini oshirish korxona iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega.
Jihozlarning smenalik ishini oshirishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
ommaviy ishlab chiqarishni va jihozlarni ish bilan yuklanishini o’sishini ta’minlovchi ish o’rnining mutahassislashtirilganlik darajasini oshirish;
ishning bir vazndaligini oshirish;
ish o’rniga xizmat ko’rsatishni tashkil etishda, datsgoh ishchilariga tayyorlov mahsulotlari, uskunalar bilan ta’minotida kamchiliklar bilan bog’liq to’xtashlarni kamaytirish;
ta’mir ishlarini yaxshi tashkil etish, ta’mir ishini tashkil etishning ilg’or usullarini qo’llash;
asosiy va ayniqsa yordamchi ishchilarning mehnatini mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash. Bu ishchi kuchini bo’shatish va uni og’ir yordamchi ishdan ikkinchi va uchinchi smenadagi asosiy ishga o’tkazishga imkon beradi.
Jihozlarni ish bilan yuklash koeffitsenti ham jihozlarni vaqt ichida foydalanishni bildiradi. U asosiy ishlab chiqarishda bo’lgan mashina narxining hammasi uchun o’rnatiladi va jihozda tayyorlanadigan hamma mahsulotlar mehnatga talabchanligining jihoz ishining vaqt fondiga nisbati kabi hisoblanadi. SHunday qilib, jihozlarni ish bilan yuklash koeffitsienti smenalik koeffitsientidan farqli o’laroq mahsulotlarning mehnatga talabchanligi haqida ma’lumotlarni hisobga oladi.
Amalda, ish bilan ta’minlanganlik koeffitsienti, smenalik koeffitsientining yarimiga (ikki smenalik ish rejimida) va uchdan bir qismiga (uch smenalik rejimda) teng deb olainadi.
Jihozlardan intensiv foydalanish koeffitsenti asosiy texnologik jihozning amldagi unumdorligining uning normativ (me’yoriy) unumdorligiga nisbati bilan aniqlanadi. Ya’ni progressiv, texnik asoslangan unumdorlik. Bu ko’rsatkichni hisoblashda quyidagi formuladan foydaliniladi:
K int. = M f/M t
bu yerda, K int -Jihozlardan intensiv foydalanish koeffitsenti 
M f M t -vaqt birligida jihozning texnik asoslangan mahsulot ishlab chiqarish miqdori (jihozning patsport ma’lumotlariga asosan olinadi).
Misol. Datsgoh smena davomida u 180 dona mahsulot birligini ishlab chiqardi, uning pasport bo’yicha belgilangan ishlab chiqarish quvvati bir soatda 200 dona mahsulot birligiga teng bo’lsa. Unda,
K int. =180/200=0,9

Demak, jihoz quvvatidan 90% foydalanildi.


Jihozlardan foydalanishning integral koeffitsenti jihozlardan foydalanishning ektsensiv va intensiv koeffitsientlarining hosilasi sifatida aniqlanadi va jihozlarni vaqt bo’yicha hamda quvvati bo’yicha ekspluatatsiya qilinishini tasvir etadi.
bizning misolda K ekts=0,85; K int.=0,9, demak integral foydalanish koeffitsienti:
K int.f. = K eks. x K int. ya’ni 0,85x0,9 = 0,76
SHunday qilib, bu ko’rsatkich miqdori hamma vaqt oldingi ikki ko’rsatkich miqdorlaridan past, chunki u jihozlardan ektsensiv, ham intensiv foydalanish kamchiliklarini bir yo’la hisobga oladi. Ana shu ikki omillarni hisobga olganda datsgohdan faqatgina 76% foydalanilgan.
Asosiy fondlardan yaxshi foydalanishning natijasi hammadan oldin ishlab chiqarish hajmining oshishidir. SHuning uchun asosiy ishlab chiqarish fondlardan foydalanish samaradorligining umumlashtiruvchi ko’rsatkichi ishlab chiqarilgan mahsulotni uni ishlab chiqarishida ishlatiladigan jami asosiy fondlar bilan andozalash tamoyili asosida qurilishi kerak.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarning o’rtacha yillik qiymati quyidagicha aniqlanadi:
F uk. = F 1+F2 / 2
bu yerda,F 1 - korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati, so’m;
F 2 - korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil oxiridagi qiymati, so’m;
Fond qaytimi (fondaotdacha) asosiy fondlardan foydalanishning eng muhim ko’rsatkichidir.
Fond qaytimi-bir so’mlik asosiy vositaga to’g’ ri keluvchi tovar mahsulotni ifodalaydi, uni aniqlash uchun quyidagi formula ishlatiladi:
Fq =Q/F
bu yerda, Q - mahsulot hajmi, so’m;
F -korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondining o’rta yillik qiymati.
Misol.Korxona 150 mln so’mlik asosiy vositaga ega, yil davomida 800 mln so’mlik mahsulot ishlab chiqargan bo’lsa.
Fq=800/150=5,3
Fond qaytimi (фондаотдача)ni oshirish muhim xalq xo’jaligi vazifasi, bu ayniqsa bozorga o’tish davrida dolzarb.
Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida fond qaytimining o’sishi murakkablashadi, chunki mehnat sharoitini yaxshilash, tabiatni asrash va hokazolarga yo’naltirilgan harajatlar ko’payishi, joriy etishga ehtiyojman jihozlarni almashtirishi bu ko’rsatkichni pasaytiradi.
Mahsulotning fond sig’ imi – fond qaytimining teskari qiymati bo’lib, har bir so’m chiqarilgan mahsulotga asosiy fondlar qiymatining ulushini ko’rsatadi. Agar fond qaytimi oshishga mayl etilishi lozim bo’lsa, mahsulotning fondga talabchanligi esa pasayishga mayl bo’lishi kerak, ya’ni
Fs = F/Q
Bu yerda; Fs –fond sig’ imi, Q -mahsulot hajmi, so’m;
F -korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondining o’rta yillik qiymati.
Bizning misol bo’yicha Fs=150/800=0,18
Mehnatning fond bilan ta’minlanganligi har bir ishlovchi hisobiga qanchadan asosiy vositalar to’g’ri kelishini bildiradi va u quyidagi formula bilan ifodalanadi:
Fbt = F / Xym,
Bu yerda, Xym – xodimlarning yillik o’rtacha miqdori
Korxona ishining samaradorligi ko’p miqdorda mehnatni fond bilan qurollanganligi darajasi bilan bog’liqdir. Bu ko’rsatkich korxona asosiy ishlab chiqarish fondi qiymatining ishchilar soniga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu miqdor uzluksiz o’smog’i kerak, chunki texnik-qurollanish bunga bog’liq, demak mehnat unumdorligiga ham bog’liq.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
-smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;
-uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish;
-bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;
-ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o’z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;
-uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;
-ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash.



Download 286 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish